Tadbirkorlik va boshqaruv



Yüklə 209,49 Kb.
səhifə9/14
tarix20.10.2022
ölçüsü209,49 Kb.
#65638
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
BOZOR IQTISODIYOTINING MOHIYATI VA UNING ASOSIY BELGILARI kurs ishi

«Janubiy Koreya modeli». Bu model shunisi bilan qiziqarliki, u Janubiy Koreyani qisqa muddat ichida qoloq mamlakatlar safidan rivojlangan mamlakatlar qatoriga olib chiqdi. 1962 yili iqtisodiy islohotlar boshlanayotgan paytda aholi jon boshiga to’g’ri keladigan daromad 82 dollarga teng bo’lgan bo’lsa, 1988 yilga kelib 4,04 ming dollarga, 1996 yilga kelib 10,6 ming dollarga etdi yoki 129 martadan ortiq ko’paydi.
Janubiy Koreya modelining farqlanuvchi xususiyati shundaki, davlatning iqtisodiyotni tartibga soluvchi ta’siri nihoyatda kuchli. U quyidagi dastaklarni o’z ichiga oladi:
— Iqtisodiy o’sishni rejalashtirish. U bilan davlat organi —iqtisodiy rejalashtirish Kengashi shug’ullanadi. 1962 yildan buyon 5 yillik rejalarni ishlab chiqadi, yirik investitsion loyihalarni ma’qullash huquqiga ega, byudjet mablag’larini moliyalashtirish masalalarini hal qiladi. 70- yillarga qadar rejalashtirish direktiv xarakterga ega bo’lgan. Xususiy biznes
rivojlanishiga qarab indikativ rejalashtirishga o’tildi. Ayrim yirik investitsion loyi-halar ba’zan XVF va Jahon banki tavsiyalariga rioya qilmay amalga oshirilgan. Xususan, shunday tarzda yirik po’lat quyish kompaniyasi yaratildiki, hozirgi paytda yiliga 200 mln tonnadan ortiq po’lat tayyorlaydi.
— Janubiy Koreyada uzoq vaqt kredit-moliya sohasida davlat monopoliyasi hukm surgan. Xususiy bank-kredit institutlari 80- yillarning birinchi yarmidan boshlab vujudga kela boshladi. Bunday siyosat davlatga o’z qo’lida moliya va valyuta resurslarini to’plash va undan ustun tarmoqlarni rivojlantirish uchun samarali foydalanish imkonini beradi.
— Tashqi iqtisodiy aloqalarni tartibga solish eksportni rag’batlantirish, importni cheklashga qaratilgan bo’lib, bu bilan milliy ishlab chiqarishni rivojlantirish qo’llab-quvvatlanadi.
Eksport muammosi alohida nazorat ostida bo’lib, Prezident har oy eng yirik eksportchilar ishtirokida kengash o’tkazgan. Alohida tarmoqlar bo’yicha eksport vazifalari rejalashtirilgan. Bu reja yillik bo’lib, kvartal va oylarga bo’lingan, zarur bo’lganda tuzatishlar kiritilgan.
Besh yillikda (1987—1991 yillar) iqtisodiyotni «jonlantirilgach» hukumat ijtimoiy dasturlarni amalga oshirishga kirishdi. Narxlarni barqarorlashtirish fondi tashkil qilindi. Yangi ish o’rinlari yaratildi. Ishsizlik qisqardi, ish haqi yiliga 29% ga o’sdi. Ish haqining o’sishi kasaba uyushmalari talabi bilan yuz berdi. Natijada inflyatsiya o’sdi. Navbatdagi besh yillikda (1992— 1996 yillar) hukumat inflyatsiyani jilovlashga harakat qildi. Daromad soliqlari oshirildi, davlat xarajatlari kamaytirildi.
Markazlashtirilgan tarzda o’rta va uzoq muddatli rejalar, maqsadli dasturlar tuzish, ularda ishlab chiqarish topshiriqlari hamda bajarish muddatlarining belgilanishi, xo’jalik yuritishda bozor uslublarini qo’shib olib borish Janubiy Koreyaga qisqa muddatlarda rivojlangan mamlakatlar safiga qo’shilib, jahon tsivilizatsiyasida o’ziga xos munosib o’rin egallash imkonini berdi.

Yüklə 209,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin