Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə147/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   216
2021 4-son

FILOLOGIYA FANLARI


147 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
shakllantiradi. Bu barcha epik asarlarga, 
ayniqsa, tarixiy mavzudagi epik asarlarda o‘z 
ifodasini topadi.
O‘zbek adabiyotshunosligida epik 
xronotop masalasi E.Abutaliyeva, S.Mirvaliyev, 
D.To‘rayev, M.Qo‘shjonov, N.Shodiyev, 
E.Abutaliyeva, B.Karimov, A.To‘ychiyev, 
U.Jo‘raqulov, O‘. Nazarov, B.To‘rayevalar 
tomonidan o‘rganildi
4
. Ularda A.Qodiriy, 
A.Fitrat, O.Yoqubov, P.Qodirov, O.Muxtor 
singari taniqli o‘zbek yozuvchilari asarlarida 
epik xronotopning ifodalanishi, hususiyatlari 
haqida ilmiy fikrlar bildirilgan.
Qoraqalpoq adabiyotshunosligida 
epik xronotopga, ayniqsa, romanlardagi 
badiiy makon va zamon masalasiga e’tibor 
qaratildi. Adabiyotshunos P.Nurjanov: 
«Tarixiy romanlarda badiiy zamon va makon 
kategoriyasining ifodalanish hususiyati bor. 
Bu avvalo ifodalanayotgan davr va muallif 
orasida katta vaqt oralig‘ining mavjudligi, 
ifodalanayotgan voqealar muallif nuqtayi 
nazari bilan birga berilishiga bog‘liq. Shu 
sababli tarixiy roman kompozitsiyasida 
ifodalanayotgan vaqt, muallif vaqti
hikoyachi vaqti, kitobxon vaqti – hammasi 
biriktirilib, tarixiy haqiqatni badiiy haqiqatga 
aylantirishga, muallif pozitsiyasini berishga 
xizmat qiladi»
5
, – degan fikr bildiradi va 
tarixiy roman xronotopining o‘ziga xosliklari 
T.Qaipbergenovning «Qoraqalpoq dostoni» 
trilogiyasi misolida tahlil etiladi. 
Xronotop epik turda katta ahamiyatga 
ega. Chunki, epic kuchning asosi – voqea. 
Voqeani epik asarga (roman, qissa yoki 
hikoyaga) aylantirish qanday amalga 
oshiriladi? Kundalik hayotdagi har qanday 
voqea epikaga asos bo‘la oladimi? Albatta, 
yo‘q. Buning uchun yozuvchi, avvalo, o‘z ijodiy 
imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda, qayta 
ishlashga muhtoj deb hisoblagan hayotiy 
voqeani homashyo sifatida oladi. Keyin unga 
loyiq ifoda usuli tanlanadi. Hayotiy voqeaning 
kimning ishtirokida bo‘lishi epik qahramonni, 
qachon (zamon) va qayerda (makon) bo‘lishi 
epik xronotopni paydo qiladi. Bundan ma’lum 
bo‘lganidek, bizningcha, epik xronotopning 
xizmati hayotiy voqeani epik voqea darajasiga 
ko‘tarilishini ta’minlashdan iborat. 
Epik asarlarda xronotop lirik asarlardagi 
4 Абуталиева Э. Пространство и время в русскоязичной прозе Среней Азии. Дисс. канд. филол. наук. Тошкент, 1993; Мирвалиев С. Роман ва замон. Тошкент, «Фан», 1983; 
Тўраев Д. Ҳозирги ўзбек романларида бадиий тафаккур ва маҳорат муаммоси. Филол. фан. д-ри. дисс. автореф. Тошкент, 1994; Тўйчиев А. Ўзбек романларида макон ва замон. 
Тошкент, «Мумтоз сўз», 2009; Жўрақулов У. Назарий поэтика масалалари: Муаллиф. Жанр. Хронотоп. Тошкент, «Ғафур Ғулом номидаги нашриёт-матбаа ижодий уйи», 2015; 
Алишер Навоий «Хамса»сида хронотоп поэтикаси: Филол. фан. д-ри. дисс. Тошкент, 2017; Тўраева Б. Тарихий романларда бадиий замон муаммоси. Тошкент, 2018. Назаров Ў. О. 
Мухтор романларида бадиий хронотоп муаммоси. Филол. фан. бўйича фалсафа доктори (PhD) дисс. автореф. Қарши, 2018. 
5 Нуржанов П. Тарыйхый романларда көркем ўақыт ҳәм кеңислик // «Әмиўдәрья», 2000, №6,110-б.
6 Сейитов Ш. Ығбал соқпақлары. Нөкис, «Қарақалпақстан», 1975.
7 Кәримов К. Зардушт. Нөкис, «Билим», 2018.
8 Хурсанов Д. Лирик ва эпик турда хронотопнинг ўзига хосликлари // Хорижий филология. 2018, №2, 84-87-бб. // www.samxorfil.uz
singari birdaniga o‘zgarmaydi, ‘‘sakrab 
ketmaydi’’, balki asta sekin yo‘nalishini 
o‘zgartiradi. Bu holatda qahramonlarning 
ma’lum bir vaqt birligi ichida bir joydan ikkinchi 
joyga ko‘chib o‘tishi aniq ko‘zga tashlanadi. 
Masalan, taniqli qoraqalpoq yozuvchisi 
Sh.Seytovning «Iqbol so‘qmoqlari» romanida 
bosh qahramon Maqsetning qishloqdan 
shaharga, keyinroq shahardan qishloqqa 
ko‘chib o‘tishlari, o‘z makonini o‘zgartirishi 
beriladi
6
. Bu holatda zamon va makon bir-biriga 
sabab-oqibat munosabatida berilgan bo‘lib, o‘z 
hayot yo‘lini izlagan yosh yigit shaharga keladi, 
ish qidiradi, har xil ishlarni qilib ko‘radi, oradan 
vaqt o‘tib, o‘zining makoni qishloqda ekanligini 
tushunadi, natijada qishlog‘iga qaytib keladi. 
Romandagi Maqset obrazi adabiyotshunos 
M.Baxtin ta’kidlagan ‘‘xronotopik xarakterga 
ega odam obraziga’’ misol bo‘la oladi. 
Epik xronotop ko‘p qatlamliligi bilan 
farqlanadi. Katta hajmli epik asarlarda 
muallif ijodiy niyatini amalga oshirish ko‘p 
funksiyali roman xronotopini talab qiladi. Bu 
holatda badiiy vaqt yetakchi hisoblanadi, u 
makonning o‘zgarishini ta’minlaydi. Masalan, 
K.Karimovning ‘‘Zardusht’’ romanida har 
bir vaqt qatlami o‘z syujet yo‘nalishlarini 
paydo qiladi
7
. Romanda o‘tmish (payg‘ambar 
Zardusht atrofidagi voqealar), bugungi kun 
(Xuvarno pansionatidagi Yakubbay, Gulniholga 
bog‘liq voqealar) va kelajak (amerikalik 
Jonning hayolidagi zardushtiylik dini va o‘z 
umriga bog‘liq fikrlari) parallel beriladi. 
Romandagi badiiy makon voqealarning 
harakatlanish chegaralarini belgilab beradi. 
Bu holatda o‘tmish voqealari Oks daryosi 
bo‘ylarida, Sug‘d, Turlar, Baktriya yerlarida, 
bugungi kun voqealari Xuvarno pansionatida 
(Qoraqalpog‘iston hududi) bo‘lib o‘tadi. 
Romanda har bir syujet o‘z yo‘nalishi bo‘yicha 
harakatlanadi. Muallif xronotopni ifodalashda 
retrospeksiya (lot. «o‘tmishga murojaat, 
o‘tgan voqealar va kechinmalar tahlili» ) 
va prospeksiya (lot. «mo‘ljallangan xatti-
harakatlar va voqea-hodisalar namoyoni») 
usullaridan foydalanadi.
Epik qahramonlar aniq bir joyda (tog‘, 
shaxar, qishloq v.b.) va aniq vaqtda (yil, 
oy, fasl, soat) harakatlanishi bilan ham 
farqlanadi
8
. Shuningdek, ba’zi holatlarda 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   143   144   145   146   147   148   149   150   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin