Vant-Goff Yakob Xendrik (30.VIII.1852—1.III.1911), gollandiyalik kimyogar. Delft politexnika maktabida, Parij oliy meditsina maktabida, Utrext, Bonn va Leyden universitetlarida ta'lim olgan. Amsterdam (1878—1896) va Berlin (1896—1911) universitetlarida professor bo’lib ishlagan. Fizik kimyo va stereokimyo faniga asos soluvchilardan biri. Organik birikmalar molekulasidagi atomlarning fazoviy joylashish nazariyasini birinchi bo’lib ta'rifìab berdi.
Allen birikmalarda izomeriya bo’lishini oldindan aytib berdi. Kimyoviy reaksiyalarning sinflanishini va haroratni 10°C ga ko’tarilganda reaksiya tezligi 2-4 marta oshishini aniqladi (Vant-Goff qoidasi).
Suyultirilgan eritmalardagi moddalarning miqdoriy nazariyasini yaratdi.Suyuqlikdagi osmotik bosim qonunini kashf qildi, bu qonun Vant-Goff qonuni deyiladi.1901 yil Nobel mukofotiga sazovor bo’ldi. Vant-Goff Peterburg fanlar akademiyasining muxbir a'zosi va boshqa ko’pchilik fanlar akademiyalari a'zosi edi.
Erituvchi va eritma ustidagi bosimning haroratga bog’liqligi.
Raul qonuni
Ma'lumki, har qanday suyuqlik ustidagi bosim deyilganda uning to’yingan bug‛ bosimi tushiniladi.Suyuqlikning to’yingan bug‛ bosimi berilgan haroratda o’zgarmas kattalikdir.Harorat ko’tarilishi bilan har qanday moddaning to’yingan bug‛ bosimi ortadi. Bunga sabab, avvalo harorat ko’tarilishi bilan molekulalar harakatining o’rtacha kinetik energiyasi ortishi va natijada suyuqlik molekulalarining o’zaro tortishish kuchini yengib, suyuqlikdan ajraladigan va bug‛ga o’tadigan molekulalar sonining ko’payishidir. Ikkinchidan, bug‛lanish endotermik jarayon, ya'ni u issiqlik yutilishi bilan boradi, shu sababli harorat ko’tarilganda to’yingan bug‛ bosimi ortadi. Bu fikrlar, asosan, sof erituvchilar uchun to’g‛ri keiadi. Eritma ustidagi bug‛ bosimi esa harorat bilan bir qatorda shu eritrmadagi erigan.moddaning miqdoriga ham bog‛liq bo’ladi. Erituvchinmg eritma ustidagi to’yingan bug‛ bosimi toza erituvchining ustidagi bug‛ bosimidan doimo kichik bo’ladi.Eritmaning kontsentratsiyasi qancha yuqori bo’lsa, uning ustidagi bug‛ bosimi shuncha kichik bo’ladi.Chunki, kontsengratsiya ortgan sari eritmaning hajm birligida erituvchining miqdori kamaya boradi5.
Fransuz olimi Fransua Mari Raul (1830-1901) kam uchuvchan moddalarning suyultirilgan eritmalari uchun.quyidagi qonunni kashf etdi: erituvchining suyultirilgan eritma ustidagi to’yingan bug‛ bosiminingnisbiy pasayishi erigan moddaning molyar qismiga teng:
(P10 -P1)/P10=N2
bundaP10 - toza erituvchining to’yingan bug‛ bosimi, P1 - uning eritma ustidagi to’yingan bug‛ bosimi; N2 — erigan moddaning molyar qismi.