Ta’lim sohasi: 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi



Yüklə 1,94 Mb.
səhifə123/174
tarix11.06.2023
ölçüsü1,94 Mb.
#128330
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   174
Ta’lim sohasi 110000 – Pedagogika Ta’lim yo`nalishi

Evristik ta’lim metodini qo’llashda o’qituvchi tomonidan turli vositalar yordamida yangi bilimlarni izlab topish talab etiladi. O’qituvchi bilimlarning bir qismini o’quvchilarga ma’lum qiladi, qolganini esa o’quvchilar bilish topshiriqlarini yechish jarayonida savollarga javoblar topish asosida o’zlashtiradi, o’zlari bilimlarni mustaqil egallashadi. O’qituvchi tomonidan qo’yilgan masalani bir necha qarashlarga ajratilishi, ularni bajarishda o’quvchilarning ketma-ketlikka rioya etishlari muhim metodik jihat sanaladi. SHu bois mazkur metod qisman izlanuvchan metod ham deb ataladi.
Evristik metodni qo’llashda o’qituvchi va o’quvchilar tomonidan quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:



O’qituvchi faoliyatining tuzilmasi

O’quvchi faoliyatining tuzilmasi

o’quvchilarni masalaning mohiyatini o’rganishga jalb etish;
echim rejasini aniqlashda mulohaza yuritish namunasini ko’rsatish;
masalani bosqichlarga ajratish;
-evristik suhbat

evristik suhbatda qatnashish;
masalani yechish rejasini olg’a surish;
izlanuvchan harakat usullarini egallash;
masalalar yechish yo’llarini izlab topish

Muammoli metodning mohiyati mashg’ulotlar jarayonida muammoli vaziyatlarni yaratish va yechishdan iborat bo’lib, uning asosida didaktik ziddiyatlar yotadi. Ziddiyatlarni bartaraf etish nafaqat ilmiy bilish yo’li shu bilan birga o’quv yo’li hamdir.
Muammoli ta’lim kontseptsiyasining asosiy tushunchalari «muammoli vaziyat», «muammo», «muammoni topish» kabilar hisoblanadi.

Chizmadan anglanadiki, muammoli vaziyat bu metodning dastlabki ko’rinishi hisoblanib, o’zida sub’ektning aniq yoki qisman tushunib yetilgan muammoni ifodalaydi, uni bartaraf etish yangi bilimlar, usullar va harakat ko’nikmalarini o’zlashtirishni taqozo etadi.


Agar o’quvchida qiyinchiliklarni yo’qotish yo’llarini izlab toppish uchun boshlang’ich ma’lumotlar bo’lmasa, shubhasiz, muammoli vaziyat yechimini qabul qilmaydi, ya’ni, muammoning yechimi uning ongida aks etmaydi. Fikrlash muamo mohiyatini tushunib yetilishi, ifodalanishi, mavjud bilim va ko’nikmalar majmuasi va izlanish tajribasi asosida muammoli vaziyatni qabul qilish bilanoq boshlanadi. Bu holda muammoli vaziyat muammoga aylanadi. Har bir muammo muammoli vaziyatni o’zida namoyon etadi, biroq, barcha muammoli vaziyat muammoga aylanavermaydi.
Mazkur metoddan foydalanish jarayonida muammo yechimini topishga yordam beruvchi yo’nalishlar ko’rsatilmaydi va chegaralanmaydi. Bu xususiyat muammoli masalaga xosdir. Muammoda yechimning qanday dirparametrlari ko’rsatilsa, u muammolimasalahisoblanadi. Harqandaymuammolitopshiriqma’lummuammoni, demak, muammoli vaziyatni ham qamrab oladi. Biroq, yuqorida ta’kidlanganidek, barcha muammoli vaziyat muammo bo’la olmaydi. Inson har doim muammoli masalalarni hal etadi. Agar uning oldida muammo paydo bo’lsa, uni muammoli masalaga aylantiradi, ya’ni, uning yechimi uchun o’zidagi bilimlar tizimiga tayanadi va ma’lum ko’rsatishlarni belgilab oladi. Muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda u boshqa ko’rsatkichlarni qidiradi va shu muammo bo’yicha yangi variantlardagi masalalarni loyihalaydi.



Yüklə 1,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   119   120   121   122   123   124   125   126   ...   174




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin