Таълим психологияси



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/90
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197270
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   90
portal.guldu.uz-OSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA (1)

Didaktik qobiliyat –
bu bolalarga o‟quv materiallarni aniq va ravshan 
tushuntirib, oson qilib yetkazib berish, bolalarda fanga qiziqish uyg‟otib, 
ularda mustaqil faol fikrlashni uyg‟ota oladigan qobilyatdir. 


84 
Ko‟pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o‟qituvchi o‟z fani bo‟yicha bunday 
yuksak bilim saviyasiga erishish, boshqalarni qoyil qilib hayratda qoldirish
o‟quvchilarda katta qiziqish uyg‟ota olish uchun u yuksak madaniyatli, har 
tomonlama mazmunli, keng erudisiyali (bilimdon) odam bo‟lmog‟i lozim. 
Bunday o‟qituvchilar haqida o‟quvchilar: «Mahmud aka xuddi professorning 
o‟zginasi – ya. Biz uning bilmagan birorta sohasi bormikin deb tez – tez o‟ylab
turamiz. Darslarga u butun vujudi bilan kirishib ketadi» deydilar. Ba‟zan o‟qituvchilar 
o‟z o‟qituvchisi haqida «Baqir – chaqir qiladi – yu, ammo zarracha bilimi yo‟q» deb 
butunlay teskarisini aytsalar, juda alam qiladi. 
Qobiliyatli o‟qituvchi bolalarning har qanday mayda - chuyda hatti – 
harakatlarida, yorqin ifodalanadigan ayrim tashqi holatlarida hamda ularning ichki 
dunyosida yuzaga keladigan o‟zgarishlarni sezdirmasdan bilib oladi. Ana shunday 
hollarda o‟quvchilar: 
«Muhabbat opa kimningdir kayfiyatida o’zgarishlar bo’lsa yoki 
kimdir darsga tayyorlanmasdan kelgan bo’lsa ko’ziga qaraboq bilib oladi», 
deydilar. 
O‟qituvchidan o‟quvchilarga uzatiladigan axborot, asosan, ikkinchi signal tizimi – nutq 
orqali beriladi. Bunda mazmun jihatdan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda 
tutiladi. («Biz uchun adabiyot o‟qituvchimiz – Nazira opaning darsini eshitishdan katta
lazzat yo‟q. Nazira opamlar shu qadar yaxshi va chiroylik qilib gapiradilarki, hatto 
tanaffusga chalinadigan qo‟ng‟iroq ham xalaqit beradi»). 
Darsda qobiliyatli o‟quvchining nutqi hamma vaqt o‟quvchilarga qaratilgan 
bo‟ladi. O‟qituvchi yangi materialni tushuntiradimi, o‟quvchilar javobini sharhlab 
beradimi, o‟quvchilar javobini, ularning xatti – harakatlari yoki xulq - atvorini 
ma‟qullaydimi yoki tanbeh beradimi, xullas nima qilishidan qat‟iy nazar, nutqi 
hamma vaqt o‟zining ishonchliligi, jozibadorligi kabi ichki quvvat bilan alohida 
ajralib turishi lozim.
O‟qituvchi nutqi, uning talaffuzi aniq, ravshan, oddiy va o‟quvchilar uchun 
tushunarli bo‟lishi kerak. 
Beriladigan axborotlar shunday tuzilishi kerakki, bunda o‟quvchilarning fikru – 
zikri va diqqat – e‟tiborini faollashtiradigan bo‟lsin. Buning uchun esa o‟qituvchi 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin