Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə207/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   216
2021 4-son

YOSH TADQIQOTCHILAR


211 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
tanilishida yozuvchining ulkan mehnati 
yotibdi.
Abdulla Qahhor tarjima sohasiga juda 
katta e’tibor qaratadi. Bir kuni Simyanov 
Abdulla Qahhor asarlarining tarjimasini 
uning qo‘liga olib kelganda Qahhor o‘z 
so‘zlarining o‘zgarib qolganini bilib biroz 
norizo kayfiyatda mayli no‘noq yozilgan
bo‘lsa-da, meniki bo‘lib qolaversin deydi. 
Bu yozuvchining hatto, o‘zi yaratgan 
so‘zlarini ham qizg‘onishini, yomon bo‘lsa-
da, o‘ziniki bo‘lib qolaverishini so‘raydi. 
Shu o‘rinda Qahhor tarjimaning naqadar 
ahmiyatliligini ta’kidlab o‘tadi. Bir kishi 
yaratgan asar boshqa bir ijodkor tomonidan 
o‘zgarishlarga yuz tutishi bu achinarli holat. 
Tahlil qilishda ham so‘z qo‘llanilishiga katta 
e’tibor berilishi lozim. Tarjimon xuddiki- 
me’mor. Agar me’morning qurayotgan 
binosida birorta bir g‘isht noto‘gri qo‘yilsa, 
bu uyning sifatiga, uning uzoq yashab 
qolishiga putur yetadi. Yozuvchi bo‘lsa, 
naqqosh kabi. U o‘zi yaratadi. O‘z didi 
bo‘yicha jilo beradi. Jiloning qay ranglardan 
tashkil topishi esa uning o‘z qarashlariga 
bog‘liq. Yozuvchi tarjimonnning asosiy 
farqi shu yerda ko‘rinadi. Buni aksincha 
o‘ylaydiganlar ham bor oramizda. Bir so‘z 
bilan aytganda, boshqa ijodkorning 
Yetuk tarjimonlardan Abdulla Qahhor 
tarjimalarining har birini asliyatdagi kabi 
qayta jon berishga harakat qiladi. Abdulla 
Qahhorning har bir so‘zi, gaplari xuddiki, 
sintaktik qotib qolgan birlik kabi jaranglaydi. 
Ulardagi ma’no ham o‘ziga xos. Xalqchil, 
xalq tilidan olingan va idiomaga aylanib 
ulgurgan so‘zlari bor. Bir qarashda xalq 
tilida mavjud bo‘lsa-da, Abdulla Qahhorga 
tegishlidek ko‘rinadigan birliklar (M: “…
Tuxumdan tuk qidiradi…”) ushbu iborani biz 
yozuvchi asarlari orqali ko‘proq taniganimiz 
uchun bu so‘zlar yozuvchiga tegishlidek his 
paydo bo‘ladi o‘quvchida. 
Tarjima ikki xil bo‘ladi: realistik tarjima 
va badiiy tarjima. Bularning farqi shundaki, 
realistik tarjimada ijodkor asarni qanday 
yozilgan bo‘lsa shundayligicha o‘quvchiga 
yetkazishi shart bo‘ladi. Asarning badiiyatini 
oshirishi yoki unga qo‘shimchalar qo‘shishi 
kerak emas. Badiiy tarjimada bunday 
3 Sayramov T. Asliyat va tarjimada badiiy mahorat. // Filologiya masalalari, 2009 yil, 3-4 son, 64-bet
unsurlarsiz ijodkor fantaziyasi bo‘yicha, 
ta’sirlantiruvchi badiiyat qo‘shib tarjima 
qilish mumkin bo‘ladi. 
“Arab xalq ertaklari turkumiga kiritilgan 
“Bir soatlik xalifa” to‘plami tadqiqotlar 
natijasi o‘laroq, “Ming bir kecha”ning 
“unutilgan sahifalari” deya e`tirof etiladi. 
Ushbu kitobga kiritilgan “Ali bobo va qirq 
qaroqchi hamda kaniz Marjona haqida 
mufassal hikoyat” ertagi o‘zbek tiliga atoqli 
adib Abdulla Qahhor tomonidan o‘girilgan. 
Asarning ingliz tiliga tarjimasi esa Jon 
Peyn va Ser Richard Byorton qalamlariga 
mansubdir”. 
3
Badiiy asar qimmatini oshiruvchi 
xalqona o‘tkir iboralar, maqol va matallar 
Abdulla Qahhor tarjimachiligida yuksak 
estetik qimmatga ega manba hisoblanadi. 
Tarjimon mavjud asarga ijtimoiy, yangi 
adabiy va milliy muhitda qayta ruh 
bag‘ishlovchidir. Adabiy hayotda ko‘pincha 
orginal ijod bilan tarjima orasida farq farq 
kam seziladi. Tarjimada o‘zgartirilgan joy 
aynan ko‘rsatilmaa, buni orginaldan farqlash 
juda mushkul bo‘ladi. Chunki bu asardagi 
ruh, kayfiyat asosiy syujet o‘zgarmasdir. 
Chunonchi, amalga oshirilgan bevosita 
tarjimada so‘zlarning mos ekvivalentini 
berishda asliyatdagi uslubni qayta yaratish, 
milliy o‘ziga xoslikni tarjimada namoyon 
qilishdagi muvaffaqiyatni ta`minlaydi.
“Ali bobo va qirq qaroqchi hamda kaniz 
Marjona haqida mufassal hikoyat” ertagida 
o‘ndan ortiq arab maqollari qo‘llanilgan 
va bu maqollar tarjimon bilim va saviyasi 
darajasiga ko‘ra uslubiy mahorat kasb 
etadi.
Masalan, asarda qo‘llanilgan “har 
qanday ot ham qoqiladi, qilich qo‘ldan chiqib 
ketadi” maqoli sof arab maqollaridan biri 
sifatida asar syujetidagi muayyan hukmni 
belgilab berishga xizmat qildiriladi.
Ma`lumki, Abdulla Qahhor qalamiga 
mansub ushbu tarjima rus tilidan o‘girilgan. 
Shu sababli e`tiborimizni asarning Mixail 
Salye ijodiga tegishli ruscha versiyasiga va 
syujetining ayni shu o‘rniga qaratsak: 
“Тут Али баба понял, что причина 
раскрытия его тайны и обнаружения его 
богатства – скудоумие жены, которая 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   203   204   205   206   207   208   209   210   ...   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin