76
O‟qituvchining o‟z ishidan nimanidir kutayotganligining o‟ziyoq muhim ahamiyatga
egadir, mana shu tariqa kutishlar, garchand jamiyat tomonidan o‟qituvchiga
qo‟yiladigan talablarga kelsada, o‟ziga xos xususiyatlarga ega bo‟ladi. Lekin bu
talablar hamma vaqt tarbiya ham bir – biriga mos kelmasligi mumkin. Psixologlar
tomonidan olib borilgan tadqiqotlarning ko‟rsatishicha xalq ta‟limi bo‟limlari va
maktab derktorlari o‟qituvchining ayrim xislatlari naqadar muhimligini har xil
baholaydilar. Jumladan, xalq ta‟limi bo‟limlarining mudirlari o‟qituvchidan birinchi
navbatda o‟z fanini yaxshi bilishini va dars berish metodikasini mukammal
o‟zlashtirishini talab qilsalar, maktab direktorlari o‟qituvchiga qo‟yiladigan bunday
talablarni uchinchi o‟ringa qo‟yadilar. Shu bilan birga xalq ta‟limi bo‟limlarining
mudirlari o‟qituvchilarning o‟quvchilar va ota – onalar, maktab jamoasi bilan qanday
muloqotda bo‟lishini bilishini naqadar ahamiyatga ega bunday xislatlarni o‟qituvchi
shaxsiga qo‟yiladigan talablar ichida birinchi o‟ringa qo‟yadilar.
Dostları ilə paylaş: