“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
214
bolidning zarari bayonida», «Istimno'i
bolidg‘a giriftor bo‘lgan bir odam kulfati»
kabi maqolalar «Oyna» jurnalining 1914
yildagi 30 avgustidan 6 noyabriga qadar
e'lon qilingan. O‘sha zamonda
nozik
masalalardan biri hisoblangan bu kabi
mavzularni yoritar ekan, Mahmudxo‘ja
Behbudiy asar boshida ushbu maqolni
keltiradi. «Dar talab kardani haqiqat az
xudo sharm dor va sharm mador», ya'ni
«Ishning haqiqatini bilmoq uchun Ollohdan
uyal, ammo xalqdan uyalma (Shariatda
sharm yo‘q)», deb ta'kidlaydi. «Badani sog‘
emas kishi namoz, ro‘za, haj va
barcha diniy
va dunyaviy ishlarni qilolmay, oxiri xorlik ila
yo‘q bo‘lar. Din va dunyo ishi faqat sihhati
badan ila bo‘lur»,
2
deb hisoblaydi va sog‘lom
kishigina sog‘lom fikr yuritishi mumkinligini
ta'kidlaydi. Umuman olganda, Behbudiy
aksar maqolalarida ilgari surilayotgan
fikrlarni Qur'ondan olingan oyatlar va
Hadisi Sharifdan iqtiboslar keltirish bilan
isbotlaydi. «Payg‘ambar alayhissalom
aytadilarki: «Ilm ikkidur: biri
badanlarni ilmi,
digari ilmi din». Ilmi tibdan foydalanmoq
va kasallarg‘a doru qilmoq va illatlardan
hazar qilmoq va o‘zni yomon kasallardan
saqlamoq to‘g‘risinda necha-necha amri
payg‘ambar hadis kitoblarinda bordur».
Behbudiy har bir kishi o‘z salomatligini
asrashda, shuningdek diniy va dunyoviy
amallarini bajarishda mukammal bo‘lishi
kerak, deb hisoblaydi. Tabib Husayn
Ramziy qalamiga mansub «Hifzu sihhati
mutaahhilin» asaridan olingan misollar
bilan maqolalarini boyitib boradi.
HEMIS olimasi Ingeborg Baldaufning
ta'kidiga ko‘ra, o‘qish-o‘rganish faqat
maktablarda kechadigan jarayon bo‘lmay,
balki butun hayot davomidagi jarayondir.
Shu bois «millat muallimlari» kattalarni
savodli va ma'rifatli qilish ishiga alohida
e'tibor berganlar va bu jarayonni yo‘lga
qo‘yish uchun, asosan,
mahalliy matbuot
nashrlariga tayanganlar. Behbudiyning
bu boradagi minbari «Oyina» bo‘lib, unda
kattalar uchun meteriologiya, arxeologiya,
2 Behbudiy M. Tanlangan asarlar. 2 jild. –Toshkent:Akademnashr,2018.
3 Baldauf I. XX asr o‘zbek adabiyotiga chizgilar.-Toshkent: Ma'naviyat,2001.
4 Tatar jadid adabiyoti namoyandasi Abdurashid Ibrohimov 1909 yilda Samarqandga kelib, jadid maktablari faoliyati bilan qiziqadi. Yaponiyada chop etilgan maqolasida Behbudiyni «o‘zbeklar
qahramoni» deb ataydi.
5 Amerikalik jadidshunos olim Edvard Olvord «Birinchi o‘zbek dramasi» maqolasida ushbu faktni ilgari suradi. Edvard Olvord «Narodniy dom» rus teatri deb, Samarqand shahridagi hozirgi
Mahmud Qoshg‘ariy ko‘chasida joylashgan «Bolalar kutubxonasi» binosini nazarda tutgan. Kutubxona, qiroatxona, keyinchalik muzey va teatr qurilishi mo‘ljallangan bu majmuaviy bino
loyihasini general-gubernator S.M. Duxovskiy 1910 yil 22 iyulda tasdiqlagan. 1911 yilda kutubxona va qiroatxona faoliyatini boshlagan va parallel ravishda qurilish ishlari davom etgan.
Aynan ana shu bino xalq orasida «Narodniy dom» nomi bilan tanilgan. Yana bir ma'lumot. «Zarafshon» gazetasining 1923 yil 25 martdagi №32 sonida Abdulhamid Azamatning «Behbudiy
geografiya, gigienadan tortib, to tarix, bank
ishidan ta'lim berar edi.
Olimaning fikricha,
bu maqolalar ma'lum sohadagi xabarlardan
iborat bo‘lib, ilmiy asoslanmagan. Xuddi
shu asosdagi tartibsiz, lekin foydali
maqolalar o‘sha zamonda Abuqayum
Nosiriyning «Birinchi muallim», Mahmud
Tarziyning «Siroj ul-axbor», Adham
Midhatning «Dag‘arjik», shuningdek, «Qirq
anbar» jurnallarida berib borilgan. «Bu
jurnallarning jurnalistika talablariga javob
bera olish yoki bera olmasliklaridan qat'iy
nazar, agar bu nashrlar o‘z o‘quvchisining
qo‘liga borib tekkan bo‘lsa, ularga zarur
bo‘lgan ma'lumot va ta'limni bera olgan,
deb aytishimiz mumkin»
3
, deb hisoblaydi
Ingeborg Baldauf.
Mahmudxo‘ja
Behbudiyning
harakatlari, ya'ni eng nozik masalalardan
tortib, fan-texnika taraqqiyotigacha
bo‘lgan mavzularni o‘zida qamragan
«Oyina» jurnalining bir
yarim yildan
so‘ng yopilishini inobatga olsak, zoye
ketganligini tushunish mumkin. Adibning
o‘zi bu haqda «mushtariysiz bir matoh»,
deb jurnalni yopadi. Lekin, yuqorida sanab
o‘tilgan maqolalar savodsizlikni tugatish
maktablarida kattalar uchun qo‘llanma
sifatida foydalaniladi. Bu maqolalar
hozir
ham ahamiyatini yo‘qotgan emas.
«O‘zbeklar qahramoni»
4
sifatida
Mahmudxo‘ja Behbudiy o‘zbek
dramaturgiyasi poydevoriga asos soldi.
Uning «Padarkush» dramasi qadim
Turkistonda yaratilgan ilk drama va
sahnaga qo‘yilgan asardir. To‘g‘ri, bundan
oldin masxarabozlik, askiyabozlik, ayiq
o‘yini, dorbozlik, polvonlar kurashi, tosh
ko‘tarish kabi asosan o‘yin-kulgu va
musobaqalarga yo‘g‘rilgan tomoshalar
bo‘lgan. Lekin haqiqiy teatr qonun-qoidalari
va tartiblariga rioya etilgan birinchi sahna
asari «Padarkush» dramasi edi.
«Padarkush» dramasi 1913-yilda
nashr qilinib, bir yil davomida
Samarqanddagi «Narodniy dom» rus
teatrida namoyish etildi
5
.
Vaholanki, asar
Dostları ilə paylaş: