Talabalar turar joyidan xona (joy) va jihozlar berish boʻyicha shartnoma № ttj3642307344



Yüklə 187,05 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/5
tarix27.09.2023
ölçüsü187,05 Kb.
#149473
1   2   3   4   5
6a6f8afd-65b5-4596-a0e6-14b0044787d8 (1)

3.3. TTJ yashovchilarning huquqlari:
- oʻziga ajratilgan xonada oʻrnatilgan ichki tartib-qoidalarga rioya qilgan holda yashash;
- TTJ binolaridagi madaniy-maishiy jihozlardan foydalanish;
- foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan jihoz, mebel va boshqa mulklarni taʼmirlash, yangilash hamda maishiy 
xizmatlardan foydalanishda yuzaga kelgan kamchiliklarni bartaraf etishni soʻrab rahbariyatga murojaat qilish;


- TTJ oʻtkaziladigan ommaviy madaniy, sport va tarbiyaviy tadbirlarda ishtirok etish;
- yaratilgan shart-sharoitlar boʻyicha taʼlim “Ta’lim muassasasi” maʼmuriyatiga takliflar bilan chiqish;
- Talabalar kengashining aʼzolarini saylash va unga saylanish;
- Talabalar kengashi orqali TTJning maishiy taʼminotini takomillashtirish, tarbiyaviy ishlar va madaniy hordiqni tashkil 
etish, yashash xonalarini jihozlash boʻyicha masalalarni hal etishda ishtirok etish.
3.4. TTJda yashovchilarga quyidagilar man etiladi:
- TTJ bino mas’ulining ruxsatisiz bir xonadan ikkinchi xonaga koʻchib oʻtish;
- yashash xonasida kir yuvish;
- xonadagi anjomlarni boshqa xonaga ruxsatsiz koʻchirish;
- xonadagi elektr tarmoqlarini oʻz xohishicha oʻzgartirish va qoʻshimcha yoritgich oʻrnatish;
- devorlarga turli rasmlar chizish, har xil qogʻozlar yopishtirish;
- ovoz chiqaruvchi qurilmalar ovozini xona tashqarisidan eshitilishi, yuqori ovozda gaplashish, ashula aytish va musiqa 
asboblarini chalish;
- elektr isitgichlar hamda elektrochoynaklardan va kerosindan foydalanib ishlaydigan asboblarni ishlatish;
- kechki smenlarda ish faoliyatini olib borish;
- begona odamni TTJga olib kirish va tunab qolish uchun joy berish;
- sigareta, nos chekish, spirtli ichimliklar va giyohvand moddalarni isteʼmol qilish, saqlash, sotish va mast holda TTJga 
kelish;
- va boshqa oliy ta’lim muassasi ichki tartib qoidalari va odob ahloq kodeksida belgilangan tartibga zid keluvchi hatti-
harakatlar taqiqlanadi.

Yüklə 187,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin