ΔtM=km/Mbundan M=km/ΔtM Masalan, 1000 g suvda 4,37 g spirt eritllganda muzlash haroratining pasayishi 0.177°C bo’ldi. Ma'lumki, suv uchun K=1,86. Bularni formulaga qo’ysak,
M=1.86·4.37/0.177=46
Tajribada molekulyar massasi krioskopik usulda aniqlash uchun 3rasmda tasvirlangan asbobdan foydalaniladi.
Idish 1 ga tarozida tortilgan erituvchi quyiladi.Idish 3 ga harorati erituvchining muzlashharoratidan ancha past bo’lgan sovituvchi aralashma solinadi. Idish 1 dagi suyuqlikni asta-sekin va bir me'yorda sovitish maqsadida uning atrofida havo bo’shlig‛i hosil qilish uchun unga keng probirka 2 kiydirilgan. Harorattermometr 4 bilan o’lchanadi. Sovituvchi aralashmani aralashtirgich 6 bilan va 1 idishdagi erituvchini aralashtirgich 5 bilan aralashtirib turib toza erituvchining muzlashharorati aniqlab olinadi. So’ngra asbobning yon tomonidagi 7 nayi orqali tarozida tortilgan modda solinadi. Yaxshi aralashtirib, sovitiladi va eritmaning muzlashharorati aniqlanadi. Ikkala o’lchashdagi farqdan muzlashharoratining pasayishi aniqlanadi va bu qiymatni yuqoridagi formulaga qo’yib erigan moddaning molekulyar massasi topiladi.
O smotik bosimni ham krioskopik usulda aniqlash mumkin. Buning uchun muzlashharoratining pasayishi formulasi ΔtM=KC dan kontsentratsiya (C) qiymatini Vant-
Goff formulasi (π=RCT) ga qo’yamiz:
π=RTΔtM/K
2-rasm. Molekulyar massani krìoskopik usulda aniqlash asbobi. Suvdagi suyultirilgan eritmalar uchun R, T vaK ning son qiymatlarini bu formulaga qo’ysak, eritmaning osmotik bosimini krioskopik usulda aniqlash tenglamasi kelib chiqadi:
Tegishli erituvchilarda eritilganda qarama-qarshi zaryadlangan zarrachalarga- ionlarga dissotsilanadigan (ajraladigan) moddalar eiektvazifasitlar deyiladi. Molekulalarining qancha qismi ionlarga ajralishiga (dissotsilanish darajasiga) qarab elektrolitlar kuchli, o’rtacha va kuchsiz elektrolitlarga bo’linadi. Erituvchilarda eritilganda molekulalari ionlarga ajralmaydigan moddalar noelektrolitlar deyiladi.