Hozirgi zamon bosqichida ta’lim mazmunini belgilovchi muhim g’oyalar (asoslar). Ta’lim mazmuni – bu jamiyatning shaxsni ma’naviy rivojlanishi darajasiga qo’yilgan talablar, jamiyatning ijtimoiy tajriba va madaniyatini aks ettirgan ijtimoiy buyurtmasi modelidir.
Ijtimoiy tajriba quyidagi to’rt element bilan tavsiflanadi:
- inson tabiat, jamiyat haqidagi bilimlari
- faoliyatning ko’nikma, malaka va usullari;
- yangi vazifalarni hal etish bo’yicha ijodiy faoliyat tajribasi;
- atrofdagilar bilan o’zaro emosional (hissiy) – qadriyatli munosabatlar tajribasi.
Shularga muvofiq zamonaviy didaktika g’oyalariga ko’ra ta’lim mazmunining tarkibida quyidagilar o’z aksini topadi: 1) olam haqidagi bilimlar; 2) faoliyatni amalga oshirish usullari tajribasi; 3) ijodiy faoliyat tajribasi; 4) atrof-muhitga emosional (hissiy) qadriyatli munosabat tajribasi.
Bilim va ko’nikmalar ijodiy faoliyat asosi bo’lib qolishi mumkin, lekin unga tayyorlikka kafolat bo’la olmaydi. Ijodga, ta’limning o’ziga xos turi sifatida maxsus o’qitish kerak bo’ladi. Atrof-muhitga emosional-umumiy munosabatda bo’lish u haqida bilish, lekin ularga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq bo’lmaslikni nazarda tutadi. Uni rivojlantirish uchun o’qitish jarayonida maxsus ishlash olib berish zarur.
Ilmiy asoslangan ta’lim mazmunini qanday aniqlash mumkin? Ta’lim mazmuniga nima ta’sir ko’rsatadi? U nimaga bog’liq bo’ladi? Ta’lim mazmunini aniqlovchi asosiy omillar quyidagilardan iborat bo’ladi:
Umumiy o’rta va o’rta maxsus ta’lim mazmuni o’quvchilarda atrof-muhit haqida umumiy tasavvurlarni hosil qilishi, ularni o’zlarining amaliy faoliyatlari uchun zarur bo’lgan bilimlarni izlashg va bu bilimlarni hayotiy muammolarni hal etishda qo’llashga o’rgatishi kerak. Ta’lim mazmuni o’quv rejalari, o’quv dasturlarida, darsliklarda aks ettiriladi,
XX asr 80-yillarida amaliy qo’llanilgan o’rta umumta’lim maktabi namunaviy o’quv rejalari maktabni yangilash vazifalariga, o’quv-tarbiyaviy jarayonni hozirgi zamon talablari asosida tashkil qilishga mos kelmas edi. Bu o’quv rejasining eng asosiy kamchiligi – uni shakllantirishning haddan tashqari markazlashtirilishidir, bu esa maktablarning hammasi bir xil bo’lishi, taklif etilayotgan ta’lim idealining bir xilligiga olib keladi, unda shaxs, jamiyat va davlatning turli ta’limiy talablari hisobga olinmaydi; ko’p predmetlilik, o’quvchilarga vazifalar ortiqchalik, og’irlik qiladi va ta’lim mazmunining sun’iy qisqaligi, aralashligi yuzaga keladi; bu ta’limning texnokratik yo’nalishi uning insonparvarlik va madaniy, badiiy-yaratuvchilik rolini yo’qotishiga olib keladi. O’quv rejasining ana shu va boshqa ko’plab kamchiliklari didakt olimlar va amaliyotchilar tomonidan keskin va haqli ravishda tanqid qilindi.
1991 yilda O’zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, uzluksiz ta’lim tizimini takomillashtishrishga kirishildi. Bunday sharoitlarda ta’lim, yangi demokratik davlat barpo etish, madaniy va ma’naviy tiklanish, demokratik jamiyat va bozor munosbaatlari shakllanishi, milliy fan va texnikaning rivojlanishini dunyo standartlari talablari darajasiga ko’tarishning asosi bo’lib qolishi kerak.