Ta’lim to’g’risidagi qonun. Mavzuning maqsadi va vazifalari


Eritmalarning konsentratsiyasini ifodalash usullari. Konsentratsiya haqida umumiy ma’lumot



Yüklə 270,99 Kb.
səhifə15/22
tarix28.11.2023
ölçüsü270,99 Kb.
#169390
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
2 5303311611488906251

2.3.Eritmalarning konsentratsiyasini ifodalash usullari. Konsentratsiya haqida umumiy ma’lumot.
Ma'lum miqdordagi (og’irlik yoki hajmdagi) eritmada erigan moddaning miqdoriga (og’irlik yoki hajmiy) konsentratsiya deyiladi.
Konsentratsiyani ifodalashning bir necha miqdoriy usullari ma’lum.
1. Foiz konsentratsiya (erigan moddaning massa ulushi (ω))– bu eritmaning 100 birlik massasida erigan moddaning massalar soni yoki grammlar soni bilan belgilanadi.
2. Molyar konsentratsiya – 1 litr eritmada erigan moddalarning mollar soni bilan belgilanadi.
3. Ekvivalent yoki normal konsentratsiya – 1 litr eritmada erigan moddaning ekvivalentlar soni bilan ifodalanadi.
4. Molyal konsentratsiya – 1000 g erituvchida erigan moddaning mollar soni bilan ifodalanadi.
5. Normal konsentratsiya. 1000 ml yoki 1 litr eritmada erigan moddaning ekvivalentlar miqdoriga normal konsentratsiya deyiladi. Uni shartli ravishda CN yoki N bilan ishoralanadi6.
Konsentratsiyani erigan moddaning massa ulushlarida ifodalanishi. Erigan modda massasining (m modda) eritma massasiga (m) nisbati, erigan (1)
moddaning massa ulushi (W) deyiladi:)
Bu formula erigan modda massasini eritmaning umumiy massasidagi ulushini ifodalaydi. Massa ulushi foizlarda ifodalansa:
(2)
Agar eritma hajmi (V) ml da va uni zichligi (ρ) (g/ml) da ma'lum bo’lsa:
(3)

Molyar konsentratsiya – 1 litr eritmada erigan moddalarning mollar soni bilan belgilanadi yoki molyar konsentratsiya bu – erigan modda miqdorining eritma hajmiga bo’lgan nisbati bo’lib, u quyidagi formula bilan ifodalanadi.


C = n(mol) / V(litr) (4)
bu yerda: C – moddaning molyar konsentratsiyasi;
V – eritmaning hajmi,
n – hajmga ega bo’lgan eritmada erigan moddaning miqdori, ya’ni ”mollar ” soni. Agar n= m / M va hajmni millilitrda ifodalasak, u holda:
C = ∙1000 bo’ladi. (5)
Bu yerda: m modda – erigan modda massasi, g;
M – erigan moddaning molyar massasi, g/mol.
Eritmaning molyar konsentratsiyasi yoki molyarlik deb, 1 litr eritmadagi erigan moddaning mollar soniga aytiladi. 1 litr eritmada 1 mol modda erigan bo’lsa, 1 molyar, 0,5 mol modda erigan bo’lsa, 0,5 molyar ertima hisoblanadi. Molyar konsentratsiya birligi – mol/m3 yoki mol/l bilan ifodalanadi. Molyar konsentratsiyani M harfi bilan belgilanadi. Masalan, 0,2 M yozuvi molyar konsentratsiyasining 0,2 mol/l ga tengligini ifodalaydi.
Bundan tashqari eritmaning molyar konsetratsiyasi quyidagi formula asosida topiladi.
CM = (6)
Bu yerda Cm = eritmaning molyar konsentratsiyasi;
m1 = erigan moddaning massasi;
M = erigan moddaning molar massasi;
V = eritmaning hajmi;
CM = (7)
Bunda ρ – modda zichligi;
w- eruvchining foiz miqdori;
M - erigan moddaning molar massasi;
1l eritmadagi erigan moddaning mollar sonini molyar kontsentratsiyasi (Cm) bilan ifodalanadi.
1 litr eritmada 1 mol modda erigan bo’lsa bir molli yoki molyar eritma deyiladi va 1M deb belgilanadi. Agar 1 litr eritmada 0,1 mol modda erigan bo’lsa,-detsilmolyar eritma deyiladi va 0,1M deb belgilanadi va x.k.
Cm , bunda n-erigan moddaning mol miqdori yoki Cm , bunda m-modda massasi,(g); M-uning molekulyar massasi; V-eritma xajmi(litr)
Misol. 2,5 g natriy gidroksidi bo’lgan 250 ml eritmaning molyar kontsentratsiyasini aniqlang.
Echish.M(NaOH)40gmol
Sm Cm 0,25 moll
Agar, H2SO4 ning 0,5 mol/l konsentratsiyali eritmalar deyilsa, har bir litr eritmada 0,5 mol yoki (0,5 ∙98 = 49 g) H2SO4 erigandegan ma’noni tushunish kerak.
Normal konsentratsiya. 1000 ml yoki 1 litr eritmada erigan moddaning ekvivalentlar miqdoriga normal konsentratsiya deyiladi. Uni shartli ravishda CN yoki N bilan ishoralanadi.
Normal konsentratsiyani hisoblash formulalari:
Cn = yoki
n (g∙ekv) = m modda / E modda va (8)
V = 1000 ml ekanlini hisobga olsak:
CN = (H) (g∙ekv/l)

yoki
CN = kabi formula kelib chiqadi (9)


Bu yerda Cn – eritmaning normal konsentratsiyasi:
M – eruvchining massasi;
E – eruvchining ekvivalenti;
V – eritmaning hajmi;
CN = (10)
Bunda ρ – modda zichligi;
w- eruvchining foiz miqdori;
E - eruvchining ekvivalenti;
Bu mavzuga oid masalalarni yechishdan oldin ekvivalent tushunchasi bilan tanishishimizga to’g’ri keladi. Moddaning ekvivalenti deb, reaksiya vaqtida 1 mol vodorod yoki 0.5 mol kislorod bilan birikadigan yoki shuncha miqdor vodorod va kislorodning o’rnini oladigan modda miqdoriga aytiladi.
Birorta elementning ekvivalentini topish uchun uning atom massasini valentligiga bo’lish kerak.
Masalan, Ar(Al) = 27, valentligi 3 ga teng, uni EAl = 27/3 = 9 bo’ladi.
Oksidning ekvivalenti uning molyar massasini kislorod bilan bog’langan element atomi sonini valentligi ko’paytmasining yig’indisiga bo’linganiga teng. Masalan, alyuminiy osid ekvivalentini topishda:
Mr ( Al2O3) = 54+48=102,
E Al2O3 = bo’ladi.
Asosning ekvivalenti uning molyar massasini asosning kislotaligigabo’linganiga teng.
Masalan, Ca(OH)2 ning ekvivalenti,
Mr [Ca(OH)2]=40+34 = 74,
E Ca(OH)2 = bo’ladi.
Kislotaning ekvivalentini topish uchun, uning molyar massasi asosligiga bo’linadi. Masalan,
EH2SO4= , EHCl = ;
EH3PO4 =
va hokazolar.
Tuzlarning ekvivalentini topish uchun uning molyar massasini tuz tarkibidagi metal atomi sonini uning valentligiga ko’paytirib, yig’indisiga bo’lish kerak. Masalan,
ECaSO4= ,
EAl2(SO4)3 = bo’ladi.
Eritmada erigan modda massasini (m), eritma hajmiga bo’lgan nisbati titr (T) deyiladi.

Eritmaning titri bilan molyar konsentratsiya Cmva ekvivalent molyar konsentratsiya Cn o’rtasida quyidagacha bog’lanish bor:
Molyal konsentratsiya. Molyal konsenrtratsiya - bu erigan modda miqdorining erituvchi massasiga bo’lgan nisbatidir: nx
(14)
Bu yerda: Cmx- x moddaning molyal konsentratsiyasi; nx- erigan moddaning miqdori; m- erituvchining massasi. mx
(15)
(15) ni qiymatini (14) ga qo’ysak:
(16)
Bu yerda: mx- x moddaning massasi; Mx- x moddaning molyar massasi. Molyal konsentratsiyaning birligi kg/mol dir.

Yüklə 270,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin