O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta\'lim vazirligi s (3)
Tavakkalchilik darajasini aniqlash. Tavakkalchilik miqdori yoki uning darajasi 2 mezon asosida o‘lchanadi:
O‘rtacha kutish miqdori.
Kutilayotgan natijaning tebranishi.
O‘rtacha kutish miqdori – bu noaniq holatlar bilan bog‘liq bo‘lgan odisalarning miqdoriy ko‘rsatkichidir. O‘rtacha kutish miqdori mumkin bo‘lgan barcha natijalarning o‘rtachasi hisoblanib bunda har bir natijaning ehtimoli uning chastotasi sifatida foydalaniladi. O‘rtacha kutish miqdori kutilayotgan natijalarning o‘rtachasini ifodalaydi. O‘rtacha miqdor hodisalarning umumlashma sonli arakteristkalarini berib u qaysi variantni qo‘llash yoki qo‘llamaslik to‘g‘risidagi qarorni qabul qilishga asos bo‘la olmaydi. Oirgi qarorni qabul qilish uchun bu ko‘rsatkichlarning tebranishini aniqlash zarur. YA’ni, kutilayotgan natijalarning tebranish miqdorini aniqlash kerak bo‘ladi. Kutilayotgan natijalarning - tebranishi kutilayotgan miqdorning o‘rtacha miqdordan chetlanishini bildiradi. Buning uchun amaliyotda bir-biri bilan juda yaqin bo‘lgan ko‘rsatkichlardan foydalaniladi: dispersiya va o‘rtacha kvadratik chetlanish.
Dispersiya quyidagi formula orqali topiladi:
-kuzatilayotgan har bir hodisa uchun kutish miqdori;
- o‘rtacha kutish miqdori;
n –kuzatuvlar soni.
O‘rtacha kvadratik chetlanish quyidagi formula orqali aniqlanadi:
bunda: - kvadratik chetlanish;
CHastotalar teng bo‘lgan paytta bu ko‘rsatkichlar quyidagiga teng bo‘ladi:
O‘rtacha kvadratik chetlanish variatsiyalovchi belgining bir il o‘lchovlarida aniqlanadi. Dispersiya va o‘rtacha kvadratik tebranish absolyut tebranish o‘lchovlaridir.
Tahlil qilish uchun odatda variatsiya koeffitsentidan foydalaniladi. Variatsiya koeffitsenti o‘rtacha kvadratik chetlanishlarni o‘rtacha arifmetik ko‘rsatkichiga nisbati aniqlanadi, ya’ni
Variatsiya koeffitsienti bu nisbiy ko‘rsatkichdir. SHuning uchun ham uning o‘lchamiga o‘rganilayotgan ko‘rsatkichning absolyut miqdorlari ta’sir ko‘rsatmaydi.