Таълим психологияси



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/90
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197270
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   90
portal.guldu.uz-OSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA (1)

Avtoritar qobiliyat
– bu o‟quvchilarga bevosita emosional irodaviy ta‟sir 
etib, ularda obro‟ orttira bilishdan iborat qobiliyatdir. (Garchan o‟qituvchining 
o‟z fanini mukammal bilishi, sezgirligi va xushmuomalaligi asosida qozoniladi). 
Avtoritar qobiliyat o‟qituvchining rostgo‟yligi, irodaviy uddaburonligi, o‟zini tuta
bilishi, farosatliligi, talabchanligi kabi irodaviy xislatlarga ma‟naviy va ma‟rifiy
e‟tiqodni singdira olganligiga ishonchi kabi xislatlarga ham bog‟liqdir.
Kommunikativ qobiliyat
– bu bolalar bilan muloqotda bo‟lishga, o‟quvchilarga
yondashish uchun to‟g‟ri yo‟l topa bilishiga, ular bilan pedagogik nuqtai – 
nazardan maqsadga muvofiq o‟zaro aloqa bog‟lashga pedagogik taktning 
mavjudligiga qaratilgan qobiliyatdir.
Pedagogik xayol
– bu kishining o‟quvchilar shaxsini tarbiyaviy tomondan 
loyihalashtirishda o‟z ish – harakatlarining natijasini oldindan ko‟ra bilishda 
namoyon bo‟ladigan qobiliyatdir.
Diqqatni taqsimlay olish qobiliyati
- bu qobiliyat bir vaqtning o‟zida 
diqqatni bir qancha faoliyatga qarata olishda namoyon bo‟lib, o‟qituvchi 
ishida g‟oyat muhim ahamiyatga egadir


87 
Qobiliyatli, tajribali o‟qituvchi o‟zining diqqat e‟tiborini o‟quv materialini qanday 
bayon etilishiga , uning mazmuniga, o‟z fikrlarini atroflicha qilib qanday ochib 
berishiga yki o‟quvchi fikriga baralla qaratadi va shu bilan birga bir vaqtning o‟zida 
barcha o‟quvchilarni kuzatib, ularni toliqqan toliqmaganliga e‟tiborli yoki 
e‟triborsizligiga, darsni tushunish tushunmasligiga ahamiyat berib, o‟quvchilarning 
intizomini kuzatadi hamda oqibat natijada o‟zining shaxsiy xulq atvoriga ( yurish 
turishiga, o‟zining qanday tutishiga, mimika va pontamimikasiga ) e‟tibor beradi.
Yuqorida ko‟rsatib o‟tilgan qobiliyatlardan tashqari o‟qituvchi inson shaxsining 
maqsad sari intilishi, uddaburonlik, mehnatsevarlik, kamtarlik, kabi qator ijobyuiy 
xislatlariga ega bo‟lishi lozim. U o‟quvchilarni tarbiyalar ekan, o‟zining xulq- atvori, 
yurish- turishi, xullas, butun o‟qituvchilik shaxsi bilan o‟quvchilarga o‟rnak bo‟lishi 
kerak. O‟qituvchining o‟zini qo‟lga ola bilishi muhim ahamiyatga egadir. 
Xulosa qilib, shuni aytish joizki, o‟qituvchining barcha ijobiy, umum insoniy 
axloq me‟yorlariga mos keluvchi xislatlari katta ahamiyatga ega. Agar biz quyidagi 
xislatlarni olib qaraydigan bo‟lsak, bularning barchasi ham o‟ta muhim omillardir. 
Jumladan,o‟qituvchining tashqi qiyofasi uning obro‟si shakllanishiga ta‟sir etadi. 
O‟qituvchining ozodaligi, ixchamligi, uning pokizaligi, sarishta- saranjonligi, 
sipogarchiligi, uning qiliqlari, o‟zining chiroylik tutishi, uning qaddi- qomati va yurish- 
turishlari o‟quvchilarda juda yaxshi taassurot qoldiradi. 
Sharq mutafakkirlari o‟qituvchi o‟zi o‟qib tursagina – o‟qituvchi bo‟la oladi, 
agar u o‟qishni to‟xtatib qo‟yar ekan. Unda o‟qituvchilik ham o‟ladi, deb juda
haqqoniy aytganlar. Bu haqiqatni yoshi qancha bo‟lishidan qa‟tiy nazar barcha 
o‟qituvchilar yaxshilab bilib olishlari lozim. 
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR: 
1. Jamiyatda o‟qituvchining tutgan o‟rni va vazifalarini yoritib bering. 
2. Zamonaviy o‟qituvchiga qo‟yiladigan talablarni eslating. 
3. O‟qituvchi va o‟quvchilar orasidagi o‟zaro munosabatlarini asoslab bering. 
4.O‟qituvchining pedagogik qobiliyatlari haqida tushuncha bering. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin