“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
218
“JANNATGA YO‘L” DOSTONIDA
DAVR VA SHOIR SHAXSI
MUAMMOSI TALQINI
Dildora Azimova–
katta o‘qituvchi,f. f. b .f .d (PhD) , O‘zbekiston Milliy Universiteti
Annotatsiya:
Mazkur maqolada shoir o‘z davri uchun dolzarb bo‘lgan ijodkor shaxsi muammosini o‘rtaga tashlaydi. Muallif o‘zi
yashab turgan davr va jamiyat muammolarini norealistik makon va zamonga – “narigi dunyo”ga ko‘chirib tasvirlaydi.
Аннотация:
В данной поэме поэт выдвигает актуальную для своего времени проблему личности поэта. Автор изображает
проблемы своего времени и общества, перенеся их в нереалистическое пространство и время - в «мир иной». На самом деле
художественный замысел автора не заключался в том, чтобы объяснить читателю что есть благо, и что есть грех.
Abstract :
In this epic, the poet raised the issue of the poet's personality, which is relevant for his time. The author describes the
problems of the time and society in which he lives by copying them into a non-realistic space and time - the "beyond world".
Kalit so’zlar:
Abdulla Oripov, “Jannatga yo’l”, “narigi dunyo”, ijtimoiy tafakkur, shaxs va millat, Dante, “Ilohiy komediya”, “Dantening
bezovta ruhi”, Maqsud Shayxzoda, “Abu Rayhon Beruniy” tarixiy tragediyasi, “Nekrasov hasrati”, Yigit, Tarozibon.
Ключевые слова:
Абдулла Арипов, «Дорога в небеса», «За пределами мира», Общественная мысль, Личность и нация,
Данте, «Божественная комедия», «Потревоженный дух Данте», Максуд Шайхзода, историческая трагедия «Абу Райхан Беруни»,
«Некрасов» хасрати », Йигит, Тарозибон.
Keywords:
Abdulla Aripov, "Road to Heaven", "Beyond the World", Social Thought, Personality and Nation, Dante, "Divine Comedy",
"Dante's Disturbed Spirit", Maqsud Shaykhzoda, "Abu Rayhan Beruni" historical tragedy , “Nekrasov hasrati”, Yigit, Tarozibon.
Abdulla Oripov ulkan ijodkor shaxs
sifatida o‘z davri
ehtiyojlarini yaxshi
anglar, his qilar edi. Shuning uchun uning
ijtimoiy lirikasi zamondoshlari ko‘ngli
tubiga yashiringan, ularni qiynagan ijtimoiy
muammolarga, dardlarga hamohang
edi. “Jannatga yo‘l” dostonida ham shoir
o‘z davri uchun dolzarb bo‘lgan shoir
shaxsi muammosini o‘rtaga tashladi.
Voqelik tasvirida esa norealistik usulni
tanlaydi. Asar voqealari Arshi a’loda
kechadi. Lekin badiiy asarda
kechayotgan
voqealar qaysi iqlimda sodir bo‘lmasin,
uni yozayotgan ijodkor shu davrning
kishisi ekanini hisobga olsak, asarda
tasvir etilayotgan voqealar bevosita shu
zaminga va zamonga daxldorligini sezish
qiyin emas. “Jannatga yo‘l”da ham shoir
o‘zi yashab turgan jamiyat muammolarini
“narigi dunyo”ga ko‘chirib tasvirlaydi.
Muallifning badiiy niyati o‘quvchiga savobu
gunoh neligini anglatishdan iborat deb
aytsak, biz dostonning ijtimoiy-badiiy
qimmatini anglab etmagan bo‘lamiz. U
o‘zi yashagan turg‘unlik yillarida ijodkor
qismati masalasini kun tartibiga qo‘ydiki,bu
muallifning ijodkor
shaxs sifatida anglab
etgan ehtiyoji edi. Agar e’tibor berib
qaralsa, mazkur doston yaratilgan 70-80
1 Қуронов Д.Адабиётшуносликка кириш. – Андижон: Ҳаёт, 1997.– Б. 28.
yillarda ijtimoiy tafakkurda shaxs va millat
erki tushunchasi etilib kelardi. Dostonda
shoirga qo‘yilgan ayblov juda jiddiy edi. Bu
mustabid tuzum sharoitida qanday yozish
haqida ko‘rsatma beradigan, adabiyotni
Dostları ilə paylaş: