Таълим психологияси



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/90
tarix26.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#197270
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90
portal.guldu.uz-OSH VA PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA (1)

Akademik qobilyat-
bir qancha fanlarga oid bilimdonlik 
qobiliyati
o‟qituvchi o‟z fanini faqat hajmidagina emas, balki atroflicha, keng, chuqur 
bilib, bu sohada erishilgan yutuqlar va kashfiyotlarni doimiy ravishda kuzata 
borib,o‟quv materialini mutlaqo erkin egallab, unga katta qiziqish bilan qaraydi 
hamda ozgina bo‟lsada tadqiqot ishlarini olib boradi. 
Perseptiv qobiliyat
– bu o‟quvchining, tarbiyalanuvchining ichki dunyosiga kira
bilish, psixologik kuzatuvchanlik, o‟quvchi shaxsining vaqtinchalik psixik 
holatlari bilan bog‟liq nozik tomonlarini tushuna bilishdan iborat qobiliyatdir. 
Nutq qobiliyati
- kishining o‟z tuyg‟u – hislarini nutq yordamida, shu bilan 
birga mimika va pantomimika yordamida aniq va ravshan qilib ifodalab berish 
qobiliyatidir.


85 
o‟rtaga savol tashlab, asta sekinlik bilan o‟quvchilarni to‟g‟ri javobga olib keladi, 
o‟quvchilarning diqqat – e‟tiborini faollashtiruvchi («Bunda ayniqsa ziyrak bo‟ling!», 
«O‟ylab , yana o‟ylab ko‟ring!») so‟z va iboralarni o‟z me‟yorida ishlatiladi. 
O‟qituvchi uzun jumlalarni, murakkab og‟zaki izohlarni, qiyin atamalarni va 
zarurati bo‟lmasa, utrli ta‟riflarni ishlatmasligi lozim. Shu bilan birga o‟qituvchi shuni 
hisobga olishi kerakki, o‟qituvchining lo‟nda – lo‟nda bo‟lib chiqqan qisqa nutqi ko‟p 
hollarda o‟-quvchilarga tushunarsiz bo‟lib qolar ekan. O‟qituvchining o‟z o‟rnida 
ishlatiladigan hazil aralash va xayrihohlik bildiruvchi arzimagan kinoyali nutqi 
o‟quvchilarni juda jonlantirib, o‟quvchilar tomonidan o‟ta yaxshi qabul qilinar ekan.
Qobiliyatli o‟qituvchining nutqi jonli, obrazli, aniq - ravshan va ifodali, 
emosiyaga boy, dona – dona bo‟lib bunda stilistik va grammatik xatolar mutlaqo 
bo‟lmasligi lozim.
Bir xil ohangdagi nutq o‟quvchilarni juda tez toliqtirib, ularni zeriktiradi va 
behafsala qilib qo‟yadi. Bu bilan birga bunday nutq I.P.Pavlovning fiziologik 
ta‟limotga ko‟ra, doimiy ta‟sir etuvchan qo‟zg‟ovchiga aylanib, bosh miya katta
yarim sharlari po‟stida tormozlanish jarayonini yuzaga keltirib, o‟quvchini va 
uyquchan qilib qo‟yadi. Nutq tezligi ko‟p jihatdan o‟qituvchining individual psixologik 
xususiyatiga bog‟liq. Ayrim o‟qituvchilar tez gapirsalar, boshqalari sekin gapiradilar. 
Ammo o‟qituvchi o‟quvchilarning bilimlarini egallab olishlari uchun eng qulay 
tezlikdagi nutq o‟rtacha jonli nutq ekanligini esdan chiqarmasligi lozim. 
Shoshqoloqlik nutq bilim o‟zlashtirishiga xalaqit berib, bolalarni tez toliqtiradi 
va muhofaza qiluvchi tormozlanishni yuzaga keltiradi. O‟ta sekin nutq lanjlik va 
zerikishga olib keladi. Nutqning balandligi - qattiq gapirish ham xuddi shu singari 
hollarga olib keladi. Haddan tashqari qattiq, keskin, baqirib gapirish o‟quvchilarning
asabiga tegib, ularni tez toliqtirib, muhofaza qiluvchi tormozlanishni yuzaga keltiradi. 
Mana shu yerda sharq mutafakkirlaridan Nasriddin Tusiyning «….o‟qituvchi nutqi 
hech qachon va hech qayerda zaharli qo‟pol yoki qattiq bo‟lishi mumkin emas. Dars 
paytida o‟qituvchining o‟zini tuta olmasligi ishni buzishi mumkin”… degan nasihatini 
keltirishimiz juda muhim bo‟lardi. O‟qituvchining bo‟sh, past ovozi yomon eshitiladi 
Nutqi imo ishoralar turli keskin harakatlar tajribali o‟qituvchilarda o‟z meyorida 
ishlatiladi. Lekin bir xildagi tinimsiz harakatlarning haddan tashqari ko‟p bo‟lishi
kishining asabiga tegadi.
O‟qituvchining o‟z ishini tashkil qila bilishi deganda, uning o‟z ishini to‟g‟ri 
rejalashtirib, uni nazorat qila olishi nazarda tutiladi. Tajribali o‟qituvchilarda vaqtga 
nisbatan o‟ziga xos sezuvchanlik – ishni vaqtarbiya bo‟yicha to‟g‟ri taqsimlab, 
mo‟ljallangan vaqtdan to‟g‟ri foydalana olish ko‟nikmasi paydo bo‟ladi. Dars
davomida albatta, ko‟p hollarda vaqtni behuda yo‟qotish ham mumkin. Lekin bu
yo‟qolgan dars rejasini tuzatish zaruriyati tuzilgan hollarda bo‟lishi mumkin. Tajribali 
o‟qituvchilar vaqtni seza bilishni o‟rganish uchun dars rejasini yoki matnda vaqtni
nazorat qilish uchun belgilar olib borishni tavsiya etadilar. Jumladan: darsning 10,20, 
30 va boshqa daqiqalari davomida mabodo ko‟zda tutilmagan vaqt ortib qolgan 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin