Tafakkur ziyosi



Yüklə 4,15 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə212/216
tarix12.10.2023
ölçüsü4,15 Mb.
#154270
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   216
2021 4-son

YOSH TADQIQOTCHILAR


“TAFAKKUR ZIYOSI”
 
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
216 
va manga shariat bo‘yicha lozim bo‘lgan 
ishni bo‘ynumdan soqit qildim», deb so‘zini 
yakunlaydi. Boyning huzuriga Domulladan 
keyin kirgan Ziyoli kishi ham zamonaning 
ilg‘or kishisi bo‘lish uchun, avvalo, o‘qish 
shartligini aytadi. «Musulmoniy xat va 
savodini chiqarub, zaruriyati diniya va 
o‘z millatimiz tilini bilaturgondan so‘ngra 
hukumatimizni(ng) nizomli maktablariga 
bermoq kerakdur, ya'ni gimnaziya va shahar 
maktablarini o‘qub tamom qilg‘onlaridan 
so‘ng, Peterburg‘, Maskov dorilfununlariga 
yuborib, doktorlik, zako‘nchilik, injenerlik, 
sud'yalik, ilmi san'at, ilmi iqtisod, ilmi 
hikmat, muallimlik va boshka ilmlarni 
o‘qutmoq lozimdir».Behbudiy siyosiy bir 
haqiqatni yozishdan ham qo‘rqmaydi. 
Obrazlardan biri Artun. Ismidan ma'lumki, 
u mahalliy xalq vakili emas. Bizning 
aqlsiz boyvachchalarimizni barbod qilish 
–uning asosiy maqsadi. Pivofurushlik, 
yengil tabiatli qizlarni keltirib, boylarning, 
umuman ma'naviyati sust kishilarning 
pulini tortib olish yo‘lida xizmat qiladi. Liza 
ham mahalliy xalq vakili emas. Norning: 
«Boyvachcha! Barishnaga tobingiz bormi?», 
deb savol berishidan ham ma'lumki, Liza 
o‘zbek yoki tojik qizlaridan emas. Xususan, 
Behbudiy «Padarkush» dramasidagi Liza 
obrazini yaratish orqali o‘z ijtimoiy-siyosiy 
konsepsiyasini ifodalashga muvaffaq 
bo‘lgan. Ammo, keyinchalik bu tipdagi 
personajlardan asar syujetida foydalanish 
hukmron mafkura tomonidan siyosiy talab 
maqomini kasb etgan. Asta-sekin bu holat 
adabiy ko‘nikma darajasiga ko‘tarilgan». 
Ma'lumki, odamning shaxs, mukammal 
inson sifatida shakllanishida qator omillar 
bilan birgalikda tildan foydalanishdagi 
o‘ziga xosligi ham hisobga olinadi. Chunki 
ona tilidan foydalanish mahorati uning 
ko‘pgina fazilatlarini ham, kamchiliklarini 
ham o‘zida mujassam qiladi. «Garchi 
ma'lum tildan foydalanuvchilar uchun bu 
tilning adabiy me'yorlaridan foydalanish 
talab qilinsa-da, o‘zi tarbiyalangan ijtimoiy 
muhitning ta’sirida unda tabiiy ravishda o‘z 
me'yorlari ham shakllanadi»
7
. O‘sha zamon 
ijtimoiy muhitdagi salbiy ko‘rinishlarni 
Behbudiy birgina so‘z, yoki harakatlar 
bilan ifodalay olgan. Yana bir qahramon 
− Davlatning so‘zlariga diqqat qiling: 
7 Karimov S. Til ta'limi va me'yor.-Toshkent.Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti,2002.
«Xo‘jayinni chiqaramiz, «otam o‘ldi» bazmi 
qilarmiz». Davlat ham Nor ham kambag‘al 
oiladan chiqqan, yonida ortiqсha puli yo‘q 
yosh yigitlar. «Otam o‘ldi» o‘z nomi bilan 
bazm. Demak, qattiqqo‘l otaning o‘limi bu 
kabi yoshlar uchun bayram. Endi ularni 
hech kim tergamaydi, nazorat qilmaydi. 
Xohlagancha ichib, vaqtlarini zoe ketkazib, 
hatto o‘g‘irlik va odam o‘ldirishgacha 
jinoyatlarni qilishlari mumkin. 
Tabiatda bir narsa ikkinchisiga aynan 
o‘xshash bo‘lmagani singari bir kishining 
nutqi ikkinchi bir kishinikiga aynan o‘xshashi 
yoki ularning adabiy til me'yorlariga bir xilda 
rioya qilishi amalda qiyin bo‘ladi. Shunga 
qaramasdan, umumadabiy til madaniyatiga 
bo‘lgan intilish bu me'yorlarga amal qilishni 
taqozo etadi. Har bir inson yoki millat 
madaniyatining tobora yuksala borishi 
uning bu borada ham mukammallashib 
borishiga olib keladi. Jumladan, dramadagi 
Ziyoli obrazi tiliga e'tibor bersangiz, o‘sha 
zamon ma'rifatli kishilarining so‘zlari va 
harakatlariga monandligiga guvoh bo‘lasiz. 
«Hozir yangi va boshqa bir zamondir. 
Bu zamonga ilm va hunarsiz xalqning 
boyligi, yeri va asbobi kundan-kun qo‘ldan 
ketgandek, axloqi va obro‘yi ham qo‘ldan 
chiqar, hatto dini ham zaif bo‘lur». 
Asar dialoglaridagi ayrim detallar 
muallif fikrini ifodalashda kalit vazifasini 
bajaradi. Bir lahzada hamma narsasidan 
mahrum bo‘lgan, eri o‘ldirilgan ayol shunday 
baqirib, dod soladi. «He juvonmarg 
Toshmurod! Qon qus! Koshki chechakda 
ketsayding! Voy, padarkush!» «Padarkush» 
so‘zi nafaqat bir shaxsni, ya'ni ota qotili 
sifatida ifodalangan, balki butun Turkiston 
o‘lkasini o‘ldirgan, yo‘q qilingani bilan ham 
izohlash mumkin. Butun bir millatning 
qotili esa nodonlik, g‘aflat, bilimsizlik. 
Afsuski, o‘zimizdagi bu kamchiliklar xalqni, 
millatni yo‘qqa chiqarish uchun dastak 
bo‘ldi. Ma'lum bo‘ladiki, «Padarkush»da 
aynan va ramziy ma'noda turli darajadagi 
o‘lim sabablari metafora sifatida ko‘rinadi. 
«U (Behbudiy nazarda tutilmoqda) oila 
boshlig‘i (fransuzcha Patrie – patriarx 
– birinchi qabila va urug‘ boshlig‘i)
ning o‘limini aks ettirish bilan bevosita 
madaniy qoloqlik tufayli asriy Turkiston 
inqirozga uchraganini, endi bunday yashab 

Yüklə 4,15 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   208   209   210   211   212   213   214   215   216




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin