Keys bo‘yicha asosiy vazifalar qo‘yiladi. Talabaning keys materiali bo‘yicha bilimi tekshiriladi. Hal etish va yechish uchun asosiy savollar yoki masalalar aniqlanadi. O‘quv dasturi maqsadlari bajariladi.
Keys rejalashtiriladi. Keys ishonuvchan axborotni o‘z ichiga olishi lozim.
Kazuslar oddiy, aniq yoritilgan va tushunarli bo‘lishi lozim. Jadval, chizma va grafiklardan, shuningdek, audio, video vositalar va kompyuter texnikalaridan foydalanish zarur.
3. Kichik – guruhlarda keys bilan ishlash tashkillashtiriladi. Ish vaqti belgilanadi. Guruh tarkibi 4 nafardan 6 nafargacha aniqlanadi. Har bir guruhda yozuvlar qayd etilishi uchun imkoniyat yaratilishi lozim. O‘qituvchi tomonidan ish jarayoni nazorat qilib boriladi. Guruh taqdimoti uchun sardor tanlanadi.
Guruhning taqdimoti tashkil etiladi.Sardorlarning chiqishi 10 daqiqagacha davom etishi mumkin. Uning gapini bo‘lish mumkin emas, savollar u o‘z fikrini bildirib bo‘lganidan so‘ng beriladi. Mavzu bo‘yicha taqdimotni qanday o‘tkazish (ya’ni, kirish, asosiy mazmun, rezyume), bo‘yicha kelishib olinadi.
Munozara tashkil etiladi. Vaqt ajratiladi. O‘qituvchi munozara tashkilotchisi sifatida savollar beradi, e’tirozlar qiladi, nazariy ma’ruzadagi materialni esga soladi. Hamma talabalarning munozarada ishtiroki ta’minlanishi kerak.
Quyida biz bir qancha “Tekis yaqinlashuvchi funksional qatorlar” mavzusiga tegishli keyslardan misollar keltiramiz. “Tekis yaqinlashuvchi funksional qatorlar” mavzusini o‘qitishda keys-stadilarning quyidagi turlaridan foydalanish mumkin:
Amaliy keyslar.Bunda Tekis yaqinlashuvchi funksional qatorlarga oid misollar real aks etadi. Bu turdagi keyslarning maqsadi Tekis yaqinlashuvchi funksional qatorlarga oid misollarni yechish muammosini hal etish yo‘llarini modellashtirish, olingan bilimdan hayotda foydalanish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.