Takomillashtirish masalalari


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,63 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/6
tarix17.04.2023
ölçüsü0,63 Mb.
#99347
1   2   3   4   5   6
oliy-ta-lim-muassasalarida-ta-lim-sifati-monitoringini-takomillashtirish-masalalari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 5 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
255 
w
www.oriens.uz
June 
2021
 
 
muammolarni aniqlash; 
- o‘zlashtirish bilan bog‘liq omillarni aniqlash; 
- o‘zlashtirish dinamikasini yuritish. 
Mamlakatlar darajasida qaraganda ham ishlab chiqilayotgan tizimlar turli-tuman 
bo‘lib, metodikasi, usullari va boshqa xususiyatlari bilan bir- biridan keskin farq 
qiladi. AQSh ta’limiy jarayonlar sifatini baholash milliy tizimi (NAEP – National 
Assessment of Educational Progress)ning maqsadi bolalar va o‘smirlarning o‘qish, 
hisoblash va kommunikatsiya bo‘yicha malakalarini baholashdan iborat. Ushbu 
baholash dasturlari: 
- o‘quv dasturlari bajarilishini ta’minlash; 
- o‘zlashtirish darajasini oshirish uchun teskari aloqani ta’minlash; 
- ota-onalarni ma’lumot bilan ta’minlash; 
o‘quv 
muassasasidagi 
o‘zlashtirish 
darajalari 
haqida 
umumlashgan 
ma’lumotlarni olish va milliy statistikani shakllantirish uchun o‘tkaziladi. 
Fransiya milliy baholash tizimining maqsadi quydagilardan iborat: 
- o‘quvchilar tomonidan fanlarni o‘zlashtirish jarayonlarini baholash; 
- o‘qituvchilarga chora-tadbirlarni tanlashda ko‘maklashish; 
- o‘qituvchilarga pedagogik faoliyatni rejalashtirishda ko‘maklashish; 
Buyuk Britaniyada oliy ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash davlat va 
jamoatchilik organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Bugungi kunda ko‘pgina davlatlar tomonidan qiziqish bildirilayotgan ta’lim 
sifatini baholashning Buyuk Britaniya tizimi har bir ta’lim muassasasi tomonidan 
sifatli ta’limni ta’minlashning samarali ichki monitoringini tashkil etilishi va amalga 
oshirilishi, shuningdek, ta’lim muassasasining o‘zida uning kafolatli mexanizmi 
amaliyotga kiritilishi bilan tavsiflanadi. Bunda sifat kafolatining ichki mexanizmi 
samaradorligini baholash jarayonlarini tashkil etishdagi javobgarlik oliy ta’lim sifatini 
ta’minlash Agentligi – Quality Assurance Agency (QAA) zimmasiga yuklatilgan. 
Quality Assurance Agency (1997) – nodavlat tashkilot hisoblanib, uning asosiy 
vazifasi sifat ekspertizasini tashkil etish va o‘tkazishdan iborat bo‘lib, tashqi 
ekspertiza xulosalariga asoslanib davlat tashkiloti baholash natijalari bo‘yicha tegishli 
qarorlar qabul qiladi. 
Agentlik tomonidan ta’lim sifatini nazorat qilishda oliy ta’limning akademik 
standartlarini qo‘llab-quvvatlash, oliy ta’lim muassasalari tomonidan yuqori 
akademik sifatni ta’minlash, oliy ta’lim tizimini uzluksiz va tizimli takomillashtirib 
borish, oliy ta’limning hamma uchun maqbul va maqsadlarga muvofiqligini 
ta’minlash asosiy vazifalar sifatida belgilanadi. Shuningdek, ta’lim sifatini nazorat 



Yüklə 0,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin