Ishlab chiqarish xarajatlari
Maxsulot (ishlar, xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxi maxsulotni ishlab chiqarish yoki qayta ishlash (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish) jarayonida foydalaniladigan tabiiy resurslar, xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i. asosiy fondlar, mexnat resurslarining, shuningdek ishlab chiqarish bilan bog‘liq boshqa xarajatlarning qiymat baxosini ifodalaydi.
Maxsulot (ishlar xizmatlar)ning ishlab chiqarish tannarxiga bevosita maxsulot (ishlar, xizmatlar) ishlab chiqarish bilan bog‘liq, ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil etishi shartlagan xarajatlar kiritiladi. Ular quyidagilar;
- materiallarga bevosita xarajatlar
- mexnatga bevosita xarajatlar
- bilvosita xarajatlar, shu jumladan ishlab chiqarish axamiyatidagi qo‘shimcha xarajatlar.
Maxsulot (ish va xizmatlar) ning ishlab chiqarish tannarxini xosil qiluvchi xarajatlar ularning iqtisodiy mazmuniga ko‘ra quyidagi elementlar bilan guruxlarga ajratiladi.
- ishlab chiqarishga moddiy xarajatlar
- ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan mexnatga xaq to‘lash xarajatlari
-ishlab chiqarishga tegishli bo‘lgan ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalar
- asosiy fondlar va ishlab chiqarish axamiyatiga ega bo‘lgan nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi.
- ishlab chiqarish axamiyatiga ega bo‘lgan boshqa xarajatlar.
Ishlab chiqarish bilan bog‘liq moddiy xarajatlarga quyidagilar tegishli bo‘ladi.
- ishlab chiqariladigan maxsulotning asosni tashkil yetib, uning tarkibiga kiradigan yoki maxsulot tayyorlashda zarur tarkibiy qism xisoblangan chetdan sotib olinadigan. Xom ashyo va materiallar.
- normal texnologiya jarayonini ta’minlash va maxsulotlarni o‘rash uchun maxsulot yoki boshqa ishlab chiqarish extiyojlariga sarflanadigan (asbob uskunalar, bino, va boshqa asosiy vositalar sinovini o‘tkazish, nazorat qilish saqlash tuzatish va foydalanish) uchun ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan xarid qilinidigan materiallar shuningdek asbob uskunalarni tuzatish uchun extiyot qismlar, inventarlarning, xo‘jarik buyumlarini va asosiy vositalarga kirmaydigan boshqa boshqa mexnat vositalarining qiymati.
- sotib olinadigan, kelgusida ushbu korxonada montaj qilinadigan yoki qo‘shimcha ishlov beriladigan butlovchi buyumlar va yarim tayyor maxsulotlar.
- tashqi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek korxonaning ichki tarkibiy bo‘linmalari tomonidan bajariladigan faoliyatning asosiy turiga tegishli bo‘lmagan ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan ishlar va xizmatlar.
Ishlab chiqarish xarakteriga ega bo‘lgan ishlar va xizmatlarga maxsulot tayyorlash bo‘yicha ayrim operatsiyalarni bajarish, xom ashyo va materiallarga ishlov berish, istemol qilinayotgan xom ashyo va materiallar sifatini aniqlash uchun sinovlar o‘tkazish. Belgilangan texnologik jarayonlarga rioya yetilishi ustidan nazorat qilish, asosiy ishlab chiqarish fondlarini tuzatish va boshqalar tegishli bo‘ladi.
Korxona ichida tashqi yuridik shaxslarning transport xizmatlari xam ishlab chiqarish xususiyatiga yega bo‘lgan xizmatlarga tegishli bo‘ladi.
Ishlab chiqarish xususiyatidagi mexnatga xaq to‘lash xarajatlariga quyidagilar kiradi.
- xo‘jalik yurituvchi subektda qabul qilingan mexnatga xaq to‘lash shakllari va tizimlariga muvofiq bajarilgan narxnomalar, tarif stavkalari va lavozim maoshlaridan kelib chiqib xisoblangan amalda bajarilgan ish uchun ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan xisoblangan ish xaqi, shu jumladan, xo‘jlik yurituvchi sub’ektni mukofotlash to‘g‘risidagi nizomlarda nazarda tutilgan rag‘batlantaruvchi tusdagi to‘lovlar.
- kasbi va maxorati, murabbiyligi uchun tarif stavkalariga xamda okladlarga ustamalar.
- ish rejimi va mexnat sharoitlari bilan bog‘liq bo‘lgan kompensatsiya to‘lovlari.
- ishlamagan vaqt uchun xaq to‘lash.
Ishlab chiqarish maqsadidagi asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi bo‘yicha xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi.
- asosiy ishlab chiqarish fondlarining dastlabki qiymatidan kelib chiqib xisoblangan amortizatsiya ajratmalari summasi, lizing bo‘yicha va belgilangan tartibda tasdiqlangan normalar, qonun xujjatlariga muvofiq amalga oshiriladigan jadallashtirilgan amortizatsiya xam shu jumlaga kiradi.
Ishlab chiqarish axamiyatidagi boshqa xarajatlar
Zarurat tug‘ilganda korxonalar O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ruxsati bilan kapital ta’mirlash ishlarini o‘tkazish uchun mablag‘lar zaxirasini barpo etishlari mumkin. Ushbu zaxiraga ajratmalar «ishlab chiqarish tusidagi boshqa xarajatlar» elementi tarkibida aks ettiriladi.
Idoradan tashqari qo‘riqlash xarajatlari bunday qo‘riqlash mavjud bo‘lishini talab qiluvchi mazkur ishlab chiqarishga maxsus talablar mavjud bo‘lgan taqdirda maxsulot tannarxiga kiritiladi. Aks xolda ular davr xarajatlariga kiritiladi.
Qonun xujjatlariga muvofiq ishlab chiqarishda band bo‘lgan xodimlarni tabiiy ko‘rikdan o‘tkazganlik uchun tabiiy muassasalarga xaq to‘lash.
- ishlab chiqarish jarayoniga taalluqli ishlab chiqarish xodimlarining xizmat safarlari xarajatlari.
- ishlab chiqarish xodimlari va ishlab chiqarish aktivlarini majburiy sug‘urtalash xarajatlari
- yaroqsizlikdan ko‘rilgan yo‘qotishlar
- kafolat bilan bog‘liq xarajatlar
- ishlab chiqarishni ichki sabablariga ko‘ra ishsiz turishlar tufayli yo‘qotishlar
- maxsulotni majburiy sertifikatlash xarajatlari. Kapitallashtiriladigan kirmaydi.
- va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasi soliq tizimida to‘g‘ri soliqlardan tashqari egri soliqlar ham amal qilib, ushbu soliq turlari bo‘yicha ham tabaqalashtirilgan soliq stavkalari qo‘llaniladi.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i eng asosiy soliq turlaridan biri bo‘lib, bu asosan oborotdan olinadigan va sotuvdan olinadigan soliqlarning o‘rniga kiritilgan.
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha dastlabki yilda 32 foizli stavka qo‘llanilgan bo‘lsa, bugungi kunda umumiy tartibda 20 foizlik va nollik stavka bo‘yicha soliq undirilmoqda.
Egri soliqlarning yana bir turi bo‘lgan aksiz solig‘i bo‘yicha ham tabaqalashtirilgan soliq stavkalari qo‘llanilgan bo‘lib, bu soliq turida soliq stavkalarini tabaqalashtirishda boshqa soliqlardan farqli ravishda soliq stavkalari soliq to‘lovchilarning ishlab chiqarish faoliyati sohalar yoki soliq to‘lovchilarning joylanishiga qarab emas, balki aksiz solig‘iga tortiladigan tovarlar ro‘yxati bo‘yicha tabaqalashtirilgan.
Dostları ilə paylaş: |