84
Ko‟pchilik tajribali pedagoglarning aytishlaricha, o‟qituvchi o‟z fani bo‟yicha bunday
yuksak bilim saviyasiga erishish, boshqalarni
qoyil qilib hayratda qoldirish,
o‟quvchilarda katta qiziqish uyg‟ota olish uchun u yuksak madaniyatli, har
tomonlama mazmunli, keng erudisiyali (bilimdon) odam bo‟lmog‟i lozim.
Bunday o‟qituvchilar haqida o‟quvchilar: «Mahmud aka xuddi professorning
o‟zginasi – ya. Biz uning bilmagan birorta sohasi bormikin deb tez – tez o‟ylab
turamiz. Darslarga u butun vujudi bilan kirishib ketadi» deydilar. Ba‟zan o‟qituvchilar
o‟z o‟qituvchisi haqida «Baqir – chaqir qiladi – yu, ammo zarracha bilimi yo‟q» deb
butunlay teskarisini aytsalar, juda alam qiladi.
Qobiliyatli o‟qituvchi bolalarning har qanday mayda - chuyda hatti –
harakatlarida, yorqin ifodalanadigan ayrim tashqi holatlarida
hamda ularning ichki
dunyosida yuzaga keladigan o‟zgarishlarni sezdirmasdan bilib oladi. Ana shunday
hollarda o‟quvchilar:
«Muhabbat opa kimningdir kayfiyatida o’zgarishlar bo’lsa yoki
kimdir darsga tayyorlanmasdan kelgan bo’lsa ko’ziga qaraboq bilib oladi»,
deydilar.
O‟qituvchidan o‟quvchilarga uzatiladigan axborot, asosan, ikkinchi signal tizimi – nutq
orqali beriladi. Bunda mazmun jihatdan uning ichki va tashqi xususiyatlari nazarda
tutiladi. («Biz uchun adabiyot o‟qituvchimiz – Nazira opaning darsini eshitishdan katta
lazzat yo‟q. Nazira opamlar shu qadar yaxshi va
chiroylik qilib gapiradilarki, hatto
tanaffusga chalinadigan qo‟ng‟iroq ham xalaqit beradi»).
Darsda qobiliyatli o‟quvchining nutqi hamma vaqt o‟quvchilarga qaratilgan
bo‟ladi. O‟qituvchi yangi
materialni tushuntiradimi, o‟quvchilar javobini sharhlab
beradimi, o‟quvchilar javobini, ularning xatti – harakatlari
yoki xulq - atvorini
ma‟qullaydimi yoki tanbeh beradimi, xullas nima qilishidan qat‟iy nazar, nutqi
hamma vaqt o‟zining
ishonchliligi, jozibadorligi kabi ichki quvvat bilan alohida
ajralib turishi lozim.
O‟qituvchi nutqi, uning talaffuzi aniq, ravshan, oddiy va o‟quvchilar
uchun
tushunarli bo‟lishi kerak.
Beriladigan axborotlar shunday tuzilishi kerakki, bunda o‟quvchilarning fikru –
zikri va diqqat – e‟tiborini faollashtiradigan bo‟lsin. Buning uchun esa o‟qituvchi
Dostları ilə paylaş: