149
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
izhori dil vaqtidir», binobarin,
shoir vaqti bilan
lirik qahramon vaqtining uyg‘unlashuvi – aql
va hisning garmoniyasini hosil etadi»
17
. Bu
o‘z navbatida lirik xronotopning cheksizligini
ta’minlaydi.
Demak, epik xronotop o‘zining aniq
ko‘rinuvchanligi, ko‘p qatlamliligi, psixologik
ifodalashga bog‘liq xotira vaqti va xotira
makonini paydo qilishi, zamon (zichlashuv,
qisqarish) va makonning (cho‘zilish,
birikish) o‘ziga xosliklarini namoyon qilishi,
17 Шодиев Н., Тўраева Б. Бадиий вақт ва унинг системаси. Тошкент, «Фан ва технология», 2012, 17-18-бб.
adabiy qahramon, muallif va kitobxon
o‘rtasidagi munosabatni shakllantirish
singari xususiyatlari bilan boshqa turlardagi
xronotoplardan ajralib tursa,
lirik xronotopning
o‘ziga xos xususiyatlari lirik turning belgilariga
bog‘liq bo‘lib, bunda lirik his-tuyg‘ular, ichki
kechirmalarning emotsional-ekspressivlik
darajasi, ularning shoir ruhiyatiga ta’sirini
o‘rganish ahamiyatli hisoblanadi.
O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA SABAB
ERGASH GAPLI QO‘SHMA GAPLAR
Naima Muxtarovna Shamurodova –
o‘qituvchi, Samarqand davlat chet tillar instituti
Anotatsiya:
Ushbu maqolada sabab ergash gapning nima ekanligi, sabab ergash gapli qo‘shma gaplarning ahamiyati, ingliz
tili hamda o‘zbek tilida sabab ergash gaplarning yasalishi haqida qimmatli ma`lumotlar keltirilgan, shu bilan birga sabab ergash
gaplarga doir misollar ham o‘zbek tilida ham ingliz tilida o‘zbek va ingliz tilida yarаtilgan asarlar misolida o‘rganilgan. Tarjimаda
uchraydigan muammolar haqida ham atrоflicha ma`lumotlar keltirilgan.
Аннотация:
В этой статье представлена ценная информация о том, что такое каузальное местоимение, важность
союза с причинным местоимением, образование причинных местоимений в английском и узбекском языках, а также
примеры каузальных местоимений в узбекском языке. Это также изучается на примере произведений создано на
узбекском и английском языках на английском языке. Примечательно, что в переводе также представлена подробная
информация о возникших проблемах.
Abstract:
This article provides valuable information on what is a causal pronoun, the importance of conjunctions with a
causal pronoun, the formation of causal pronouns in English and Uzbek, as well as examples of causal pronouns in Uzbek. It is also
studied on the example of works created in Uzbek and English in English. It is noteworthy that the translation also provides detailed
information about the problems encountered.
Kalit so‘zlar:
qo‘shma gap, sabab ergash gapli qo‘shma gaplar, shartlanganlik munosabati, “sabab-natija”, why?, only,
yordamchi so‘zlar, yordamchi vazifasini bajaruvchi mustaqil so‘zlar butun bir turg`un birikma.
Ключевые слова:
союзы, причинные союзы, условные отношения, «причинно-следственная связь», почему?, Только
вспомогательные слова, независимые вспомогательные слова, целая устойчивая комбинация.
Keywords:
conjunctions, causal conjunctions, conditional relations, “cause-and-effect”, why?, only, auxiliary words,
independent auxiliary words, a whole stable combination .
Zamonaviy tilshunoslikda tillarni o‘zaro
taqqoslash, ularning xususiyatlarini qiyoslash
ayni paytda tilshunoslarning eng qiziqarli,
shu bilan birga eng samarali usullaridan biri
bo‘lib kelmoqda. Bu esa kitobxonlar ahliga
jahon adabiyoti tarjimalarini o‘qishga imkon
bermoqda. Shu bilan birga mamlakat adiblari
tomonidan yozilgan tarixiy hamda badiiy
adabiyot durdonalarini jahon kitobxonlariga
o‘qish uchun zamin yaratilmoqda.
Shuningdek, tarjima asarlarni yaratish,
tillarni qiyoslash tarjimondan g`oyat katta
mashaqqat, sabr va albatta bilim talab etadi.
Tarjimon mehnatini hech qachon ikkinchi
darajali deb tushunmaslik kerak. Uning
mehnati yozuvchi mehnati bilan barobar.
Tarjima tillarni mukammal bilish, egallash
1 I.G‘afurov, O.Mo‘minov, N.Qambarov TARJIMA NAZARIYASI 0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy va o ‘rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan 5220100-Filologiya (tillar bo‘yicha), 5220600 tarjima
nazariyasi va amaliyoti ta’lim y o ‘nalishi talaba lari uchun o ‘quv qo‘llanma sifatida tavsuya etilgan «Tafakkur Bo‘stoni» Toshkent – 2012, 15- bet
bilan yuzaga chiqadi. Qadimgi adiblarimizdan
biri Yusuf Xos Hojib mashhur “Qutadg‘u
bilig” (“Baxt keltiruvchi bilim”) asarida inson
hayotida tilning o‘rnini shunday ta’riflagandi:
Uquvga, bilimga tilmochdir bu til
Yoritguvchi emi ravon tilni bil.
Kishini til ulug‘lar, topar qut kishi
Kishini til tubanlar, yorilar boshi...
Tarjimon tilning mana shunday
ulug‘lovchi, odamni baxtiyor
qiluvchi
imkoniyatlarini ishga solib, taraqqiyotga
xizmat qiluvchi shaxsdir
1
.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, tillarni
o‘zaro taqqoslash juda qiyin mehnatligi bilan
birga, juda qiziqarli hamdir. Ingliz tili va o‘zbek
tillari bitta tillar oilasiga kirmagani bois ushbu
tillarda gap tuzilishi hamda grammatikada
Dostları ilə paylaş: