Oligopolist-ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda sement (asosan Bekobod, Quvasoy Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), koo‘mir (Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Shargo‘un) va Boysun (To‘da) tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin.
Raqobat rivojlanib borayotgan hozirgi zamonaviy bozor iqtisodiyotida inson resurslaridan samarali foydalanish ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Bu borada tashkilot (idora, muassasa va korxona) va xizmatchilar faoliyati samaradorligini baholashga alohida e’tibor qaratish lozim.
Bu borada xalqaro tajribada davlat xizmatining samaradorlik ko‘rsatkichlari KPI - Key Performance Indicator – Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari orqali baholanib kelinadi.
Bunda samaradorlik tashkilot tomonidan qo‘lga kiritilgan natijaning ma’lum bir vaqt mobaynida maqsadga erishish uchun sarflangan xarajatiga nisbatan aniqlanadi.
KPI– bu tashkilot (idora, muassasa va korxona)lar va xizmatchilar faoliyatini belgilangan talab darajasida olib borilishini yoki belgilangan maqsadga erishishni nazorat qiluvchi, baholovchi samaradorlik yoki natijadorlik ko‘rsatkichi deb ham yuritiladi.
Qisqacha aytganda, KPI - belgilangan maqsad bo‘yicha “o‘lchov moslamasi”. Binobarin, maqsad bilan bog‘liq bo‘lmagan ko‘rsatkichlar orqali KPIni aniqlash mumkin emas.
Ingliz tilida mazkur tushunchalar “samaradorlik ko‘rsatkichlari” (“performance indicators”), “eng muhim natijadorlik ko‘rsatkichlari” (“key results indicators - KRI”) va “muvaffaqiyatlarning muhim faktorlari” (“critical success factors”) kabi terminlar orqali ifodalanadi.
“Samaradorlik ko‘rsatkichlari” (“Performance indicators”) – samaradorlikni oshirishda kundalik ishlarda nimalar qilish kerakligini ifodalaydi;
“Eng muhim natijadorlik ko‘rsatkichlari” (“Key results indicators - KRI”) – samaradorlikni oshirishda kelajakdanimalar qilish kerakligini ifodalaydi;
“Eng muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari”(“Key performance indicators – KPI”) – samaradorlikni keskinoshirishda nimalar qilish kerakligini ifodalaydi.
KPI haqidagi ilk tushunchalar XX asrning 50-yillarida Piter Drukerning “Maqsadga sari boshqarish” g‘oyasi orqali shakllana boshlagan.
Uning fikricha, natijadorlikka erishish uchun samaradorlik ko‘rsatkichlari bilan alohida shug‘ullanish kerak. Va rahbarlarni kundalik ishlar bilan band qilmasdan, belgilangan ustuvor vazifalar hamda asosiy maqsad sari faoliyat olib borishi uchun samara beradigan ko‘rsatkichlar bilan shug‘ullanish kerakligini ta’kidlagan.
KPIga qarab rahbar va xodimlarni moddiy rag‘batlantirish orqali ish samaradorligini yanada oshirish tizimi Yevropada dastlab 1970 yillarda ro‘y bergan iqtisodiy inqiroz davrida vujudga kelgan. Sababi, Fransiya, Germaniya, Portugaliya kabi Yevropa davlatlarida davlat xizmatchilarining ish haqlari xususiy sektordagilarga nisbatan ancha past bo‘lgan. Ish haqini oshirish uchun esa soliqlarni yanada oshirish talab qilingan.
Sir emas, iqtisodiy inqiroz davrida soliqlarni oshirish emas, aksincha xususiy sektorga imtiyozlar berish orqali iqtisodiyotni ko‘tarish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shunday murakkab vaziyatda, malakali kadrlarni davlat tizimida saqlab qolish va davlat boshqaruvi tizimida ish samaradorlikni yanada oshirish uchun yangicha boshqaruv tizimiga o‘tish davr talabiga aylangan.
Dastlabki vaqtlarda, ya’ni 1980 yillarda G‘arbiy Yevropa davlatlarining aksariyati davlat xizmatchilarining erishgan yuqori natijadorligi uchun ularni moddiy rag‘batlantirishdan ko‘ra, yuqori lavozimlarga tayinlash usullaridan ko‘proq foydalangan. Moddiy rag‘batlantirish faqat yuqori bo‘g‘in rahbarlariga nisbatan qo‘llanilgan.
Nihoyat, 1990 yillarga kelib Buyuk Britaniya, Niderlandiya, Kanada va AQSh kabi davlatlarda yuqori va o‘rta bo‘g‘in davlat xizmatchilarini ham moddiy rag‘batlantirish boshlangan. 2004 yildan esa Yevropa Ittifoqining barcha davlatlari mazkur tizimga o‘tgan.
Har bir tashkilot (idora, korxona va muassasa)larda ham KPI tizimini amaliyotga tadbiq etish uchun quyidagi algoritmga amal qilish kerak bo‘ladi:
Ushbu tizim faqatgina ma’lum bir vaqt mobaynida, ya’ni davr ichida yuqori samara berishini hisobga olish kerak. Shu sababli, tizimni doimiy monitoring qilib, kerak bo‘lsa eng muhim ko‘rsatkichlarni yangilab borish talab etiladi.
Shuningdek, KPI yuqori samara berishi qo‘lga kiritilgan natija bilan ketgan resursga ham alohida e’tibor qaratish lozim.
Faqat natijani orqasidan quvib, sarflanayotgan resurslarga e’tibor qaratilmasa, natijani beradigan resurslarsiz qolib ketish mumkin. Aksincha, faqat resurslarni tejash bilan ham yuqori natijani qo‘lga kiritish mumkin emas.
Ya’ni, yuqori samaradorlik kutilgan natija va minimal sarflangan resurslarning o‘zaro bog‘liqligi natijasida yuzaga keladi. Shu sababli natijadorlikni ham, samaradorlikni ham hisobga olish kerak, ular o‘rtasida doimo balansni ushlab turish kerak.