219
“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
Oripov “Jannatga yo‘l”dramatik dostonini
yaratish uchun qo‘liga qalam olar ekan,
diniy afsonadagi ba’zi bir ajoyibotu
g‘aroyibotlarni shunchaki qayd qilib
o‘tishni maqsad qilgan emas. Ma’lumki,
turg‘unlik yillarida har xil ko‘rinishdagi
firibgarliklar avj oldi. Olg‘ir olchoqlarga
yo‘l ochildi. Ikkiyuzlamachilik rivoj topdi.
G‘alamislik, fosiqlik odatdagi hodisalar
bo‘lib qoldi. Bu xoldagi buzilishlar shoir
qalbini qitiqladi, dard bo‘lib shakllandi.
Ular haqida asosli fikr aytish, kitobxonga
bu dardning mohiyatini ochib berish kerak
edi. Su yo‘sinda “Jannatga yo‘l” maydonga
keldi”
2
, deydi. Ijodkor o‘zini o‘ylantirayotgan
savolga javob izlaydi, uni echish yo‘llari,
usullarini qidiradi va javobni baribir o‘zi
yashab turgan muhitdan topadi. “Jannatga
yo‘l” dramatik dostonida “Ilohiy komediya”
tarjimasidan shoir olgan ilhomlarning ta’siri
seziladi. Makon nuqtai nazaridan doston
voqealari «narigi dunyoda» bo‘lib o‘tadi.
Abdulla Oripov “Dantening bezovta ruhi”
maqolasida Dante uchun narigi dunyo bir
adabiy usul edi, xolos. Aslida, uning “Ilohiy
komediyasi” insoniyat haqidagi o‘ta realistik
asardir deydi
3
. Bu fikrlarni “Jannatga yo‘l”
dostoni xususida ham aytish mumkin.
Asar 1978 yilda yozilgan. Stalin shaxsiga
sig‘inishga barham berilgan, “Xrushchevcha
iliqlik yillari” boshlangan bo‘lsa-da, siyosiy
ta’qib va tahdidlar partiyaning san’at va
adabiyotga aralashuvi tarzida davom
etardi. Jumladan, “AbdullaOripovning o‘sha
davr “ruhiga” to‘g‘ri kelmagan “Jannatga
yo‘l” dramatik dostoni, butun umri
davomida siyosiy nazorat ostida yashagan
adib Maqsud Shayxzodaning “Abu Rayhon
Beruniy” tarixiy tragediyasi sirli ravishda
“yo‘qoldi”
4
. Abdulla Oripovning asari
keyinchalik qaytarib berildi. Ammo Maqsud
Shayxzodaning asari hanuz topilmagan.
Avvalo, Abdulla Oripov tanlagan usul–
doston voqealarining norealistik tarzda
ifodalanishi xususida alohida to‘xtalib
o‘tish lozim. Bu usul Abdulla Oripovning
2 Қўшжонов М. Адабиётда мазмун ва шакл бирлиги // Ўзбек тили ва адабиёти. 1993 йил, 3-сон, – Б.8.
3 Дантенинг безовта руҳи // Орипов А. Эҳтиёж фарзанди.–Т.: Ёш гвардия, 1988 йил.–Б. 49.
4 Ўзбекистоннинг янги тарихи . К.2. Ўзбекистон совет мустамлакачилиги даврида//Тузувчилар М. Жўраев ва бош. –Т.: Шарқ, 2000.–Б.580
5 Титов А. Адабиёт кераксиз бўлиб қоладими?//Жаҳон адабиёти, 2010 йил, 11-сон.–Б. 127
6 Шер А. Эстетика, Тошкент, Ўқитувчи, 2015. – Б.57.
mavjud sharoitda o‘zini to‘la namoyon eta
olmayotgan qahramoni (qaysidir ma’noda
ijodkorning o‘zini ham) “gapirtirish”ning
ma’qul yo‘li edi. Buni “Adabiyot sotsializm
rivojlangan davrda tashqi ta’sirga qarshilik
ko‘rsatgancha uzlatlarga chekinib “lirik
parda”lar panasida jon saqlashga majbur
bo‘lishi”
5
bilan izohlash mumkin. Lekin
endi ortiq “lirik parda”lar panasida jim
turishga toqat qilib bo‘lmasdi. Ijodkorda
etilib kelgan ijtimoiy dard o‘zgacharoq
yo‘sinda voqe bo‘lish uchun yo‘l axtardi.
Abdulla Oripovning “Nekrasov hasrati”
she’rida aytilganidek, “SHoir qalamida
hasratlar qat-qat” bo‘lib borar va turg‘unlik
yillarida mafkuraviy bosim ostida ijtimoiy
adolatsizliklar, ma’naviy-axloqiy illatlarni
ko‘rsatish, SHAXS va SHOIRlik xususidagi
o‘z bahosini aytishda “Jannatga yo‘l”dagi
usul o‘zini har jihatdan oqlar edi. Demak,
“realistik tasvir tamoyillaridan chekinish
muallifga real voqelikdagi hodisa
mohiyatiga, uni keltirib chiqargan omillarga
teranroq nazar tashlash imkonini beradi”.
Qolaversa, jahon adabiyotida o‘zi yashab
turgan muhitdan, zamonadan qoniqmaslik,
mavjud tuzumning haqiqiy qiyofasini ochib
niyatida asar voqealarini boshqa zamon va
makonga ko‘chirish usuli mavjud va bu holat
aksariyat hollarda muvaffaqiyatli chiqadi.
Garchi doston voqealari noreallik kasb etsa
ham, biz real muhitda harakatlanayotgan
qahramonlarni ko‘ramiz.“Jannatga yo‘l”
o‘z davri uchun eng muhim masalalardan
bo‘lgan shoir shaxsi muammosini ko‘tarib
chiqdi. Abdulla Oripov o‘z idealidagi ijodkor
qiyofasini ko‘rmoqchi bo‘ladi. “Umuman
olganda, idealni antiqa holat deyish
mumkin. Unda bor narsa yo‘q narsaning
mezoni bilan o‘lchanadi, ya’ni mavjud
narsaga yoki hodisaga o‘sha paytda mavjud
bo‘lmagan narsa yoki voqelik talablari bilan
yondashiladi”
6
. Bu narsa yigit obrazida
yaqqol ko‘zga tashlanadi.Ijodkoru orqali
shoirlikkao‘zining falsafiy poetik bahosini
bergan. Doston bosh qahramoni Yigit
Dostları ilə paylaş: