Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   216
2021 4-son

2 Toshmatov.E. Dirijorlik. - T. : O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. 78-bet
kompozitorlarining asarlari salmoqli o‘rin 
oldi”
2
- deb yozadi Toshmatov. Opera va 
musiqali drama va komediya teatrlari tarixi 
bu davrda ko‘zga ko‘ringan ko‘p sahna 
ustalarining nomlari bilan bog‘liqdir, ular 
orasida O‘zbek dirijorlaridan-M.Ashrafiy, 
T.Sodiqov, B.Inoyatov, F.Shamsutdinov, 
A.Abduqayumov, S.Usmonov N.Xalilov, 
G‘.To‘laganov, X.Shamsutdinov, 
E.Toshmatov, S.Shodmonov, F.Yoqubjonov, 
B.Rasulovlar bor.
Muxtor Ashrafiy. Sobiq ittifoq xalq 
artisti, Davlat va xalqaro mukofotlar 
sovrindori, professor Muxtor Ashrafiy 
1912-yil 11-iyunda qadimgi va navqiron 
Buxoro shahrida ko‘pchilikka tanish bo‘lgan 
xonanda va sozanda oilasida tavallud 
topdi. Dirijor sifatida birinchi bor 1929 
yilda Samarqand shahrida tashkil topgan 
simfonik orkestr bilan yaqindan tanishib, 
konsertlar uyushtiradi. Bundan tashqari 
u Samarqand shahri radiokomitetida 
badiiy rahbar hamda o‘zbek musiqali 
teatrda dirijor lavozimida mehnat qiladi. 
Shuning uchun ham u institutni 1930-yili 
tugatgandan so‘ng Toshkent shahridagi 
O‘zbek Davlat musiqali teatrga badiiy 
rahbar va bosh dirijor etib tayinlanadi. 
Bu yerda uning bastakorlik va dirijorlik 
faoliyatining rivojiga katta imkoniyatlar 
tug‘iladi. Yosh kompozitor o‘zining birinchi 
asari bo‘lmish «Qurilish marshini» simfonik 
orkestr uchun 1932-yilda yaratadi. Bundan 
ilhomlangan kompozitor Komil Yashinning 
«Ichkarida» dramasiga musiqa bastalaydi. 
Buning mohiyati shunda ediki, M. Ashrafiy 
o‘zbek musiqali drama teatri tarixida birinchi 
bo‘lib odatdagi xalq cholg‘u ansambli o‘rniga 
simfonik orkestrni ishlatdi. Kompozitor bu 
ishlar bilan cheklanib qolmay, balki yirik 
musiqa janrlarida ham asarlar ijod etdi. 
Ulug‘ gruzin shoiri Shota Rustavyelining 
«Yo‘lbars terisini yopingan pahlavon» 
poemasi asosida simfonik poema, «Vatan 
bahori» hujjatli filmga musiqa bastalaydi. 
M. Ashrafiy bu yillar davomida 
bastakorlik va dirijorlik mahoratini 
oshirishda katta yutuqlarga erishdi. Bunday 
muvaffaqiyatlar boshqa san'atkorlarni 
qoniqtirishi mumkin, biroq Ashrafiyni 
qoniqtirmasdi. Shuning uchun u o‘zining 
nazariy bilimini yanada oshirish va 
AMALIY FANLAR


73 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
kompozitorlik ilmini mukammallashtirish 
niyatida Moskva konservatoriyasi qoshida 
ochilgan opera studiyasiga o‘qishga 
kiradi (1934 y.). Bu bilim maskanida 4 yil 
davomida taniqli kompozitor va ajoyib 
pedagog Sergey Nikiforovich Vasilyenko 
rahbarligida murakkab musiqa janrlarini 
puxta egallaydi. 1939-yili M.Ashrafiy 
o‘zining sevimli ustozi S. Vasilenko bilan 
hamkorlikda birinchi o‘zbek milliy opyerasi 
hisoblangan «Bo‘ron» operasini tugatib, 
sahnada o‘zi dirijorlik qilib keng xalq 
ommasiga havola etadi. Librettoni Komil 
Yashin yaratgan. 
“ ”Bo‘ron” operasining mohiyati yana 
shunda bo‘ldiki, operaning premyerasi 
kunidan e'tiboran o‘zbek davlat musiqali 
teatri O‘zbekiston Davlat opera va balet 
(hozirgi A. Navoiy nomidagi) teatrga 
aylantirildi”
3
deb yozadi Azimov. Operani 
jamoatchilik zo‘r xursandchilik bilan kutib 
oldi. Kompozitor va dirijor Ashrafiyning 
opera san'ati rivojiga qo‘shgan ulkan 
xizmati uchun hukumatimiz uni «Mehnat 
qizil bayrog‘i» ordeni va «O‘zbekiston xalq 
artisti» faxriy unvonlari bilan taqdirlandi. 
M. Ashrafiyning 30–40 yillar ichida o‘zbek 
davlat opera va balet teatri sahnasida 
dirijor sifatida N.Roslavyetsning «Shoxida», 
Y.Brusilovskiyning «Gulandom» birinchi 
baletlari va birinchi bor qo‘yilgan «El tarin» 
operasi, M.Magomayevning «Nargiz», 
R.Glier va T. Sodiqovlarning «Layli va 
Majnun», O.Chishkoning «Mahmud 
Torobiy», A.Kozlovskiyning «Ulug‘bek» 
operalarini sahnalashtirish respublikamiz 
hayotidagi muhim voqea bo‘ldi. Urush 
yillarida M. Ashrafiyning ijod bulog‘i yanada 
qaynab ko‘plab vatanparvarlik ruhidagi 
ajoyib asarlarni yaratdi. 
A.Kozlovskiy bilan hamkorlikda xor va 
simfonik orkestr uchun «Ulug‘ komissar» 
kantatasini, puflama (duxovoy) orkestr 
uchun «O‘zbekiston» nomli yurish (poxod) 
marshi, Moskva oblastini NEMIS-fashist 
bosqinchilaridan ozod qilish sharafiga 
«Tantanali marsh» va qator qo‘shiqlar: 
«Qasam», «Vatan o‘g‘loni», «Men jangga 
kiraman», «Jangda jasur bo‘l», «Shirin 
zabona ayting», «Aylar seni», «Kel», 
«Arzimni yora ayting» va boshqalarni ijod 
etdi. Bundan tashqari M. Ashrafiy musiqa 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin