Ta’lim metodlarini shakillarini amalyotda qo'llash reja


Yaxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari tasnifi



Yüklə 56,57 Kb.
səhifə5/11
tarix01.11.2022
ölçüsü56,57 Kb.
#67064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
talim metodlari

Yaxlit yondashuv bo‘yicha ta’lim metodlari tasnifi (Yu.K.Babanskiy):

  • Bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlash va nazorat qilish metodlari.

  • O‘quv-bilish faoliyatini tashkil etish va amalga oshirish metodlari.

  • O‘quv-bilish faoliyatini motivatsiyalash va rag‘batlantirish metodlari. • O‘quv-bilish faoliyatini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari. Interfaol metodlar va grafik organayzerlar


O‘rganilayotganlarini o‘zlashtirishga da’vat qilish
metodlari

Yangi materialni anglash metodlari

O‘rganilganlarini fikrlashga imkon beruvchi metodlar

Erkin yozish, Klaster,
Aqliy hujum,
B-B-B chizmasi,
Chalkashtirilgan mantiqiy zanjirlar ketma-ketligi,
Semantik xususiyatlar tahlili.

Semantik xususiyatlar tahlili. B-B-B chizmasi. O‘qitish bo‘yicha qo‘llanma.
Bir-biriga o‘rgatish. Birbiridan so‘rash. Ikki qismli kundaliklar.

Eng asosiy tushunchalar, Takrorlash.
T-chizma.
Kontseptual jadval.
Venn diagrammasi. Nilufar guli.
Besh minutlik esse.
O‘n minutlik esse.

3.Ta’lim metodlarining mohiyati va mazmuni.
Hikoya - o‘qituvchi tomonidan mavzuga oid dalil, hodisa va voqealarning yaxlit yoki qismlarga bo‘lib, tasviriy vositalar yordamida obrazli tasvirlash yo‘li bilan ixcham, qisqa va izchil bayon qilinishi. Metodning samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining nuqt mahorati, so‘zlarni o‘z o‘rnida, ifodali bayon qilishi, shuningdek, o‘quvchilarning yoshi, rivojlanish darajasini inobatga olgan holda yondashuviga bog‘liq. Shu bois hikoya mazmuni o‘quvchilarning mavjud bilimlariga tayanishi, ularni kengaytirishga xizmat qilishi zarur. Hikoyaning axborotlar bilan boyitilishi maqsadga muvofiqdir.
Hikoya qilinayotgan materialni samaralash maxsus reja asosida amalga oshiriladi. O‘qituvchi har bir darsda uning maqsadini aniq belgilab oladi, undagi asosiy tushunchalarga alohida urg‘u berishga e’tiborni qaratadi.
Suhbat - savol va javob shaklidagi dialogik ta’lim metodi bo‘lib, u fanga qadimdan ma’lum, xatto undan o‘z faoliyatida Suqrot ham mohirona foydalangan. Suhbat ta’lim jarayonida ko‘p funktsiyalar (aqliy fikrlash, hozirjavoblik, muloqot madaniyati va boshqa sifatlarni shakllantiradi) bajaradi, ammo asosiysi o‘quvchida faollikni yuzaga keltiradi. Suhbat o‘qituvchi fikriga mos harakat qilish, natijada yangi bilimlarni bosqichma-bosqich egallashga imkon beradi.
Suhbat - faoliyatni endigina boshlagan o‘qituvchi uchun murakkab ta’lim metodi hisoblanadi, binobarin, savollarni tayyorlash, ularning ketma-ketligini ta’minlash ko‘p vaqt talab etadi, uni tashkil etishda esa barcha o‘quvchilarning diqqatini jalb etish talab qilinadi. O‘qituvchi oddiy savollar berishi, o‘quvchilarga ular yuzasidan batafsil o‘ylash uchun vaqt ajratishi, o‘quvchilarning javoblarini esa diqqat bilan tinglashi, zarur o‘rinlarda ularni sharhlashi lozim. Shu bois suhbatda bilish deduktiv yoki induktiv yo‘l bilan amalga oshadi. Deduktiv suhbat o‘quvchilarga oldindan ma’lum bo‘lgan qoidalar, tushunchalar, hodisalar, jarayonlar asosida tashkil etilib, o‘quvchilar tahlil yordamida xususiy xulosalarga keladilar. Suhbatning induktiv shaklida alohida dalillar, tushunchalarning tahlil asosida umumiy xulosaga kelinadi. Suhbat ko‘proq o‘quvchilarni yangi bilimlar bilan tanishtirish, bilimlarni tizimlashtirish va mustahkamlash, nazoratni tashkil etish hamda o‘zlashtirilgan bilimlarni tashxislashda ijobiy natijalarni beradi. Suhbat turli ko‘rinishlarda, ya’ni, kirish, yakuniy, individual va guruhli suhbattarzida tashkil etiladi.

Yüklə 56,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin