68
Inson shaxsining tarkib topishida tashqi ijtimoiy muhitning rolit haqida gap
borar ekan, shuni ham ta‟kidlab o‟tish zarurki, ayrim g‟ayri tabiiy hodisalar inson
shaxsining tarkib topishida tashqi muhit ta‟sirining hal qiluvchi ahamiyatga ega
ekanligini to‟la tasdiqlaydi. Biz ayrim tasodifiy hollarda odam bolalarining yovoiy
hayvonlar muhitigia tushib qolish hodisasini nazarda tutayapmiz. Hayotda bunday
hodisalar djuda siyrak bo‟lsa ham har holda uchrab turadi. Masalan hindistonlik doktor
Sing Kalkutta yaqinidagi o‟rmonzorda bo‟ri bolalari bilan birga ikkita odam
bolasining ham to‟rt oyoqlab yugurib yurganini ko‟ribqoladi.
Keyin ularni poylab,
qarorgohlarini topib, bolalarini olib ketadi. Ulardan biriga Amala ikkinchisiga Kamala
deb nom qo‟yadi. Shunarsa harakterliki, bolalar yoshlikdan bo‟ri muhitiga tushub
qolganliklari tufayli, fe‟l – atvorlari hatti – harakatlari, jihatdan bo‟rilardan farq qilmas
edilar.Nutq yo‟q demak tafakur ham nihot darajada cheklangan edi. Juda katta
qiyminchiliklar bilan qayta tarbiyaalanilayotgan bo‟ri muhitidagi bolalar shamollash
natijasida o‟lib qoladilar. Bu hodisa odamning shaxs sifatida rivojlanishi uchun eng
avval insoniy muhit, ya‟ni ijtimoiy muhit bo‟lishi kerakligini to‟la tasdiqlaydi.
Shaxs va uning psixologiyasiga ta‟sir etuvchi ikkinchi omil – ta‟lim –
tarbiyaning tizimidir. Ma‟lumki, ta‟li – tarbiya inson ongini shakllanitradi, uning
dunyo qarashi, e‟tiqodi, hayotga bo‟lgan munosabatini tarkib toptiradi. Agar
bolalarning ruhiy taraqqiyotlari va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topishi faqat
tashqi
ijtimoiy muhit bilan, ta‟lim – tarbiyaning o‟zigagina bog‟liq bo‟lganda edi,
unday paytda biz bir xilda sun‟iy va aynan bir xil ta‟lim – tarbiya sistemasini tashkil
qilib, har tomondan babbaravar taraqqiy etgan va deyarli bir shaxsiy xususiyatlarga ega
kiishilarni yetishtirib chiqarar edik. Vaa holanki, bunday bo‟lishi mumkin emas, shuni
aytib o‟tish kerakki bola shaxsining tarkib topishiga ta‟li m- tarbiyaning ta‟siri
degvanda, albatta birinchi navbatda tarbiya muasssalarida, ya‟ni bog‟cha,maktab,
initernat, letsiy va kollejlarda beriladigan ta‟lim – tarbi tushuniladi. Biroq bunday
oilada bolaga beriladigan ta‟lim – tarbiya mutloqo mustasno emas. Oiladagi umumiy
ijtimoiy muhitdan tashqari oilada beriladigan ta‟lim – tarbiyaning roli kattadir. Bola
tarbisi bilan sistemali shug‟ulnadigan va umuman shug‟ullanmaydigan oilalarga
misollar keltirish mumkin.
Yuqorida ayti b o‟tiligan ikkita omildan tashqari uchinchi omil ham mavjud – bu
nasliy husuiyatlardir.Odamga nimalar nasliy beriladi? Odamga nasliy yo‟l bilan ayrim
anatomik va biologik hususiyatlari beriladi. Masalan tana tuzulishi sochi va
ko‟zlarining rangi ovozi gapirish uslublari ayrim harakatlari tug‟ma berilishi mumkin.
Lekin shuni he qachon esdan chiqarmaslik kerakki, odamga
hech vaqtarbiya uning
psixik xususiyatlari, ya‟ni uning aqliy tosmonlari bilan bog‟liq bo‟lgan sifatlari nasliy
yo‟l bilan, ya‟ni tug‟ma ravishda berilmaydi. Nixoyatda nodir hollarda ayrim
qobilyatlar, amasalan musiqa , matematik qobilyatlariga nasliy yo‟l bilan byuerilishi
mumkin.
Odamning ruhiy taraqqiyoti va shaxsiy xususiyatlarining tarkib topiishi haqida
gapirar ekanmiz, yana bir muhim narsa ustida to‟xtab o‟tish kerak. Hozirgi kunda tez –
tez akselerasiya termenini ishlatayapmiz. Xo‟sh akselerasiya bu nia? Akselerasiya –
«tezlatish» degan ma‟noni anglatid. Hozirgi kunda bolalarni ham jismoniy, ham ruhiy
jihatdan juda jadallik bilan rivojlanayotganliklarining guvohi bo‟lib turibmiz. Xo‟sh
buning sababi nima? Albatta, bunga turli fikrlar bor.Ayrim olimlar akselerasiyaning
sababini ilmi- texnika bilan bog‟lab tushuntirishga intilmoqdalar. Ularning fikricha
69
ilmiy – texnikaning juda jadal tempi bilanrivojlanishi insoniyatning oldiga misilsiz
ko‟p informasiyalarni idrok qilish va fikrda qayta ishilash talablarini qo‟ydi.Bu talab
o‟z navbatida insonni har tomonlama, ya‟ni
ham jismoniy , ham psixiuk djihatdan tez
rivojlanishiga olib keldi.YUqorida aytib o‟tilgan olimlarning fikricha, akselerasi – bu
20 asrning ikkinchi yarmiga xos bo‟lgan xodisadir.
«Tarbiyasi qiyin» bolalar psixologiyasi
«Tarbiyasi qiyin» bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir. L.S. Vigotskiy
fikricha, «qiyin» o‟smir xayoti munosabatlar xarakterining natijasidir.
Bular avalo qaysar, injiq bollar, ularni qiziqarli faolyat turiga tortish, ularni
tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir.
Ularning ma‟sul bir qismi intizomsiz, qo‟pol bolalardir. Ularning aktivligini
maqsadga muvofiq o‟zgartirish, ularga ba‟zi xuquqlarni berish yo‟li bilan ularga
ta‟sir o‟tkazish mumkin.
Psixologiyada «Tarbiyasi qiyin» bolalarning bir qancha klassifakasiyalari mavjud.
Birinchi guruh –
ijtimoiy, salbiy
mustahkam
qarashlari ega
bolalar;
Ikkinchi
guruh -
qonunbuzarla
raga taqlid
qiliuvchilar.
Uchinchi guruh –
ijobif va salbiy xulq -
atvor streotiplari
o‟rtasida
ikkilanuvchi, o‟z
xatolarini
tushunuvchi
bolalardir.
To‟rtini
guruh-
irodali
bolalarga
bo‟ysunuv
chilar.
Beshinchi
guruh
-
qonunbuzarl
ik
yo‟liga
tasodifan
kirib
qolganlar.
Shuni
aytish lozimki, tarbiyasi og‟ir bolalar uchun ular yashayotgan muhit,
oila, ular o‟qiyotgan jamoa, sinfning roli juda kattadir.
Tarbiya jarayoning samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar tarbiyali
bo‟lim – bu xulq - atvorini nazorat qilishdan iboratdir: bunday nazorat qilishdan
iborat: Bunday nazorat inson yomon hatti – harakatlarni bajarmaslik imkoniyatini
beradi.
Agar shaxs xulq atvorini axloqiyligi haqida qayg‟ursa,u ijtimoiylashuvga
erishgan bo‟ladi.
Tarbiyalanganlik ijtimoiylashuvini o‟rganish jarayoni sifatida qaraladigan yosh
psixologiyasida olingan natijalarda asoslanadi: Bola o‟zini egosentirik emas, balki
tarbiyali tutishi uchun tarbiyalanganlik qanday rag‟batlantirilishi kerak? Tarbiya o‟z
mohitiga ko‟ra ijtimoiy jihatdan ijobiy ehtiyojlarni hosil qilishdir. Agar ta‟lim
shaxsning ongini shakllantirish bo‟lsa, tarbiya uning ongsizlik sferasiga ta‟sir
etishdir. Bolalarga ularni tarbiyalaydiganlarga hissiy yaqinlik hos. Odatda 6 oylik
bolalar unga g‟amxo‟rolik qiladigan ota – onasiga bog‟lanib qoladilar. Ota – onaning
oldida bo‟lish, ular bilan muloqotda bo‟lish bolalarga
juda yoqadi, ularning yo‟qligi
bolaga yoqmaydi. Ota – onaning g‟amxo‟rligini bildiradigan so‟zlar hatti – harakatlar
bola uchun juda katta ahmiyatga ega, uni erkalamaslik, suymaslik salbiy ahamiyatga
ega bo‟ladi. Xulq - atvorning dastlabki ijtimoiylashuvi xuddi shu o‟rganish jarayoni
orqali sodir bo‟lishi mumkin: xulq - atvorning istalgan shakllari g‟amxo‟rlik va e‟tibor
bilan tag‟dirlanadi, kutilmagan shakllari esa qo‟llab - quvvatlanmaydi. Lekin, yaxshi
70
xulq - atvolrni rag‟batlantirish va yomon xulq atvor uchun jazolash axloqiy
ijtimoiylashuvining kichik bir qismidir. Biz ko‟rib chiqqan xulq - atvor hamma
bolalarga ham taluqli emas.
Bolalarni tarbiyalash samaradorligini oshirishda anana vam urf odatlarning roli
katta.
Xalq urf odatlari, ananalari va marosimlari katta trabiyaviy ahamiyatga egadir.
Ular odamlarni bir – biriga yaqinlashtiradi, do‟stlik birodarlik his tuyg‟ularini
rivojlantiradi. Bular o‟z navtaida yoshlar uchun ibrat namunasini o‟taydi.
Mustaqil jamiyatning baxt – saodati yo‟lida halol mehnat qilish: jamiyat
boyligini saqlash va ko‟paytirish yo‟lida har bir kishining tinmay g‟amxo‟rlik qilishi,
ijtimoiy burchni yaxshi anglash; Jamiyat xayotida va
shaxsiy hayotda halollik va
rostgo‟ylik, axloqiy sofdillik, odamiylilik va kamtarlik milliy va irqiy adovatlarga
aslo yo‟l qo‟ymaslik va shu kabilar tarbiya jarayoninining muhim hislatlaridir.
Tarbiya jarayonida g‟amxo‟rlikning funksiyasi kattadir. Boalalar befarq otana
oanalarga nisbatan g‟amxo‟r otana onaga ko‟proq taqlid qiladilar. G‟amxo‟r ota –
oanalar bolaning saliby xulq atvoirini qo‟llab quvatlamaganda bola o‟z hatti –
harakatlarining oqibatini ertaroq anglaydi.
Tarbiyaviy jarayonni amalga oshirishda g‟amxo‟rlik bilan bir qatorda yaxshi
ko‟rishga asoslangan intizomga rioya qilish zarurdir. Bu bola bilan doimiy muloqotni –
tushuntirishni, muhokama qilishni agar bolaning xulq - atvori shuni talab qilsa og‟zaki
tanbeh berishni yaxshi xulq - atvor uchun taqdirlashni nazarda tutadi.
Dostları ilə paylaş: