Ta’lim tizimini moliyalashtirish amaliyoti U. Yu. O’roqov Sh. B. Abdulazizov B. R. Amirqulov Toshkent moliya instituti



Yüklə 395,96 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/5
tarix04.04.2023
ölçüsü395,96 Kb.
#93346
1   2   3   4   5
ta-lim-tizimini-moliyalashtirish-amaliyoti

4

 
Ko‘rsatkichlar nomi 
O‘lchov 
birligi 
Yillar kesimida 
2030 yilgacha 
erishiladigan 
natija 
2022 
2023 2024 
2025 

«Zamonaviy maktab» darajasiga keltiriladigan 
umumta’lim maktablari 
foizda 
5% 
10% 
17% 
20% 
50% 

Tashkil etiladigan nodavlat umumta’lim 
muassasalari, shu jumladan davlat-xususiy 
sheriklik asosida 
sonda 
72 
100 
180 
237 
500 
3
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi tizimini 2030 
yilgacha rivojlantirish kontsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmoni 
4
O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish kontseptsiyasining ilovasi asosida magistrant 
tomonidan tayyorlandi 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF)
July 2022 / Volume 3 Issue 7
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
394



Umumta’lim maktablarida o‘quvchilarning 
ta’lim olishini bir navbatga (smenaga) o‘tkazish 
foizda 
40% 
43% 
48% 
50% 
60% 

Moddiy-texnika 
bazasi 
yaxshilangan 
umumta’lim muassasalari 
foizda 
25% 
30% 
35% 
40% 
100% 

Isitish tizimi to‘liq ishlaydigan umumta’lim 
maktablari 
foizda 
100% 100% 100% 100% 
100% 

Umumta’lim maktablarini toza ichimlik suvi 
bilan 
ta’minlash 
(maktablarni 
tashib 
keltiriladigan uzluksiz suv manbai bilan 
ta’minlash) 
foizda 
80% 
85% 
95% 
100% 
100% 
Maktab o‘quvchilarining bilimi va ko‘nikmalarini shakllantirish, ularni milliy 
hamda umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik ruhida tarbiyalash, o‘qituvchi kasbi 
nufuzini va pedagoglarning sifat tarkibini oshirish, darsliklar va o‘quv metodik 
majmualarni zamon talablari asosida takomillashtirish, xalq ta’limi muassasalarining 
xalqaro standartlarga javob beradigan zamonaviy modellarini barpo etish maqsadida, 
shuningdek, 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot 
strategiyasini «Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili»da amalga oshirishga oid 
davlat dasturiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026 
yillarda xalq ta’limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” 
Farmoni qabul qilindi
5

Farmonga ko‘ra, 2022 yil 1 sentyabrdan boshlab Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi 
umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida: 
a) umumta’lim fanlari bo‘yicha tegishli darajadagi sertifikatga ega bo‘lgan 
pedagog kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama quyidagi tartibda to‘lanadi: 
– xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga — ularning 
tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz miqdorida; 
– xalqaro standartlar talablariga javob beradigan milliy baholash tizimida 
olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga - ularning tarif stavkasiga nisbatan 
50 foiz miqdorida. Bunda, milliy baholash tizimining xalqaro standartlar talablariga 
javob berishi vakolatli xalqaro tashkilotlar tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi lozim; 
– yuqorida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan Davlat test markazining 
milliy baholash tizimida olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga - ularning 
tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida (chet tili bo‘yicha sertifikatlar bundan 
mustasno); 
b) yuqorida ko‘rsatilgan talablarga muvofiq bo‘lmagan Davlat test markazining 
milliy baholash tizimida chet tili bo‘yicha olingan sertifikatga ega bo‘lgan pedagog 
kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama: 
– 2025 yil 1 yanvarga qadar - ularning tarif stavkasiga nisbatan 50 foiz 
miqdorida; 
5
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 11-maydagi “2022 - 2026 yillarda xalq ta’limini rivojlantirish 
bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” PF-134-son Farmoni 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF)
July 2022 / Volume 3 Issue 7
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
395


– 2025 yil 1 yanvardan boshlab - ularning tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz 
miqdorida to‘lanadi; 
v) har oylik qo‘shimcha ustama sertifikat amal qilish muddati davomida, lekin 
uch yildan ko‘p bo‘lmagan vaqt mobaynida to‘lanadi; 
g) umumta’lim fanlari bo‘yicha bir nechta sertifikatga ega bo‘lgan pedagog 
kadrlarga har oylik qo‘shimcha ustama yuqoriroq ustama olish huquqini beruvchi 
sertifikat bo‘yicha to‘lanadi. 
Ta’lim tizimining moliyalashtirish mexanizmining muhim elementi bo‘lib 
moliyalashtirish manbalari hisoblanadi. Bugungi kunda jahon amaliyotida ta’lim 
muassasalarini moliyalashtirishda 2 ta manbadan foydalaniladi:
– byudjet mablag‘lari;
– byudjetdan tashqari mabalag‘lar.
Quyida xorijiy mamlaktlarda ta’lim tizimini davlat byudjetidan moliyalashtirish 
holati malakatimizdagi ko’rsatkich bilan qiyosiy-solishtirma tahlili keltirilgan (2-
rasm). 
2-rasm. Davlat byudjeti xarajatlari tarkibida ta’lim xarajatlarining ulushi, foizda
6
Ushbu rasm ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, mamalakatimizda ta’lim sohasiga 
ajratilayotgan mablag’larning davlat byudjetidagi ulushi bir qator xorijiy 
mamlakatlardan qariyb 2-3 barobar ko‘proq ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Masalan, 
bu ko’rsatkich Italiya, Yaponiya, Fransiya, Germaniya davlatlaridagi ko’rsarkichdan 
o’rtacha 3 marta, AQSH, Buyuk Britaniya, Kanadagi ko’rsatkichdan esa qariyb 2 marta 
ko’pligini ko’rishimiz mumkin. 
YaIM tarkibida ta’lim xarajatlarining ulushini ilg‘or xorijiy mamlakatlar bilan 
solishtiradigan bo‘lsak, quyidagi vaziyatga guvohi bo‘lamiz (3-rasmga qarang). 
6
A.Sherov. Олий таълим муассасаларини бюджет маблағлариҳисобидан молиялаштиришни такомиллаштириш 
йўллари. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences.2021 
"Science and Education" Scientific Journal / Impact Factor - 3.567 (SJIF)
July 2022 / Volume 3 Issue 7
www.openscience.uz / ISSN 2181-0842
396


3-rasm. YaIM tarkibida ta’lim xarajatlari ulushi, foizda
7
3-rasm ma’lumotlaridan ham ko’rinib turibdiki, mamlakatimizda ta’lim tizimini 
moliyalashtirish xarajatlari davlat ijtimoiy siyosatiga hamihang ravishda katta 
salmoqqa ega bo’lmoqda. Zero, mamlakatda ta’lim tizimini isloh qilish va yanada 
rivojlantirish bevosita mazkur sohani moliyaviy resurslar bilan ta’minlanganlik 
darajasiga ham bevosita bog‘liqdir. Shularni hisobga olgan holda, davlatimiz o‘z 
mustaqilligiga erishgan dastlabki yillardan boshlab ijtimoiy soha va aholini qo‘llab-
quvvatlashga katta e’tibor berib kelmoqda. Har yili ijtimoiy sohaga davlat byudjetidan 
ajratiladigan mablag‘larning ulushi jami xarajatlarning o‘rtacha 52-55f oizini tashkil 
etadi.
2020 yilda davlat byudjeti xarajatlarining 51,5 foizini ijtimoiy xarajatlar tashkil 
etgan bo‘lib, 65 048,5 mlrd so‘m miqdordagi tasdiqlangan parametrda 74 231,8 mlrd 
so‘m hisobida ijrosi ta’minlandi. Ijtimoiy xarajatlar tarkibida sezilarli miqdordagi 
mablag‘lar ta’lim sohasiga yo‘naltirilmoqda va yo‘naltirilishda davom etmoqda. 
Ijtimoiy soha xarajatlari oshirilmoqda, 2021 yilda ushbu yo‘nalishlarga 86 622 mlrd 
so‘m yoki jami xarajatlarning 52 foizi rejalashtirilgan. 2022 yilda davlat byudjeti 
xarajatlarining yarmi - 105 199,5 mlrd so‘m yoki umumiy xarajatlarning 49,0%i 
ijtimoiy sohaga va aholini ijtimoiy himoya qilishga yo‘naltiriladi. Ijtimoiy xarajatlar 
tarkibida eng katta ulushni esa ta’lim xarajatlari tashkil etmoqda (3-jadvalga qarang).
3-jadval
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining ijtimoiy soha xarajatlari tahkibida 
ta’lim xarajatlari salmog‘i (mlrd. so‘m)
8
№ 
Ko‘rsatkichlar 
2017 y. 
2018 y. 
2019 y. 
2020 y. 
2021 y. 
2022 y. 
1. 
Davlat byudjetining
jami xarajatlari
49344 
79736 
118009 
144142,7 
165879 
214799,6 
1.1 
Ijtimoiy xarajatlar 
27223 
42883 
63542 
74 231,8 
86622 
105199,5 

Yüklə 395,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin