Таълим психологияси


Integral – (lotin tilida – «bugun», «tiklangan») – uzviy bog‟liqlik, butunlik,  birlikdir.  Generalizatsiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/90
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197270
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90
portal.guldu.uz-OSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA (1)

Integral –
(lotin tilida – «bugun», «tiklangan») – uzviy bog‟liqlik, butunlik
birlikdir. 
Generalizatsiya 
(lotin tilida – «umumiy», «bosh») – shartli va shartsiz 
reflekslarning umumlashishi. 
Yo‟naltirilganlik bilim, munosabatlarning hamda shaxsning xulq - atvori va 
hatti – harakatlarida ijtimoiy ahamiyat yetakchilik qilgan motivlarningbir butun 
ekanligida o‟z ifodasini topadi. Bu xususiyat odamning dunyo qarashi, qiziqishlari va 
ma‟naviy ehtiyojlarida namoyon bo‟ladi. 
Yo‟naltirilganlik strukturasida g‟oyaviy e‟tiqod katta rol o‟ynaydi. G‟oyaviy 
e‟tiqod – bu bilimning, o‟sha shaxsga hos bo‟lgan intelektual, emosional va iroda 
sifatlarining sintezi, g‟oyalar va hatti – harakatlar bir butunligining negizidir.
To‟rtinchi tizm o‟z ichiga shunday xususiyatlar, munosabatlar va hatti – 
harakatlarni oladiki, ular real shaxslarning ijtimoiy (uy fikrlari va his tuyg‟ulari) aks 
ettiriladi. 
Ular bu shaxslarning siyosiy jihatdan ongli, ijtimoiy taraqqiyotning ma‟sul 
arboblari sifatida xulq - atvorini belgilab beradi. Bunga gumanizm, kollektivizm, 
optimizim va mehnatsevarlik fazilatlari kiradi. 
Shaxs shakllanishiga ta‟sir etuvchi omillar, psixolgik shart- sharoitlar. 
Shaxs shakillanishida u yashayotgan muhit, kishilar jamiyatining roli juda 
kattadir. Masalan, biron mahallada inson shaxsining tarkib topishiga aktiv ta‟sir 
ko‟rsatuvchi beshyuz ta o‟ziga xos ijtimoiy muhit bor degan ma‟noni bildiradi. Bu 
yerda shunday bir savol tug‟uladi: (tashqi muhit inson shaxsining tarkib topishiga 
qanday ta‟sir -qiladi?) 
Birinchidan ijtimoiy muhitdagi turli muassasalar odamning ongiga bevosita 
ta‟sir qilib, unda chuqur iz qoldiradi.
Ikkinchidan, tashqi ijtimoiy muhit ta‟sirining chuqurroq va mustahkamroq 
bo‟lishiga odamning o‟zi yordam beradi. Ma‟lumki, bolalar o‟z tabiatlariga ko‟ra ilk 
yoshlik chog‟laridan boshlab, nihoyat darajada taqlidchan bo‟ladilar. Bolalar katta 
oldamlarning barcha hatti – harakatlariga bevosita taqlid qilish or-qali bu hatti – 
harakatlarin, yaxshi – yomon fazilatlarni o‟zlariga singgdirib boradilar. Bolalar oilada, 
ko‟cha – kuyda, katta odamlarning har bir harakatlarini, o‟zaro munosabatlarini 
zimdan kuzatib turadilar. 


68 
Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhitning rolit haqida gap 
borar ekan, shuni ham ta‟kidlab o‟tish zarurki, ayrim g‟ayri tabiiy hodisalar inson 
shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta‟sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega 
ekanligini to‟la tasdiqlaydi. Biz ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovoiy
hayvonlar muhitigia tushib qolish hodisasini nazarda tutayapmiz. Hayotda bunday 
hodisalar djuda siyrak bo‟lsa ham har holda uchrab turadi. Masalan hindistonlik doktor 
Sing Kalkutta yaqinidagi o‟rmonzorda bo‟ri bolalari bilan birga ikkita odam 
bolasining ham to‟rt oyoqlab yugurib yurganini ko‟ribqoladi. Keyin ularni poylab
qarorgohlarini topib, bolalarini olib ketadi. Ulardan biriga Amala ikkinchisiga Kamala 
deb nom qo‟yadi. Shunarsa harakterliki, bolalar yoshlikdan bo‟ri muhitiga tushub 
qolganliklari tufayli, fe‟l – atvorlari hatti – harakatlari, jihatdan bo‟rilardan farq qilmas 
edilar.Nutq yo‟q demak tafakur ham nihot darajada cheklangan edi. Juda katta 
qiyminchiliklar bilan qayta tarbiyaalanilayotgan bo‟ri muhitidagi bolalar shamollash 
natijasida o‟lib qoladilar. Bu hodisa odamning shaxs sifatida rivojlanishi uchun eng 
avval insoniy muhit, ya‟ni ijtimoiy muhit bo‟lishi kerakligini to‟la tasdiqlaydi. 
Shaxs va uning psixologiyasiga ta‟sir etuvchi ikkinchi omil – ta‟lim – 
tarbiyaning tizimidir. Ma‟lumki, ta‟li – tarbiya inson ongini shakllanitradi, uning 
dunyo qarashi, e‟tiqodi, hayotga bo‟lgan munosabatini tarkib toptiradi. Agar 
bolalarning ruhiy taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi faqat 
tashqi ijtimoiy muhit bilan, ta‟lim – tarbiyaning o‟zigagina bog‟liq bo‟lganda edi,
unday paytda biz bir xilda sun‟iy va aynan bir xil ta‟lim – tarbiya sistemasini tashkil 
qilib, har tomondan babbaravar taraqqiy etgan va deyarli bir shaxsiy xususiyatlarga ega 
kiishilarni yetishtirib chiqarar edik. Vaa holanki, bunday bo‟lishi mumkin emas, shuni 
aytib o‟tish kerakki bola shaxsining tarkib topishiga ta‟li m- tarbiyaning ta‟siri 
degvanda, albatta birinchi navbatda tarbiya muasssalarida, ya‟ni bog‟cha,maktab, 
initernat, letsiy va kollejlarda beriladigan ta‟lim – tarbi tushuniladi. Biroq bunday 
oilada bolaga beriladigan ta‟lim – tarbiya mutloqo mustasno emas. Oiladagi umumiy 
ijtimoiy muhitdan tashqari oilada beriladigan ta‟lim – tarbiyaning roli kattadir. Bola 
tarbisi bilan sistemali shug‟ulnadigan va umuman shug‟ullanmaydigan oilalarga 
misollar keltirish mumkin. 
Yuqorida ayti b o‟tiligan ikkita omildan tashqari uchinchi omil ham mavjud – bu 
nasliy husuiyatlardir.Odamga nimalar nasliy beriladi? Odamga nasliy yo‟l bilan ayrim 
anatomik va biologik hususiyatlari beriladi. Masalan tana tuzulishi sochi va 
ko‟zlarining rangi ovozi gapirish uslublari ayrim harakatlari tug‟ma berilishi mumkin. 
Lekin shuni he qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga hech vaqtarbiya uning 
psixik xususiyatlari, ya‟ni uning aqliy tosmonlari bilan bog‟liq bo‟lgan sifatlari nasliy 
yo‟l bilan, ya‟ni tug‟ma ravishda berilmaydi. Nixoyatda nodir hollarda ayrim 
qobilyatlar, amasalan musiqa , matematik qobilyatlariga nasliy yo‟l bilan byuerilishi 
mumkin. 
Odamning ruhiy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topiishi haqida 
gapirar ekanmiz, yana bir muhim narsa ustida to‟xtab o‟tish kerak. Hozirgi kunda tez – 
tez akselerasiya termenini ishlatayapmiz. Xo‟sh akselerasiya bu nia? Akselerasiya – 
«tezlatish» degan ma‟noni anglatid. Hozirgi kunda bolalarni ham jismoniy, ham ruhiy 
jihatdan juda jadallik bilan rivojlanayotganliklarining guvohi bo‟lib turibmiz. Xo‟sh 
buning sababi nima? Albatta, bunga turli fikrlar bor.Ayrim olimlar akselerasiyaning 
sababini ilmi- texnika bilan bog‟lab tushuntirishga intilmoqdalar. Ularning fikricha 


69 
ilmiy – texnikaning juda jadal tempi bilanrivojlanishi insoniyatning oldiga misilsiz 
ko‟p informasiyalarni idrok qilish va fikrda qayta ishilash talablarini qo‟ydi.Bu talab 
o‟z navbatida insonni har tomonlama, ya‟ni ham jismoniy , ham psixiuk djihatdan tez 
rivojlanishiga olib keldi.YUqorida aytib o‟tilgan olimlarning fikricha, akselerasi – bu 
20 asrning ikkinchi yarmiga xos bo‟lgan xodisadir.
«Tarbiyasi qiyin» bolalar psixologiyasi 
«Tarbiyasi qiyin» bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir. L.S. Vigotskiy 
fikricha, «qiyin» o‟smir xayoti munosabatlar xarakterining natijasidir.
Bular avalo qaysar, injiq bollar, ularni qiziqarli faolyat turiga tortish, ularni 
tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir.
Ularning ma‟sul bir qismi intizomsiz, qo‟pol bolalardir. Ularning aktivligini 
maqsadga muvofiq o‟zgartirish, ularga ba‟zi xuquqlarni berish yo‟li bilan ularga
ta‟sir o‟tkazish mumkin.
Psixologiyada «Tarbiyasi qiyin» bolalarning bir qancha klassifakasiyalari mavjud. 
Birinchi guruh – 
ijtimoiy, salbiy 
mustahkam 
qarashlari ega 
bolalar; 
Ikkinchi 
guruh - 
qonunbuzarla
raga taqlid 
qiliuvchilar. 
Uchinchi guruh – 
ijobif va salbiy xulq - 
atvor streotiplari 
o‟rtasida 
ikkilanuvchi, o‟z 
xatolarini 
tushunuvchi 
bolalardir. 
To‟rtini 
guruh- 
irodali 
bolalarga 
bo‟ysunuv 
chilar. 
Beshinchi 
guruh 

qonunbuzarl
ik 
yo‟liga 
tasodifan 
kirib 
qolganlar. 
Shuni aytish lozimki, tarbiyasi og‟ir bolalar uchun ular yashayotgan muhit, 
oila, ular o‟qiyotgan jamoa, sinfning roli juda kattadir.
Tarbiya jarayoning samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar tarbiyali 
bo‟lim – bu xulq - atvorini nazorat qilishdan iboratdir: bunday nazorat qilishdan 
iborat: Bunday nazorat inson yomon hatti – harakatlarni bajarmaslik imkoniyatini 
beradi. 
Agar shaxs xulq atvorini axloqiyligi haqida qayg‟ursa,u ijtimoiylashuvga 
erishgan bo‟ladi. 
Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvini o‟rganish jarayoni sifatida qaraladigan yosh 
psixologiyasida olingan natijalarda asoslanadi: Bola o‟zini egosentirik emas, balki 
tarbiyali tutishi uchun tarbiyalanganlik qanday rag‟batlantirilishi kerak? Tarbiya o‟z
mohitiga ko‟ra ijtimoiy jihatdan ijobiy ehtiyojlarni hosil qilishdir. Agar ta‟lim 
shaxsning ongini shakllantirish bo‟lsa, tarbiya uning ongsizlik sferasiga ta‟sir 
etishdir. Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga hissiy yaqinlik hos. Odatda 6 oylik
bolalar unga g‟amxo‟rolik qiladigan ota – onasiga bog‟lanib qoladilar. Ota – onaning 
oldida bo‟lish, ular bilan muloqotda bo‟lish bolalarga juda yoqadi, ularning yo‟qligi 
bolaga yoqmaydi. Ota – onaning g‟amxo‟rligini bildiradigan so‟zlar hatti – harakatlar 
bola uchun juda katta ahmiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy ahamiyatga 
ega bo‟ladi. Xulq - atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu o‟rganish jarayoni 
orqali sodir bo‟lishi mumkin: xulq - atvorning istalgan shakllari g‟amxo‟rlik va e‟tibor 
bilan tag‟dirlanadi, kutilmagan shakllari esa qo‟llab - quvvatlanmaydi. Lekin, yaxshi 


70 
xulq - atvolrni rag‟batlantirish va yomon xulq atvor uchun jazolash axloqiy 
ijtimoiylashuvining kichik bir qismidir. Biz ko‟rib chiqqan xulq - atvor hamma 
bolalarga ham taluqli emas.
Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda anana vam urf odatlarning roli 
katta.
Xalq urf odatlari, ananalari va marosimlari katta trabiyaviy ahamiyatga egadir. 
Ular odamlarni bir – biriga yaqinlashtiradi, do‟stlik birodarlik his tuyg‟ularini 
rivojlantiradi. Bular o‟z navtaida yoshlar uchun ibrat namunasini o‟taydi. 
Mustaqil jamiyatning baxt – saodati yo‟lida halol mehnat qilish: jamiyat 
boyligini saqlash va ko‟paytirish yo‟lida har bir kishining tinmay g‟amxo‟rlik qilishi, 
ijtimoiy burchni yaxshi anglash; Jamiyat xayotida va shaxsiy hayotda halollik va 
rostgo‟ylik, axloqiy sofdillik, odamiylilik va kamtarlik milliy va irqiy adovatlarga
aslo yo‟l qo‟ymaslik va shu kabilar tarbiya jarayoninining muhim hislatlaridir.
Tarbiya jarayonida g‟amxo‟rlikning funksiyasi kattadir. Boalalar befarq otana 
oanalarga nisbatan g‟amxo‟r otana onaga ko‟proq taqlid qiladilar. G‟amxo‟r ota – 
oanalar bolaning saliby xulq atvoirini qo‟llab quvatlamaganda bola o‟z hatti – 
harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.
Tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda g‟amxo‟rlik bilan bir qatorda yaxshi 
ko‟rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir. Bu bola bilan doimiy muloqotni – 
tushuntirishni, muhokama qilishni agar bolaning xulq - atvori shuni talab qilsa og‟zaki 
tanbeh berishni yaxshi xulq - atvor uchun taqdirlashni nazarda tutadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin