Talab va taklif. Talabning egiluvchanligi Mikroiqtisodiyot Makroiqtisodiyot


KPI tizimi bo‘yicha yuqori samaradorlikka erishish uchun quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi



Yüklə 100,91 Kb.
səhifə9/15
tarix17.09.2023
ölçüsü100,91 Kb.
#144533
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
5-mavzu Biznes yuritishda iqtisodiy omillar (2)

KPI tizimi bo‘yicha yuqori samaradorlikka erishish uchun quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi:

  1. KPI ko‘rsatkichlari sonini aniq belgilash. Kaplan va Nortonlarning fikricha 20 tadan, Xoup va Freyzerlarlarning fikricha 10 tadan oshmasligi kerak deyilgan.

Boshqalar esa “10/80/10” qoidasi, ya’ni, 10 ta muhim natijadorlik ko‘rsatkichlari, 80 ta ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari va 10 ta muhim samaradorlik ko‘rsatkichlari bo‘lishi kerak deb tavsiya etgan.
Davlat boshqaruv organlarining yuqori bo‘g‘in rahbarlarga 25 ta, o‘rta bo‘g‘in rahbarlariga 10 ta va qolgan xodimlarga 5 ta ko‘rsatkichlarni tanlash maqsadga muvofiq hisoblanadi.

  1. KPI ko‘rsatkichlarini to‘g‘ri tanlash. Tashkilotning asosiy maqsadidan, qonunchilikda belgilangan funksional vazifasidan kelib chiqib ko‘rsatkichlarni to‘g‘ri tanlash kerak.

  2. Xodimlarga sharoit yaratish. Rahbarlarga boshqarish va nazoratni to‘liq amalga oshirish uchun yetarlicha sharoit, vakolat va imkoniyatlar yaratib berish kerak. Shuningdek, moddiy texnika bazasini ham takomillashtirib berish kerak.

  3. Umumiylik. Tashkilotning bosh maqsad ko‘rsatkichlari bilan uning tarkibiy bo‘limlari o‘rtasidagi ko‘rsatkichlar doimo korrelitsiya qilinib borilishi kerak.

  4. Shaffof tizim. Xodimlarda ish samaradorlikni yanada oshirish uchun KPI bo‘yicha maxsus o‘quv-seminarlar o‘tkazish kerak.

  5. Rag‘batlantirish. KPI bo‘yicha erishilgan natijalarga qarab rag‘batlantirish mexanizmini ishlab chiqish va xodimlar bundan to‘liq xabardor etilishi kerak (motivatsiya uchun).

  6. Doimiy monitoring o‘tkazish. O‘z vaqtida ko‘rsatkichlarga ta’sir etuvchi tashqi omillarni aniqlash va ularni bartaraf etish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, vaziyatga qarab ko‘rsatkichlarni o‘zgartirib turish ham mumkin.


7.Inqiroz,turg‘unlik, inflyatsiya va ishsizlikning biznesga ta’siri

Yüklə 100,91 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin