Ota-onalar qaysi o’rinda haq?
Doimo band va shoshib yuradigan ota-onalar o’z bolalarida mustaqillikni shakllantiradilar. O’z o’rningni yig’ishtira olasanmi – olg’a! Unchalik bejirim va tartibli bo’lmasligi mumkin, lekin onasi shu vaqt ichida ko’ziga surma qo’yib oladi. O’zing nonni kesib, unga sariyog’ surta olasanmi – harakat qil! Otasi bu paytda televizor ko’rib oladi. Qo’lingni kesib oldingmi? Hechqisi yo’q, bitib ketadi. Dori qutisidan plastirni olib yopishtirib qo’y.
Fikrimizcha, ota-onalarning kelajak bilan yashashlari ham juda yaxshi. Shuning uchun ham talabchanlik qilishadi va o’g’li yoki qizini ular xohlamagna ishni qilishga majbur qilib, nimanidir o’rgatishga harakat qilishadi. Bola injiqlik qiladi, burnini jiyiradi: oyoq kiyimining bog’ichlari unga bo’ynsunmaydi. Lekin oyisi qattiq turib talab qiladi: bola bog’chaga borishi kerak, ammo oyoq kiyimining bog’ichlarini bog’lab qo’yishga hech kimning vaqti yo’q.
Qattiqqo’l ota esa o’g’li har doim o’z paypog’ini o’zi yuvishiga, nam bo’lib qolgan oyoq kiyimini issiq pech oldiga qo’yib qo’yishga majbur qiladi. “Bolani butunlay qiynab qo’yibsizlarku?” – deb norzi bo’ladi buvi. Lekin ota haq, bugun-era bola katta bo’lib, armiya safida xizmat qiladi. U erda kim uning paypog’ini yuvib beradi? Hayotda ham har xil holatlar bo’lishi mumkin. Bola o’zi uchun o’zi xizmat qilishni o’rgansin. Mustaqil bolaning aqli yaxshi rivojlanadi, qobiliyatlar shakllanadi.
Biz – tinchlik va do’stlik tarafdori!
Oila tarbiyasida bola uchun asosiysi, xoh u ota-ona tomonidan bo’lsin, xoh bobo-buvi tomonidan bo’lsin, – talabning bir xil bo’lishi. Va, albatta, oilaviy muhitda har bir kishining o’zaro xayrixoh bo’lishi. Kattalar, o’zaro kelishib olinglar! Bola qiynalib, kimning aytganini qilishni bilmay hayron bo’lmasin!
Faraz qilaylik, oilada bola tarbiyasi bilan asosan, buvi shug’ullanadi. Balki bu bolaning tez-tez kasallanishi sababli bog’chaga borolmayotganligi, ona esa ishga borishi kerakligi bilan bog’liq zaruratdir. Bunday paytda kattalar o’zaro kelishib olishlari kerak: Kim, qaysi paytda bolaga qaraydi?
Buvi bolaga kunduz paytda qaraydi, onaga esa kechki payt navbat etadi, ota bolani haftasiga uch marta suzish mashqiga olib boradi. Kattalarning har biri o’z tarbiya uslubini qo’llashi mumkin. Faqat bir sharti bor – o’z hududida, ya’ni o’zi bolaga qaraydigan paytda. Masalan, buvi nevarasi bilan sayr qiladi, o’ynaydi, rasm chizadi. Xonada stullardan uycha yasashga ruxsat beradi, keyin bola bilan birgalikda uyni tartibga keltiradi. Tushda qanday ovqat eyishni tanlash uchun imkon beradi. Xullas, bolada ijodkorlik ibtidosini shaklantiradi. Onasi esa o’g’li yoki qizini uy-ro’zg’or ishlariga yordam berishga undaydi: dasturxonni yozish, non kesib qo’yish, idish-tovoqlarni yuvish va h.k.zo. Ota esa bolani sovuq suvga cho’miltirib, unichiniqtiradi. Shu bilan birga maktab sumkasini qanday tutayotganligin tekshirib ko’radi.
Bu o’rinda asosiy tavsiya: Hech qachon bolanining oldida kattalar bir-birini tanqid qilmasligi kerak. Bu man etiladi! Barcha kelishmovchiliklarni bola bo’lmagan paytda muhokama qilish kerak bo’ladi. Agar bola tarbiyasi bilan asosan buvisi shug’ullanayotgan bo’lsa, ota-onalar uning fikriga quloq solishlari kerak. Agar buvisining ta’siri ota-onalarni qoniqtirmayotgan bo’lsa, yaxshisi uni bolalar bog’chasiga berish kerak yoki bolaga enaga topish kerak bo’ladi.
Unutmang: bola tarbiyasiga buvining usuli yoki ota-onaning qattiqqo’lligi emas, balki kattalar orasidagi kelishmovchiliklar jiddiy zarar etkazadi. Kattalarning o’zaro kelishmovchiliklar mavjud bo’lgan oilalarga bola tarbiyasi uchun psixologlar ham, eng zo’r rivojlantiruvchi mashg’ulotlar ham yordam bera olmaydi.
Ota-onalar bir narsani, bobo-buvilar boshqa narsani yoqlab tursalar, ularning har birida o’ziga yarasha qarshilik bo’ladi. Bola esa ota-onasini ham, bobo-buvisini ham birday yaxshi ko’rgani holda, ularning qay biriga quloq solishni bilmay sarson bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |