87
Qobiliyatli, tajribali o‟qituvchi o‟zining diqqat e‟tiborini o‟quv materialini qanday
bayon etilishiga , uning mazmuniga, o‟z fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib
berishiga yki o‟quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan birga bir vaqtning o‟zida
barcha o‟quvchilarni kuzatib, ularni toliqqan toliqmaganliga e‟tiborli yoki
e‟triborsizligiga, darsni tushunish
tushunmasligiga ahamiyat berib, o‟quvchilarning
intizomini kuzatadi hamda oqibat natijada o‟zining shaxsiy xulq atvoriga ( yurish
turishiga, o‟zining qanday tutishiga, mimika va pontamimikasiga ) e‟tibor beradi.
Yuqorida ko‟rsatib o‟tilgan qobiliyatlardan tashqari o‟qituvchi inson shaxsining
maqsad sari intilishi,
uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik, kabi qator ijobyuiy
xislatlariga ega bo‟lishi lozim. U o‟quvchilarni
tarbiyalar ekan, o‟zining xulq- atvori,
yurish- turishi, xullas, butun o‟qituvchilik shaxsi bilan o‟quvchilarga o‟rnak bo‟lishi
kerak. O‟qituvchining o‟zini qo‟lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir.
Xulosa qilib, shuni aytish joizki, o‟qituvchining barcha ijobiy,
umum insoniy
axloq me‟yorlariga mos keluvchi xislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi
xislatlarni olib qaraydigan bo‟lsak, bularning barchasi ham o‟ta muhim omillardir.
Jumladan,o‟qituvchining tashqi qiyofasi uning obro‟si shakllanishiga ta‟sir etadi.
O‟qituvchining ozodaligi, ixchamligi,
uning pokizaligi, sarishta- saranjonligi,
sipogarchiligi, uning qiliqlari, o‟zining chiroylik tutishi, uning qaddi- qomati va yurish-
turishlari o‟quvchilarda juda yaxshi taassurot qoldiradi.
Sharq mutafakkirlari o‟qituvchi o‟zi o‟qib tursagina – o‟qituvchi bo‟la oladi,
agar u o‟qishni to‟xtatib qo‟yar ekan. Unda o‟qituvchilik ham o‟ladi, deb juda
haqqoniy aytganlar. Bu haqiqatni yoshi qancha bo‟lishidan qa‟tiy nazar barcha
o‟qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim.
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1. Jamiyatda o‟qituvchining tutgan o‟rni va vazifalarini yoritib bering.
2. Zamonaviy o‟qituvchiga qo‟yiladigan talablarni eslating.
3. O‟qituvchi va o‟quvchilar orasidagi o‟zaro munosabatlarini asoslab bering.
4.O‟qituvchining pedagogik qobiliyatlari haqida tushuncha bering.
Dostları ilə paylaş: