Talaba F. I. Sh sayfullayev Sunnatillo Guruh mmt-81k



Yüklə 48,06 Kb.
səhifə2/4
tarix05.12.2023
ölçüsü48,06 Kb.
#174120
1   2   3   4
@ Sayfu11ayev

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Ichki
Real investitsiyaning o’ziga xosligi bu ...?

Real investitsiyalar milliy iqtisodiyot uchun muhim ahamiyatga ega bo’lib, ular ichki jamg’armalar darajasidan ko’proq miqdorda kapital jamg’arish, to’lov balansini qo’llab-quvvatlash va import qilish imkoniyatini kengaytirish orqali iqtisodiy taraqqiyotga ijobiy ta’sir ko’rsatishi mumkin. To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar alohida korxonalarning faoliyati, ishlab chiqarish va kapital samaradorligini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish va menejment tizimini takomillashtirishda muhim o’rin tutadi. Ushbu jarayonlar mahsulot va xizmatlar etkazib beruvchilar, buyurtmachilar, raqobatchilarga bilvosita ta’sir ko’rsatish orqali ichki bozorni rivojlantirish, ishchilarning malakasi va amaliy tajribasini oshirishda yordam beradi


Real investitsiyalar qo’yidagi elementlardan iborat:
    • asosiy fondlar (asosiy kapital)ga investitsiyalar;


    • yer uchastkalarini sotib olishga xarajatlar;


    • nomoddiy aktivlar (patentlar, litsenziyalar, ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari)ga investitsiyalar;


    • moddiy aylanma mablag’lari zaxiralarini to’ldirish xarajatlari.


To’g’ridan-to’g’ri investitsiyalashda investorlarning bevosita o’zlari investitsiya qo’yilmalarini u yoki bu investitsiya ob’ektlariga kiritadilar. Bu faoliyatni investitsiyalanayotgan ob’ekt haqida chuqur ma’lumotga ega bo’lgan va investitsiyalash mexanizmlarini bilgan ixtisoslashgan investorlar amalga oshiradilar.



  1. Ichki investitsiyalar deganda nima tushuniladi?

Hukumat mamlakatdagi investitsiya shart-sharoitlarini takomillashtirib, makroiqtisodiy holatni yaxshilaydi, iqtisodiy barqarorlikka erishishga harakat qiladi va iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi. Bu esa, nafaqat, xorijiy investorlar uchun investitsiya muhitining jozibadorligini ta’minlaydi, balki ichki investitsiya jarayonlarini faollashtiradi. Bugungi kunda O’zbekistonda qulay investitsiya muhitini muntazam ravishda yaxshilab borishni ta’minlash ustuvor vazifadir. Bunda davlatning asosiy vazifasi kapital jalb qilish uchun qulay investitsiya muhitini yaratish bilan izohlanadi. Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi ko’p miqdorda xorijiy investitsiyalarni jalb qilish imkoniyatiga ega: kafolat va imtiyozlarni o’zida aks ettiruvchi qonun hujjatlari; iqtisodiyotda xususiy sektor va kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning ulushi ortib borayotganligi, xususiy mulkning davlat tomonidan himoyalanishi va raqobat muhitining mavjudligi; zarur investitsiya infratuzilmasining yaratilganligi va rivojlanayotganligi; siyosiy barqarorligi; geografik joylashuvining o’rta darajadaligi; boy tabiiy mineral xom ashyoga egaligi; qishloq xo’jaligi sohasining rivojlanganligi; arzon va malakali mehnat resurslarining mavjudligi va boshqalar.
O’zbekistonda investitsiya iqlimining muhim omillaridan biri xorijiy investorlar uchun moliyaviy-iqtisodiy rag’batlar va imtiyozlar tizimining holati va amal qilishi hisoblanadi. Bunda mazkur rag’bat va imtiyozlar ishlab chiqarish sohasida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni ko’paytirishga va asosan, eksport salohiyatini oshirishga qo’llanilishi maqsadga muvofiqdir.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, respublikada muayyan darajada xorij kapitalini qabul qilish tizimi shakllangan. Bunda xorij kapitaliga nisbatan davlat siyosatini ifoda etadigan huquqiy me’yorlar, qoidalar va muassasalar majmui nazarda tutiladi. Xorij kapitalini qabul qilish tizimi investitsiya muhitining tarkibiy qismiga kiradi va ayni paytda mustaqil hisoblanadi, chunki bu tizimni o’zgartirish xususiyatiga ega. Bu tizimning elementlari quyidagilardan iborat; xorij kapitali uchun soliq va bojxona imtiyozlarini berish; foydani boshqa iqtisodiyotga o’tkazishning qulay rejimi; milliylashtirishdan kafolatlar; ro’yxatdan o’tkazishning oddiy tartib qoidalari; kontsessiyalar berish; erkin iqtisodiy zonalar barpo etish; aktsiyadorlik kapitalida hissani cheklash; majburiy eksport kvotasini joriy qilish; narxlarni nazorat qilish; tashqi savdo operatsiyalarini litsenziyalash va boshqalar.

  1. Investitsiya faoliyati, uning obyekti va subyektlarini tavsiflang?




  1. “Investitsiya” va “jamg’armalar” tushunchalari o’rtasidagi o’zaro bog’liqlik nimada?




  1. Yüklə 48,06 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin