Darsning tarbiyaviy maqsadlari talabalarda quyidagi muayyan shaxs sifatlari va xarakterini tarkib toptirishdan iborat:
dunyoqarashni va kasbga qiziqishni;
o’z-o’zini tekshirish va o’zaro yordamni;
voqeliklar orasidagi bog’lanishlarni aniqlash va tahlil qilish ko’nikmalarini;
bir sohadan ikkinchi sohaga bilimlarni ko’chirish ko’nikmalarini;
fanlararo bog’lanishlarni amalga oshirish ko’nikmalarini;
nutq madaniyatini;
vatanparvarlikni;
mehnatga ongli munosabatni;
ongli intizom va yaxshi xulqni;
ta’lim olishga ijobiy munosabatni;
estetik qarashlarni;
ish o’rnini tashkil etish va o’z faoliyatini tekshirishni;
e’tiqodni.
Darsning rivojlantirish maqsadlari — dars jarayonida talabalarning psixologik sifatlarini diqqat, xotira, texnik taffakkur va bilish qobiliyatlarini shakllantirishdir.
Psixologik adabiyotlarni tahlil qilish talabalarda tafakkurni, politexnik, mehnat, bilish (anglash) va aqliy ko’nikmalarni, iroda va mustaqillikni rivojlantirish, ularni kelgusi darslarga tayyorlash zarurligini ko’rsatadi.
Agar bilimlarni shakllantirish va maqsadli tarbiyalash talabalarning bilish qobiliyatini takomillashtirsa, buni rivojlantiruvchi ta’lim deb tan olinadi.
Didaktik maqsadlar bo’yicha darsning quyidagi turlari mavjud: