Таълим психологияси



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/90
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197270
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90
portal.guldu.uz-OSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA (1)

J.Piaje intellektni 
quyidagi 
rivojlanish 
davrlariga 
ajratadi
sensomotor 
intellekti 
(tug‟ulishdan 2 
yoshgacha)
operasiyalardan 
ilgari tafakkur 
davri (2 yoshdan 7 
yoshgacha)
konkret 
operasiyalar davri 
(7-8 yoshdan 11-
12 yoshgacha
formal (rasmiy) 
operasiyalar davri.
8-davr 
– 
qarilik davri.
7-davr – 
yetuklik;
6-davr – 
yoshlik;
5-davr – 
o‟spirinlik;
4-davr – 
maktab 
yoshi;
3-davr – 
o‟yin yoshi;
2-davr – ilk 
bolalik;
1-davr – 
go‟daklik;
E.Erikson 
nazariyasiga 
ko’ra inson umri 
8 davrga
 
bo’linadi: 
D.B.Elkoninning nazariyaga ko‟ra har bir yosh davrida biror faoliyat 
turi inson shaxsi shakllanishida asosiy rol o‟ynaydi.
Bu yosh davrlari quyidagilar: 


20 
1) Go‟daklik davri – tug‟ilgandan 1 
yoshgacha 
asosiy faoliyat – bevosita emosional 
muloqot. 
2) Ilk bolalik davri – 1 yoshdan 3 
yoshgacha 
asosiy faoliyat – predmetli faoliyat. 
3) Maktabgacha davr – 3 yoshdan 7 
yoshgacha 
asosiy faoliyat – rolli o‟yinlar.
4) Kichik maktab yoshi davri – 7 
yoshdan 10 yoshgacha 
asosiy faoliyat – o‟qish.
5) O‟smirlik davri – 10 yoshdan 15 
yoshgacha 
asosiy faoliyat – muloqot. 
6) Ilk o‟spirinlik davri – 15 yoshdan 18 
yoshgacha 
asosiy faoliyat – o‟qish, kasb tanlash. 
 
Psixik taraqqiyotning yosh krizislari 
Psixik taraqqiyotning bir bosqichidan ikkinchisiga o‟tish bosqichlarida yosh 
krizislari yuz beradi. Krizislar ikki yosh davri oralig‟ida yuz berganligi sababli bir yosh 
davrining tugashi va ikkinchi yosh davrining boshlanishiga to‟g‟ri keladi. Barcha yosh 
krizislari ba‟zi umumiy belgilarga ega. Bolalar krizislar davrida qaysar, asabiy bo‟lib 
qoladilar, kattalar bilan nizolar paydo bo‟ladi, avvalo bajaradigan ishlarini qilishdan 
bosh tortadilar. Krizislar davrida paydo bo‟ladigan yangi ehtiyojlari qondirilmaydigan 
bolalar shunday reaksiya namoyon qiladilar.
Shaxsning ontogenezidagi ijtimoiy rivojlanish 2 yo‟nalishda: ijtimoiylashuv va 
individuallashuv ko‟rinishida bo‟lib turli yosh davrlaridagi krizislar ham mos ravishda 
turli xarakterga ega.
0, 3, 10, 17 yoshdagi krizislar esa o‟zini anglash, ko‟rsatish, 
atrofdagilarning tan olishi uchun kurashish asosida yuzaga keluvchi 
krizislardir.
Yosh davrlari
Yetakchi faoliyat
1, 6, 15 yoshlilar krizislari ijtimoiy tajribani o‟zlashtirish 
muhitda o‟z pozisiyalarini mustahkamlash bilan bog‟liq
yosh krizislari.


21 
Bola avval ma‟lum darajaga yetib, keyin tarbiyalanmaydi, balki ta‟lim va tarbiya 
jarayonida psixik rivojlanadi. Bunda psixologlar Vigotskiy tomonidan aniqlangan 
qoidaga, ya‟ni ta‟lim berish bola qo‟lga kiritib bo‟lgan rivojlanish darajasini 
ko‟zlamasdan, bir muncha olg‟a ketish, bolaning tafakkurida uning mavjud 
imkoniyatlarini bir muncha oshiradigan talablar qo‟yishi u erishgan va yaxshi 
o‟zlashtirib olgan analitik-sintetik faoliyat darajasini talab qilish kerak degan qoidaga 
asoslanadilar.
L.S.Vigotskiy ta‟limining aqliy rivojlanishdagi yetakchi rolini ta‟kidlar ekan, 
ta‟lim bolaning rivojlanishidagi kechagi kunga emas, balki ertangi kunga tayanmog‟i 
lozim deb hisoblangan edi. Ta‟lim rivojlanishning faqat tugallangan darajasi asosida 
qurilmasdan, avvalo hali unga tarkib topmagan narsalarga tayanmog‟i kerak. 
Vigotskiy bola bugun kattalar, o‟qituvchi yordamida bajarayotgan narsani ertaga 
mustaqil ravishda o‟zi bajaradi, eng yaqin rivojlanish zonasiga kirgan narsalar, ta‟lim 
jarayonida aktual rivojlanish jarayoniga o‟tadi deb ta‟kidlagan edi. Har qanday psixik 
funksiya inson hayoti davomida 2 marotaba namoyon bo‟ladi: avval ijtimoiy, so‟ngra 
psixologik xarakterdadir, avvaliga psixik funksiya odamlar orasida interpsixik 
ko‟rinishda bo‟lsa, so‟ngra bola uchun intrapsixik ko‟rinishdadir. Bu qonuniyat barcha 
psixik funksiyalar, ixtiyoriy diqqat, mantiqiy xotira tushunchalarining, irodaning 
rivojlanishiga tegishlidir. Har qanday funksiya avval boshqa odamlarga qaratilgan 
bo‟lib, so‟ngra shaxsning ichki funksiyasiga aylanadi. Ontogenezda psixik bir 
L.S.Vigotskiy boladagi aqliy 
rivojlanishning 2 darajasi 
haqidagi qoidani ifodalab berdi.
Real zona 
Yaqin zona 
Birinchi daraja, Vigotskiy atyganidek, 
aktual rivojlanish darajasi – o‟quvchi 
tayyorligining mavjud darajasi bo‟lib, 
u o‟quvchining qanday
topshiriqlarni 
to‟la mustaqil bajara olishi bilan 
xarakterlanadi.
Ancha yuqori bo‟lgan ikkinchi daraja (uni 
Vigotskiy eng yaqin rivojlanish zonasi deb 
atagan) bolaning nimani mustaqil bajara 
olmasligini, lekin ozroq yordam bilan (yo‟l-
yo‟riq beruvchi savollar ...) nimaning 
uddasidan chiqa olishini ko‟rsatadi.


22 
bosqichdan sifat jihatdan boshqa bosiqchga qadamma-qadam o‟tishdir. Har bir yosh 
davrlarda tashqi ta‟sirga psixikaning sezuvchanlik xususiyati turlicha bo‟lib, u yoki bu 
psixik funksiya rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratiladi. Bunday davrni – shu psixik 
funksiyaning senzitiv davri deyiladi.
Masalan,. Bola psixik rivojlanishining turli yo‟nalishi mavjudligini unutmaslik lozim. 
Funkional rivojlanish bevosita bilim va malakalarni o‟zlashtirish bilan bog‟liq bo‟lsa, 
yosh davriga xos psixofiziologik rivojlanish bilan belgilanadigan yosh davri 
rivojlanishidir. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin