Tafakkur ziyosi


partirura, ritm, transpozitsiya, fermata, liga, fraza, kompozitor



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   216
2021 4-son

partirura, ritm, transpozitsiya, fermata, liga, fraza, kompozitor.
Ключевые слова:
Дирижор, искусство, оркестр, ансамблъ, баттута, автор, мануал, анализ, гармония, генералъная 
репитиция, жанръ, приборы, счет, ритм, транспозитция, фермата, лига, фраза, композитор.
Keywords:
 Conductor, art, orchestra, ensemble, battuta, author, manual, analysis, harmony, general rehearsal, genre, instrumentation, 
score, rhythm, transposition, fermata, league, phrase, composer.
О‘zbekistonda dirijorlik san’ati XX 
asrning boshlaridan shakllanib, ikkinchi 
yarmidan ham mazmunan, ham shaklan 
rivojlanib bordi. XX asrning 50-80-yillarida 
ushbu san’atning keng rivoj olishi, 
uning har xil turlarini rivojlanishiga olib 
keldi va buni e’tibordan chetda qoldirib 
bо‘lmaydi. Yuqorida ta’kidlanganidek, 
yangi san’at turi sifatida shakllangan 
dirijorlik badiiy faktlar va kuzatishlarga 
asoslangan holda, simfonik, sahna, xalq 
cholg‘ulari, xor jamoasi, damli va estrada 
musiqasida yanada rivojlanib bormoqda. 
An’anaviy badiiy shakllar, uslublar, ayrim 
tasviriy vositalar yordamida, tо‘g‘rirog‘i 
musiqa san’atiga xos bо‘lgan xususiyatlar 
saqlangan holda ijtimoiy hayot hodisalarini 
aniq, realistik aks ettirgan yangi badiiy 
asarlar yaratish davom etib kelayotgani, 
dirijorlik san’atini yanada rivojlanishiga 
sabab bo‘lmoqda.
“Dirijorlik san’ati badiiy ijodning 
zamonaviy tabiati, yangicha xususiyatlari, 
yangi sharoit, yangi davr va hayot talablari, 
vazifalari hamda badiiy muhit bilan 
har tomonlama uzviy bog‘langandir”
1

Ikkinchidan, о‘zbek musiqa san’ati, 
ayniqsa, kompozitorlik ijodidagi yangiliklar, 
о‘zgarishlar, uning yangi timsollari, ijobiy 
1 Toshmatov.E. Dirijorlik. - T. : O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. 35-bet
qahramonlari xalqning moddiy-ma’naviy 
о‘sishi, yuksak estetik didi, yangicha 
insonparvarlik qarashlari va fazilatlari bilan 
belgilanadi, bu esa dirijorlik san’atida ham 
о‘z aksini topishi tabiiydir. Shuning uchun 
ham XX asr о‘zbek dirijorlik san’atining 
taraqqiyoti, bevosita yangi jamiyatning 
rivojlanish tarixi yuz berayotgan voqelikni, 
ya’ni xalq hayotini yorqin aks ettirishi 
bilan ta’riflanadi va uning g‘oyat muhim 
tarbiyaviy-ma’naviy salohiyati, faol 
ta’sirchan vositaligi ham ana shundadir.
О‘zbek Dirijorlik san’ati 70 yil 
davomida о‘zbek musiqasi bilan о‘zaro 
uyg‘unlikda о‘sib bordi. Bu ikki san’atning 
birligi g‘oyaviylikda, mavzusida, timsollaru-
mazmunida, xalq qahramonlarini 
kuylashda, insonni yuksak goyalar sari 
yangi ijodiy ruhda tarbiyalashda, siyosiy, 
ijtimoiy, estetik mohiyatida, uning mumtoz 
musiqasiga nisbatan g‘oyaviy jihatdan 
yuqori ekanligi ravshan kо‘rinadi.
1950-1990-yillar davomida o‘zbek 
musiqa san’atining barcha sohalarida jiddiy 
o‘zgarishlar ro‘y berdi. Turli ijtimoiy-siyosiy 
va madaniy voqealarga boy bo‘lgan ushbu 
yillar respublikamizda barcha ijtimoiy 
kuchlarning faollashuvi bilan bog‘liq bo‘ldi. 
Bu avvalambor, musiqa ijodiyoti (an’anaviy 
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
72 
musiqa, bastakorlik va kompozitorlik 
ijodiyotlari) rivoji sur’atining asta-sekin 
jadallashuvi natijasida 60-70-yillarda 
yuksalish ro‘y berdi. Mazkur yillar ijodiy 
izlanish va uslubiy qo‘llanmalarning 
boyligi o‘zbek musiqasi sohasida ijrochilik, 
bastakorlik va kompozitorlik ijodiyotining 
ustuvorligi bilan ajralib turadi. Agar 
ilgari O‘zbekiston musiqa madaniyatida 
shuningdek, dirijorlik san’atida ham chetda 
qolgan ijrochilar va ijodkorlar ijodi ustunlik 
qilgan bo‘lsa, endilikda ijodiyotning va 
ijrochilikning talaygina qismi milliy kadrlar 
ulushiga to‘g‘ri keladi. Bu davrda o‘zbek 
musiqasida kompozitorlik ijodiyotining 
ko‘p ovozli janrlari rivojlanishi bilan bog‘liq 
holda yangi an’analar, ijrochi jamoalar 
paydo bo‘ldi. Keksa avlod tajribasi yosh 
avlod tomonidan rivojlantirildi. Bu davr 
ichida respublikamizda 33 ta Musiqali 
va dramatik teatr (shulardan ikkita opera 
teatri va operetta teatr)lari, milliy simfonik 
orkestri, bir necha kamer orkestrlari, 
T.Jalilov va D.Zokirov nomidagi O‘zbek 
xalq cholg‘ulari orkestrlari, 1991-yilda 
"Sug‘diyona" xalq cholg‘ulari kamer 
orkestri, ikkita xor jamoasi “O‘zbekiston 
Estrada simfonik orkestri, turli tarmoqlarga 
qarashli damli cholg‘ular orkestrlari, 
Konservatoriya, Madaniyat instituti, 
musiqa va san’at o‘rta-maxsus bilim 
yurtlari va maktablardagi badiiy jamoalar 
(o‘zbek va rus xalq cholg‘ulari orkestri, 
simfonik va damli cholg‘ular orkestrlari, 
xor jamoalari), badiiy havaskorlik jamoalari 
o‘zining betakror milliy qiyofasini saqlagan 
holda O‘zbekiston musiqa san’atining 
yanada ravnaq topishiga katta hissa 
qo‘shmoqdalar. 
Dirijorlik san’atida ham milliy kadrlarni 
tayyorlash ta’limi tubdan o‘zgardi. Ushbu 
davr ichida konservatoriyani dirijorlik 
san’atining turli sohalari bo‘yicha ko‘plab 
yosh iste’dodli ijodkorlar bitirib chiqdilar, 
ular opera-simfonik, xalq cholg‘ulari, 
damli cholg‘ular orkestrlari, dirijorlari, xor 
dirijorlari sifatida turli jamoalarda xizmat 
qilib O‘zbekistonda musiqa san’atining 
yuksalishiga o‘z hissalarini qo‘shib 
kelmoqdalar.
“Musiqali teatrning diqqat 
markazida O‘zbekiston bastakorlari va 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin