Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə211/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   216
2021 4-son

YOSH TADQIQOTCHILAR


215 
“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
1911 yilda yozilganligini muallif qayd etadi. 
Kitob jildiga «Borodino jangi va Rossiyaning 
fransuzlar bosqinidan xalos bo‘lishining 
yubiley sanasiga bag‘ishlanadi» degan 
yozuv bilan Tibilisi senzurasidan ruxsat 
olingan. Bosilib chiqqandan keyin ham 
sahnaga qo‘yish uchun qariiyb bir yil vaqt 
ketadi. Bunga goh hukumat vakillarining 
qarshiligi, goh mablag‘ yetishmasligi, goh 
aktyorlar yo‘qligi sabab bo‘ldi. Amerikali olim 
Edvard Olvordning ta'kidiga ko‘ra: «Bunday 
hazillar, askiyalar (ochiq maydonda 
ko‘rsatiladigan xalq tomoshalari nazarda 
tutilmoqda) orqali ko‘pgina din peshvolari 
tanqid qilinardi. Yangi dramaturglar esa 
ruhoniylarga jiddiy munosabatda bo‘lar, 
e'tiqodli din arboblarini tanqid qilishdan 
qochardilar». Darhaqiqat, dramadagi 
Domulla – ijobiy obraz sifatida namoyon 
bo‘lgan. Shunday bo‘lsa-da, «Izhor ul Haq» 
jurnalining muharriri va o‘z zamonasining 
yirik ulamosi mufti Sadriddinxo‘ja 
Sharifxo‘ja qozikalon o‘g‘li «Daf'i tahlika» 
maqolasida: «Eshitilganiga qaraganda, 
«Padarkush» mahallaning eng davlatlik 
mo'tabarlari qo‘shnilarining bolalarini 
ertadan kechg‘acha «non non» deyub 
yig‘laganlarini eshitib turub o‘zlari bohuzur 
ne'matg‘a botib bevosita yon qo‘shnilarig‘a 
zarra qadar lutf namunasin ko‘rsatmas 
emishlar. Oyo majlislarda va va'zlardin 
ortuq tasavvuf so‘zlag‘uvchi zotlar «Haqqul 
jarri alal jarr» bobida bayon qilingan 
targ‘ib va tartiblardin xabarlari yo‘qmu 
ekan. Afsuski, so‘zlamoq boshqa va amal 
qilmoq boshqa ekan... Alhosil har mahalla 
amomi va mutasaddilarig‘a lozimdurkim 
taxt tasarruflaridagi fuqaroning ahvolig‘a 
nazar solib och va yalong‘ochlarg‘a 
muvosat va yordam yo‘lini tutmoqlarini 
mahalla to‘qlarig‘a taklif qilsunlar. Alar xoh 
o‘z taomlarig‘a taklif qiluv va xoh boshqa 
ma'naviy jihat birla faqirlarning hojatlarini 
ravo qilsunlar. Agarda mutasaddi amirlar 
xabar olmasalar Alloh Taolo xazratida 
javobgar bo‘lurlar vassalom... », deb yozadi. 
Xalq och va yupun vaqtda tomoshaga ne 
hojat kayfiyatidagi olomonga yuqoridagi 
haqida xotiralari» nomli maqolasi e'lon qilinadi. Unga binoan: «Birinchi teatr eski shahardan yiroq yerli xalqdan chetda bo‘lg‘on rus shahri o‘rtasidagi «Xalq teatri» binosida qo‘yilgan bo‘lsa 
ham, tomoshachilarning ko‘pligi kutilgandan allaqachon ortuq bo‘lub kelgan xalqning barchasi yerlik xalq deyarlik edi».. M. Behbudiyning o‘zi Turkiston general gubernatoriga yozgan 
iltimosnomasida teatrning qo‘yilishiga shaharning musulmon kutubxonasi va qiroatxonasida qo‘yilishiga ruxsat so‘raydi. Hujjatda Behbudiy tomonidan tashkil etilgan Behbudiya kutubxonasi 
nazarda tutilgan. Demak, E. Oldvord bu yerda chalkashlikka yo‘l qo‘ygan. Bu bino bugungi kunda Behbudiyning uy-muzeyi sifatida tashkil etilgan. Samarqand shahar Mir Said Baraka ko‘chasida 
joylashgan. Lekin dramaga tayyorgarlik ishlari, repetisiyalar Behbudiyning eski shahardagi Foniy mahallasidagi uyida olib borilgan.
6 https://ziyouz.uz/ilm-va-fan/adabiyot/milliy-uygonish/begali-qosimov-mahmudhuja-behbudiy-1875-1919/
muftining gapi ta’sir qilmasdan qolmasdi. 
Vaholanki, Samarqandda 1914 yilning 
29 yanvarida sahnaga qo‘yilgan asar 
o‘z maishatig‘a o‘ralib, dunyoni unutgan 
millatdoshlariga chaqmoqdek ta’sir qilgan
6

Jadidshunos olim Begali Qosimovning 
ta'kidiga ko‘ra, «Padarkush» asari ham 
janr, ham mazmuniga ko‘ra yangi o‘zbek 
adabiyotini boshlab bergan asardir. 
Behbudiy «Milliy fojia» deb atagan, 3 parda 
4 manzarali bu drama hajman juda ixcham, 
mazmunan juda sodda va jo‘n. Unda jaholat 
va nodonlik, o‘qimagan bolaning buzuq 
yo‘llarga kirib, o‘z otasini o‘ldirgani haqida 
hikoya qilinadi. Orqa-oldini o‘ylamagan 
boyning Toshmurod ismli o‘g‘li bor. O‘g‘li 
o‘qimagan. Boy o‘z o‘g‘lini o‘qitishi lozimligi 
domla qiyofasidagi kishi tomonidan ham 
ziyoli obrazidagi zamon ma'rifatchisi 
tomonidan ham ta'kidlanadi. Ziyoli obrazi 
prototipi Behbudiyning o‘zi bo‘lishi mumkin. 
Chunki, Behbudiyning ta'lim-tarbiya, ilm 
olish zarurligi haqidagi maqolalarida o‘qish-
o‘qitish g‘oyalari doimo ilgari surilgan. Boy 
atrofdagilarning gapiga kirmaydi, o‘g‘lini 
o‘qitmaydi, oqibatda u ko‘cha bezorilariga 
qo‘shiladi. Restoranda maishatga puli 
yetmay, sheriklarini tunda uyiga boshlab 
keladi. Boy uyg‘onib, ularni sezib qoladi. 
Boyni o‘ldirib, pulini olib ketadilar. Dramada 
bor-yo‘g‘i o‘n sakkiz epizod ishtirok etgan. 
Shulardan 2 poliseyskiy, 2 qorovul va 
boyning 3 nafar qo‘shnisi asarda ishtirok 
etsa-da, ular gapirtirilmagan. «Xalq nihoyat 
ko‘p kelib, belat yetmagani va joyni yo‘qligi 
uchun uch-to‘rt yuz kishi qaytib ketdi», deb 
yozadi mahalliy matbuot. «Belatlar bir-
ikki kun avval yoshlarni g‘ayrati ilan sotilib 
tamom bo‘lub edi. Ba'zi kishilar belatlarini 
ikki bahog‘a foidasi ilan boshqag‘a sotdilar. 
Soat yettidan minglab xalq ibratxonag‘a 
hujum qilgan. Ammo belat yo‘q. Uch so‘m 
berib, tikka turmoqg‘a ham rozi, yana yer yo‘q 
» deb ta'riflangan. Domullaning so‘zlarida 
muloyimlik, og‘irlik, pandu-nasihat 
hukmron. «o‘qumoq barcha musulmonga, 
erkak va yo xotin bo‘lsun, farz edi. U qayda 
qoldi?.Boy, man sizga amri ma'ruf etdim 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin