Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   216
2021 4-son

6 Маркова А.К. Психология профессионализма. – М.: Знание, 1996. 26-bet
7 Xoliqov A “Pedagogik mahorat”. Iqtisod-moliya nashriyoti, Toshkent., 2011-yil, 11-bet.
8 Asqarova M., Xayitboyeva M., Nishonov M. Pedagogika. “Talqin” nashriyoti. Toshkent., 2008-yil. 37-bet.
Ikkinchidan, tahliliy qobiliyatlar: olingan 
natijalarni dastlabki ma’lumotlar va qo‘yilgan 
pedagogik vazifalar bilan solishtirganda 
tahlil qilish, musiqiy faoliyatdagi yutuq va 
kamchiliklarning mohiyatini tahlil qilish, 
erishilgan natijalarni tahlil qilish asosida o‘z 
tajribasini pedagogik nazariya bilan bog‘lash, 
pedagogik vazifalarni ilgari surish va asoslash. 
Pedagog “…o‘z faoliyatini doimo tahlil qilib, 
unga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘lish”
8

zarur.
Uchinchidan, muloqot qobiliyatlari: 
musiqa o‘qituvchisi bolalar va ularning ota-
onalari bilan munosabatlar o‘rnatadi, bolalarni 
axloqiy, estetik jihatdan tarbiyalaydi, har bir 
bolaga individual yondashishni ta’minlaydi. 
Zero, musiqiy va tarbiyaviy faoliyatning asosi 
muloqotdir. Bolalar bilan muloqot qilish 
qobiliyati ularga muhabbatsiz rivojlanmaydi. 
Jamoadagi munosabatlar ko‘p jihatdan tarbiya
ta’lim va o‘qitishdagi muvaffaqiyatni belgilaydi. 
Bu o‘qituvchining muloqot qobiliyatining 
mazmuni va ahamiyatini belgilaydi. 
To‘rtinchidan, loyihalash qobiliyatlari: 
pedagogik faoliyat natijalarini loyihalash 
qobiliyati, ularni amalga oshirish yo‘llarini 
rejalashtirish, har bir bolaning va guruhning 
musiqa fanini o‘zlashtirishini loyihalash, 
tarbiya va ta’lim natijalarini, bolalarni musiqiy 
tarbiyalash va o‘qitishda yuzaga kelishi 
mumkin bo‘lgan qiyinchiliklarni oldindan ko‘ra 
bilish, aniq vazifalarni ajratib ko‘rsatish va 
shakllantirish.
Yuqoridagilarni umumlashtirgan 
holda shuni ta’kidlaymizki, bo‘lajak musiqa 
o‘qituvchisining pedagogik faoliyati – bu maxsus 
bilim, ko‘nikma va malakalar, tashkilotchilik 
qobiliyatiga egalik, kasbiy tayyorgarlikning 
yuqori darajasi, kasbda o‘z-o‘zini anglash, 
doimiy o‘z-o‘zini takomillashtirish, muloqot 
qilish va har bir bolaga to‘g‘ri yondashuvni 
topish qobiliyatlarini namoyon qilishdir. Bu 
uning ijodiga bo‘lgan ulkan qiziqish, o‘z oldida 
turgan vazifasini tushunish, san’atdagi o‘rni, 
yuksak shaxsiy madaniyati va kasbiy ishtiyoqi 
orqali yo‘lga qo‘yiladigan pedagog sifatidagi 
kelajagi hisoblanadi.
Bo‘lajak musiqa o‘qituvchisining 
pedagogik mahorati bir-biri bilan bog‘liqlikda 
AMALIY FANLAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
70 
bo‘lgan bir nechta tarkibiy qismlardan iborat:
a) 
Pedagogik faoliyatning eng 
muhim tarkibiy qismi – o‘qituvchining 
ijtimoiy rivojlanishning ehtiyojlari, jamiyat 
tomonidan shaxsga qo‘yiladigan asosiy 
talablarni bilishidir. Bu komponent pedagogik 
faoliyatning mazmunini, xarakterini, uning 
maqsad va vazifalarini belgilaydi. O‘qituvchi 
ma’lum tashkiliy shakllar, usullar, vositalar 
yordamida maqsad sari boradi, murakkab 
va mas’uliyatli vazifani – insonda shaxsni 
shakllantirish jarayonining bir bo‘lagi, ya’ni 
musiqa orqali insonning o‘ziga xos dunyosini 
ochishda yetakchilik qiladi. O‘qituvchi ishining 
samaradorligi va sifati pedagogik maqsadlarni 
o‘zlashtirib olish, ularning mazmuniga chuqur 
kirib borish va amaliyotda malakali foydalanish 
qobiliyatiga bog‘liq;
b) 
Bu komponent - xilma-xil ilmiy 
bilimlar, qobiliyat, malakalar, san’at, madaniyat, 
musiqashunoslik, ijtimoiy munosabatlar 
sohasida to‘plangan tajriba bo‘lib, bu asoslarni 
o‘zlashtirish natijasida o‘qituvchida hayotga 
ongli munosabat – dunyoqarash shakllanadi. 
Dunyoqarash jihati bo‘lajak musiqa 
o‘qituvchisi faoliyatida, ijodiy izlanishlarida 
ijtimoiy yo‘nalishlarni belgilaydi. Bolalar 
musiqa o‘qituvchisining haqiqiy dunyoqarashi
uning u yoki bu voqelik hodisasiga shaxsiy 
munosabatini yaxshi his qilishadi va qaysidir 
tomondan o‘zlariga singdirishga harakat 
qilishadi;
c) 
Pedagogika, psixologiya va 
fiziologiyada to‘plangan kasbiy pedagogik 
bilimlar. O‘qituvchi doimo o‘zgarib turadigan 
pedagogik vaziyat bilan shug‘ullanadi. 
O‘quvchilarning darsdan-darsga musiqadagi 
bilimi, tajribasi boyitiladi, shu bilan birga 
ularning aqliy, axloqiy rivojlanishi bir-biridan 
farqlanadi. Bularning pedagogik usullarning 
o‘zgarishini, muayyan vaziyatda eng samarali 
bo‘ladiganlarini izlash va qo‘llashni talab qiladi;
d) 
Pedagogik faoliyatning keyingi 
tarkibiy qismi – bu yuksak axloq, uning 
yetkazib beruvchisining estetik madaniyati. 
Sababi musiqa “insonni estetik tarbiyalashda, 
uning estetik didini o‘stirishda tengsiz 
ahamiyat kasb etadi”
9
. Ushbu komponent 
9 Umarov E., Karimov M., Mirsaidova M., Oyxo’jayeva G. Estetika asoslari. Cho’lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2009-yil. 123-bet.
bolalar bilan munosabatlarni tashkil etishning 
axloqiy va estetik tamoyillaridan iborat: adolat, 
talabchanlik, hurmat, xayrixohlik; samaradorlik, 
tashkilotchilik, intizom, tashabbuskorlik, yuqori 
axloq, estetik uslub va munosabatlarning 
hamohangligi. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchilari 
qachonki o‘zlarida ushbu sifatlarni shakllantira 
olar ekanlar, ular o‘shandagina kelgusi 
pedagogik faoliyatida yuqorida ta’kidlab 
o‘tganimiz pedagogik mahoratga erishishning 
yo‘llaridan biri bo‘lmish – muloqot qobiliyatini 
ham to‘g‘ri yo‘lga qo‘ya oladilar; 
e) 
Bu tarkibiy qismdagi asos – 
teatrshunoslik, sahna madaniyati, ijrochilik 
sohasidagi bilimlar. Bolalarga eng samarali 
ta’sir ko‘rsatish sahna madaniyati-yu, imo-
ishoralar, mimikalar orqali amalga oshadi. 
A.S.Makarenkoning fikricha, “...mimikaga 
ega bo‘lmagan, yuziga kerakli ifodani 
bera olmaydigan yoki kayfiyatini ushlab 
turolmaydigan yaxshi o‘qituvchi bo‘lishi 
mumkin emas. Ishonchim komilki, kelajakda 
pedagogika oliy dargohlari ovozni, turishni, 
tanangizni va yuzingizni boshqarishni o‘rgatadi, 
shakllantiradi va bunday qobiliyatlarsiz men 
o‘qituvchini tasavvur qila olmayman"10;
f) 
Keyingi komponent tadqiqotdir. 
Zamonaviy maktabda global o‘zgarishlar 
jarayonlari sodir bo‘lib, bo‘lajak o‘qituvchidan 
o‘z faoliyatini yangi pedagogik bosqichga 
yo‘naltirishni talab qiladi. Bo‘lajak musiqa 
o‘qituvchisining tadqiqot komponentini 
o‘zlashtirishi pedagogik hodisalarga ijodiy 
yondashish, ilmiy-pedagogik tadqiqot 
usullarini o‘zlashtirish, boshqa o‘qituvchilar 
tajribasi va o‘z tajribasini tahlil qilish asosidagi 
o‘zaro bog‘liq harakatlarning izchil tizimidir.
Biz pedagogik mahoratning asosiy 
tarkibiy qismlarini o‘rganar ekanmiz, yuqoridagi 
barcha komponentlar musiqa o‘qituvchisining 
kasbiy faoliyatiga to‘liq taalluqli ekanligiga 
amin bo‘lamiz. Bo‘lajak musiqa o‘qituvchisida 
pedagogik mahoratni shakllantirish shaxs 
madaniyatiga, o‘sib borayotgan shaxsning 
o‘z vaqtida va to‘liq ijtimoiylashuviga hissa 
qo‘shishga, bolani ma’naviy, axloqiy va estetik 
jihatdan tarbiyalashga qaratilgandir.
AMALIY FANLAR


71 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin