Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə206/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   216
2021 4-son

YOSH TADQIQOTCHILAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
210 
doir ishlarda adabiy ta’sir masalasi, 
tarjimada uning aks etganligi muhim jihat 
hisoblanadi. Tarjima sohasida adabiyot 
olamidagi ko‘plab ijodkorlar qalamini sinab 
ko‘rgan. Barcha ijodkorlar singari Abdulla 
Qahhor ham ijodda tarjimashunoslikni 
yuksak cho‘qqilarga olib chiqishga harakat 
qilgan. Adibning rus tilidan o‘zbek tiliga 
tarjima qilgan asarlarida yozuvchi ruhi aks 
etadi. Undagi mazmun asar muallifining 
qarashlaridan biroz chekinadi. O‘zbekona 
milliylik, o‘zbekona qochirimlar va stimul 
so‘zlar o‘z o‘rnida xalq ruhiga yaqin ifodalar 
bilan aks etilgan. 
Abdulla Qahhor hikoyanavis, u rus 
adibi Anton Chexovning hikoyachilikdagi 
qisqalik hamda o‘tkir tilliligini o‘zida 
jamlagan. Bu xususiyat aynan tarjima 
sohasida muvaffaqiyat qozonishiga 
sabab bo‘lgan. Yozuvchining tarjimadagi 
mahorati va unga tarjima qilayotga 
asarining ta’siri, ya’ni adabiy ta’sirning 
yaqqol misoli sifatida quyidagicha ko‘rsatib 
o‘tadi G‘aybulla Salomov o‘zining “Tarjima 
nazariyasiga kirish” nomli monografiyasida 
…“A.P.Chexovning “Yovuz niyatli kishi” 
hikoyasi bilan Abdulla Qahhorning 
“O‘tmishdan ertaklar”asaridagi Denis va 
Babar obrazlarini olaylik. Bunda ta’sir 
nimadan iborat? Faqat mavzu tanlashdami? 
Yo‘q. Chexov odamlarni “denis” qiladigan 
yovuz niyatli tuzumni fosh qilar ekan, Abdulla 
Qahhor odamlarni “bulturgi eshmat”qilib 
qo‘ygan eski tuzum daxshatini tavirlaydi. 
Biroq boshqacha bo‘lishi ham mumkin 
emas, zero, yovuzlikning shakl va xillari 
turli tuman bo‘lsa-da, mohiyati bir. Denis 
bilan Babarning ota-onasi, el-yurti, qishlog‘i, 
tabiiy va iqlim sharoitlari boshqa-boshqa 
bo‘lsa-da, lekin ularning ijimoiy tuzumining 
“mahsuli”shunday bo‘lgach, Chexovning 
Denis va denislar haqida yozishi qanchalik 
to‘g‘ri bo‘lsa, Abdulla Qahhorning ham 
Babar va babarlar hayotini tasvirlagani ham 
shunchalar tushunarlidir”,– deb yozadi. 
Bundan ko‘rinib turibdiki, tarjimon o‘zining 
qilgan tarjima asaridan nafaqat ta’sirlanib, 
balki o‘zining hayotida ham tarjimada aks 
etgan obrazlarini tanib ham olar ekan. Bu 
1 Said Ahmad. “Ustoz mahorati” 1996-yil, 27-bet
2 Abdulla Qahhor. “Yon daftaridan”1944-yil, 31-bet
taqlid emas, balki, ijtimoiy o‘xshashlikning 
turli davrlarda va joylarda aks etishi deb 
tasvirlasak, xato bo‘lmaydi. 
Aslini olganda tarjima tarixi va dialektik 
tushuncha deyiladi. Tarjimaning orginal 
asar bilan munosabati ham turlicha bo‘lgan. 
Realistik tarjima talablariga ko‘ra, tarjimon 
asl nusxasining san’at asari sifatida shakl 
va mazmun birligini qayta yaratishi, milliy 
va individual uslub xususiyatlarini saqlashi 
lozim. Atoqli yozuvchi Said Ahmad Abdulla 
Qahhorning tarjimadagi hissasi xususida 
shunday so‘z yuritadi. “Abdulla Qahhor bir 
qoraqalpoq yozuvchisining qissasi qo‘liga 
tushib qolganini, qissa unga juda ma’qul 
bo‘lganini aytdi: 
-Shuni o‘zbekchaga tarjima 
qilmoqchiman. Qissada jiddiy gaplar bor. 
Yo‘lda to‘siqlar paydo bo‘lishi mumkin. 
Ko‘p so‘zlarga tushunmayapman. Shunga 
alohida lug‘at tuzib, biladiganlardan 
so‘ramoqchiman. Bu Abdulla Qahhor tarjima 
qilib, o‘zi aralashib nashr qildirgan To‘lap 
Bergan Qayipberganovning “Bir sovuq 
tomchi”qissasi edi. O‘zbek kitobxonlarining 
e’tiborini qozondi. Adabiy tanqid ham 
yuqori baho berdi. Abdulla Qahhor bahona 
bo‘ldi-yu Qayipberganovning ko‘zi bitib 
qolgan buloqdek dimiqib turgan ijodi yarq 
etib yuzaga chiqib oldi ”.
1
ko‘rinib turibdiki, 
yozuvchi nafaqat tarjimon, balki, boshqa 
bir tildagi jaranglamay qolib ketayotgan 
kuylarning ham cholg‘uchisi bo‘lib tanilgan 
ekan. 
Abdulla Qahhor kichik va katta 
nasriy asarlar tarjimasiga ham qo‘l urgan. 
Tolstoyning romanlari xususida shunday 
gaplari bor. 
“Men Tolstoyni nisbatan ancha 
kechroq kashf etdim, uning kitoblarini 
cho‘chibroq qo‘lga oldim-u, ko‘p o‘tmay 
boshim bilan sho‘ng‘ib ketdim…”
2
bu “Urush 
va tinchlik” asari ustida ishlagandan 
keyin kelgan xulosasi edi. Asar tarjimoni 
asliyatdagidek tarjima bo‘lishi uchun xatto 
asar qahramonlari yashagan manzilga 
borib, ularni yanada jonli tasvirlashga 
uringani haqida rafiqasi Kibriyoxonim 
o‘z xotiralarida ham eslab o‘tadi. Bir 
qancha yirik aarlarning o‘zbek kitobxoniga 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   202   203   204   205   206   207   208   209   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin