74
Reja:
1. Jamiyatda o‟qituvchining tutgan o‟rni va vazifalari.
2. O‟qituvchiga qo‟yiladigan talablar.
3. O‟qituvchining kasbiga xos xislatlari.
4.Pedagogik qobiliyat.
Hozirgi sharoitda jamiyatning maktab oldiga qo‟yayotgan
talablari kun sayin
ortib bormoqda va bu talablarni amalda to‟g‟ri hal qilish vazifasi o‟qituvchiga
bog‟liqdir. Zamonaviy maktab o‟qituvchisi qator vazifalarni bajaradi. O‟qituvchi –
sinfdagi o‟quv jarayoni tashkilotchisidir. O‟qituvchi o‟quvchilar uchun dars paytida,
qo‟shimcha darsalarda va shu bilan birga darsdan tashqari
hollarda ham kerakli
maslahatlar berishda bilmlar manbaidan biridir. Ko‟pchilik o‟qituvchilar sinf rahbari
vazifasini bajarib, tarbiya jarayonini tashkilotchilari bo‟lib hisoblanadilar.
Zamonaviy o‟qituvchi ijtimoiy psixolog bo‟lmasligi mumkin emas.
Shuning
uchun ham o‟quvchilar to‟g‟risidagi o‟zaro munosabatlarni yo‟lga sola olishi, bolalar
jamoasida ijtimoiy – psixologik mexanizmlardan foydalanishni bilishi zarurdir.
Ma‟lumki, pedagogik faoliyat - kishi mehnatining eng murakkab sohalaridan
biridir. Jamiyat tomonidan qo‟yiladigan talablardan eng muhimi o‟qituvchining shaxsi
va uning kasbi bilan bog‟liq xislatlariga qaratilgan.
Dostları ilə paylaş: