“TAFAKKUR ZIYOSI”
ilmiy-uslubiy jurnali 2021/4-son
40
Muloqot insonlar hayotidan ajralishi mumkin
emas
1
. Umumiy muloqot so‘zlovchi va tinglovchi
tomonidan tushunilishi mumkin bo‘lgan verbal va
noverbal muloqotdan tashkil topadi. Agar so‘zlovchi
va tinglovchi og‘zaki nutqda yetkazilayotgan fikr
mazmunini to‘liq anglamasa, muloqot jarayonida
noverbal vositalardan foydalaniladi. Noverbal
muloqot -so‘zlardan foydalanilmagan holda
axborotni yetkazishdir
2
.
Muloqot o‘qitish va o‘rganish jarayonida
o‘qituvchi va talaba o‘rtasida sodir bo‘ladi, xususan,
o‘qituvchi mavzuni so‘zlab beradi va shu bilan birga
turli imo-ishoralarni qo‘llaydi. Bu o‘qituvchi nima
demoqchi ekanligini talabalar tushunishi uchun
yordam beradi, ya’ni mavzuni tushuntirishda imo-
ishoralardan foydalanish, talabalarning o‘qituvchi
yetkazmoqchi bo‘lgan axborotni oson
tushunishga
yordam beradi. Imo-ishoralar noverbal muloqotga
tegishlidir
3
. O‘qituvchining noverbal muloqoti
tizimida imo-ishoralar tizimi alohida ahamiyatga
ega. O‘qituvchining imo-ishoralari talabalarga
bo‘lgan munosabatining ko‘rsatkichlaridan biridir.
O‘qituvchi ishining mazmuni talabaning aqliy
rivojlanishini rag‘batlantirishdan iborat bo‘lib,
asosiy "vosita" uning talaba bilan aqliy hamkorligi,
pedagogik muloqotidir.
O‘qituvchi
А.Leontevning
so‘zlariga
ko‘ra, muloqot o‘quvchining insoniyatning tarixiy
taraqqiyoti yutuqlarini o‘zlashtirishi uchun
zarur va maxsus shartdir
4
. O‘qituvchi nutqi
o‘quvchilarni madaniy meros bilan tanishtirishning,
ularni fikrlash yo‘llarini ham, mazmunini ham
o‘rgatishning asosiy vositasidir.
Shu bilan birga
o‘qituvchi yuksak til madaniyatiga, so‘z boyligiga
va nutqning intonatsion ifodaliligiga hamda aniq
diktsiyaga ega bo‘lishi kerak. Yuqoridagi taʼrifdan
ko‘rinib turibdiki, unda asosiy eʼtibor nutqqa, yaʼni
muloqotning og‘zaki komponentiga qaratiladi.
L.M.Mitnaning so‘zlariga ko‘ra, "talaba
va o‘qituvchining o‘zaro munosabatlari, birinchi
navbatda, ular o‘rtasidagi bilim va taʼsirchanlikni
baholash maʼlumotlarini almashtirishdan iborat. Bu
axborotni uzatish esa og‘zaki va og‘zaki bo‘lmagan
muloqotning turli vositalari orqali amalga
oshiriladi"
5
. Shuningdek, Millerning taʼkidlashicha,
“talabalar ikki asosga ko‘ra
noverbal vositalardan
xabardor bo‘lishi kerak: talabalar yetkazayotgan
axborotni yaxshi tushunishi va talabalarga
1 Panjaitan, T.N, et.al. 2017. Interaction Of Verbal Communication Of The Teacher From The Philippines In The Teaching Activity For Nursery II Students At The Singapore International
Dostları ilə paylaş: