63
qoidalarga tayanishi lozim:
1
O‟quv jarayonini
shunday tashkil etish lozimki, bunda o‟quvchi faol
harakat qilishi, mustaqil izlanishi, yangi bilmlarni o‟zi
kashf etishi va
muammoli xarkteridagi masalalarni yechish uchun sharoit izlashi kerak.
2
O‟quvchilarga bir xil o‟qitish usullari va bir turdagi ma‟lumotlarni
berishdan qochish kerak
3
O‟rgatilayotgan fanga nisbatan qiziqishning namoyon bo‟lishi uchun ayni
shu
fan yoki bilim, o‟quvchining o‟zi uchun qanchalik ahamiyatli va
muhim ekanligini bilish kerak
4
Yangi material qanchalar o‟quvchi tomonildan avval o‟zlashtirilgan bilmlar
bilan bog‟liq bo‟lsa, u o‟quvchi uchun shunchalik qiziqarli bo‟ladi
5
Haddan ziyod qiyin materiallar o‟quvchida qiziqish uyg‟otmaydi.
Berilayotgan bilimlar o‟quvchinig kuchi yetadigan darajada bo‟lish kerak
O‟qituvchi o‟rganilayotgan mavzu yoki bilimining ahamiyatini ko‟rsatish,
o‟quvchiing o‟quv faolligini oshirish
uchun qiziqarli misollar, aqliy o‟yinlardan
kengfoydalanishi lozim. Lekin, ta‟limdagi har bir beriladigan bilim yorqin, qiziqarli
bo‟lavermaydi, shuning uchun o‟quvchilarda iroda, qat‟iylik, mehnatsevarlik kabi
xislatlarning kamol toptirilishi nihoyatda zarurdir. Ana shu xislatlar o‟quvchining
kelgusida o‟z-o‟zini
nazorat qilishga, o‟z-o‟zini baholashga va mustaqil ta‟lim
olishga asos bo‟lish kerak.
Muammoli topshiriq: O`quvchi maktabdan nima olib ketishi kerak?
NAZORAT UCHUN SAVOLLAR:
1.
O‟quv faoliyati va uning elimentlari nimalardan iborat.
2.
Ta‟lim jarayonida bilimlarni o‟zlashtirish nimaga bog‟liq.
3.
O‟qish motivlari.
4.
Ta‟lim faoliyatiga ko‟ra ta‟limning qanday metodlari mavjud.
5.
O‟quv faoliyatini boshqarish.
6.
Ko‟nikma va malakalar ta‟lim jarayonida qanday shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: