Tafakkur uslublari Tafakkur inson ongida ask etgan ob’yektlar tomonlar va xossalarini ajratish va ularni yangi bilim olish uchun boshqa ob’yektlar bilan tegishli munosabatlarda qo’yish jarayoniga aytiladi



Yüklə 1,53 Mb.
səhifə1/3
tarix25.09.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#148497
  1   2   3
Online Education PowerPoint Templates (1)


http://www.free-powerpoint-templates-design.com
Matematika
o’qitishda
tafakkur usullarini shakllantirish
Tafakkur uslublari
Tafakkur
inson ongida ask etgan ob’yektlar tomonlar va xossalarini ajratish va ularni yangi bilim olish uchun boshqa ob’yektlar bilan tegishli munosabatlarda qo’yish jarayoniga aytiladi. Umuman olganda, tafakkur ob’yektiv borliqning inson ongida faol aks ettirish jarayonidir.

Tafakkurning shakllari

Tafakkurning shakllari


Tushuncha
Hukm
Tasdiqlar.

Tushunchalar

Tushunchalar


ob’yektlarning turli xil sifatlari, belgilari va xususiyatlarini aks
ettiradi, bunda birlik va umumiylik xossalari mavjud.
Birlik xossalari
faqat shu
ob’yektga tegishli bo’lib, uni boshqalaridan farqlovchi belgilarini o’z ichiga oladi
Umumiy xossalari
ob’yektlarga tegishli muhim xossalarni ifodalash uchun
tushunchani boshqa tushunchalardan farqli belgilari va umumiyligini ta’minlash
uchun qo’llaniladi.

Tushunchaning xususiyatlari

Tushunchaning xususiyatlari


moddiy dunyoni aks ettiruvchi kategoriya
hisoblanadi; bilishda umumlashgan narsa sifatida paydo bo’ladi; tushuncha o’ziga
xos inson faoliyatini bildiradi; inson ongida tushuncha shakllanib, u nutqda, yozuvda
va belgilarda ifodalanishi bilan xarakterlanadi
Tushunchaning shakllanish jarayoni bosqichlari:
01
02
03
qabul qilish
hissiy bilish
tasavvur
Tushunchaning mazmuni va hajmi o’zaro aloqada. Mazmun hajmni belgilaydi, hajm esa mazmunni to’la aniqlaydi. Ular o’zaro teskari bog’lanishda, ya’ni mazmun o’zgarishi bilan hajm o’zgaradi, lekin birining kengayishi ikkinchisininng torayishiga sabab bo’ladi.
Masalan, parallelogramm tushunchasi mazmunini kengaytirsak, ya’ni uning diagonallari o’zaro perpendikulyar belgisini qo’shimcha qilsak,uning hajmi torayadi va unga faqat romb va kvadratlar kiradi. Agar mazmunnni kichraytirsak, ya’ni juftjuft qarama-qarshi tomonlari parallelligini olib tashlasak, u holda uning hajmi kengayib, unga yana trapesiyalar ham kiradi.
Agar ikkkita tushuncha 𝑝1 va 𝑝2 berilgan bo’lsa va ularning hajmlari tegishlilik munosabatida bo’lsa, ya’ni 𝑝2 tushuncha kattaroq hajmga ega bo’lsa, u holda 𝑝2 tushuncha 𝑝1 ga nisbatan jinsdosh, 𝑝1 esa 𝑝2 ga nisbatan turdosh deb ataladi. Masalan, romb parallelogrammga turdosh tushuncha, aksincha, parallelogramm rombga jinsdosh tushuncha hisoblanadi.
Tushunchaninng ta’rifida har bir belgi zaruriy, barchasi esa yetarli bo’lishi zarur. Masalan, parallelogram - ikki juft qarama - qarshi tomonlari teng va parallel bo’lgan to’rtburchak, kvadrat - tomonlari teng va to’rtta burchagi to’gri bo’lgan parallelogrammdir kabi ta’riflar bunga misol bo’la oladi.Umuman olganda, ixtiyoriy tushunchani kengaytirib nuqtali to’plamlargacha olib borish mumkin. Masalan, kvadrat tushunchasining kengayishini kuzatsak: kvadrat - romb - parallelogramm - ko’pburchak - geometrik shakl - nuqtali to’plam.

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin