Talabalar turar joyidan xona (joy) va jihozlar berish boʻyicha shartnoma № ttj3642307344


Toʻlovlar oʻquv yilining boshida  “Ta’lim muassasasi”



Yüklə 187,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix27.09.2023
ölçüsü187,05 Kb.
#149473
1   2   3   4   5
6a6f8afd-65b5-4596-a0e6-14b0044787d8 (1)

2.2.
Toʻlovlar oʻquv yilining boshida 
“Ta’lim muassasasi”
hisob raqamiga toʻlanadi.
2.3
Talaba shartnoma shakllangandan so‘ng har oyning 10(o‘ninchi)-sanasiga qadar oylik to‘lovini amalga oshirmagan 
taqdirda, shartnoma bekor qilinadi.
2.4.
Keyingi oylar uchun to‘lovlar muddati shartnomada ko‘rsatiladi.
3.TOMONLARNING MAJBURIYATLARI
3.1. “Ta’lim muassasasi”ning majburiyatlari:
- talabaga TTJdan joy ajratishni rektor (direktor) nomiga yozilgan arizaga muvofiq amalga oshirish va shartnoma 
rasmiylashtirish;
Shartnoma raqami: TTJ3642307344


- talabaga TTJning xona va jihozlarini mazkur shartnomaning 4-bandida koʻrsatilgan muddatda berish;
- TTJda sanitariya va gigiyena qoidalariga rioya etilishini taʼminlash;
- TTJni tegishli choyshab, yostiq jildlari va boshqa zarur anjomlar bilan taʼminlash;
- TTJda oʻtkaziladigan tadbirlar, madaniy-ommaviy ishlar hamda sport musobaqalarini oʻtkazishni taʼminlash;
- zaruriyat boʻlganda TTJni kapital va joriy taʼmirlash ishlarini amalga oshirish;
- TTJda yashash sharoitlarini tegishli meʼyorlar asosida jihozlar bilan taʼminlash;
- TTJda yuzaga kelgan maishiy xizmat tizimidagi kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etish va qayta 
takrorlanmasligining oldini olishdan iborat.
3.2. Talabalar majburiyatlari:
- ichki tartib-qoidalarga qatʼiy amal qilish;
- maʼmuriyat bilan tuzilgan shartnoma qoidalariga rioya qilish;
- gaz va elektr asboblaridan unumli foydalanish va texnika xavfsizligi qoidalariga qatʼiy rioya qilish;
- yashab turgan xona va umumiy foydalanish joylarini har doim saranjom tutish;
- xonadoshlar hamda talabalar turar joyida yashayotgan talabalar bilan samimiy va ahil munosabatda boʻlish;
- TTJdagi va xonadagi mavjud hamma jihozlarni (krovat, tumbochka, stol, stul va h.k.) namunali darajada ozoda tutish;
- TTJ va xonadagi mebellarni, deraza va unga qoʻyilgan oynalarni sindirmaslik, eshik qulflarini talabalar turar joyi bino 
mas’ulining ruxsatisiz almashtirmaslik;
- umumiy foydalanish joylariga oʻrnatilgan yoritgichlar, elektr va gaz plitalarini ehtiyot qilish, yuvinish xonasi, 
oshxona, sport xonasi, kompyuter xonasi, kutubxona hamda maʼnaviyat va maʼrifat xonalari jihozlaridan toʻgʻri 
foydalanish;
- qoʻlbola elektr isitgich asboblari hamda elektrochoynaklardan foydalanmaslik;
- umumiy foydalanish joylarini foydalanib boʻlingandan keyin (hojatxona, yuvinish xonalari, ovqat pishirish xonasi va 
boshqalar) tozalash, maishiy chiqindilarni maxsus belgilangan joylarga tashlash;
- internet tarmogʻidan foydalanish odobiga rioya qilish;
- talabalar turar joyi va universitet hududida olib borilayotgan obodonlashtirish ishlarida muntazam ishtirok etish;
- “Talabalar turar joyi Kengashi” aʼzolari (Kengash raisi va qavat sardorlari)ning universitet va Talabalar turar joyiga 
bogʻliq boʻlgan topshiriqlarini soʻzsiz bajarish;
- Talabalar turar joyida oʻtkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etish;
- Talabalar turar joyiga kech soat 22:00 dan kechikmaslik;
- TTJdan uzoq muddatga ketishdan oldin (yozgi va qishki taʼtilga, dam olishga, amaliyotga) xonadagi jihozlar va xona 
kalitini talabalar turar joyi bino mas’uliga topshirish;
- shartnoma muddati tugallagandan soʻng yoki universitetdan chetlashtirish toʻgʻrisida buyruq chiqarilgan taqdirda 
xona va undagi jihozlarni uch kun muddat ichida TTJ bino mas’uliga topshirish.

Yüklə 187,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin