Ta’lim to’g’risidagi qonun. Mavzuning maqsadi va vazifalari


Eritmadagi moddaning berilgan massa ulushli eritmalami tayyorlash



Yüklə 270,99 Kb.
səhifə18/22
tarix28.11.2023
ölçüsü270,99 Kb.
#169390
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
2 5303311611488906251

Eritmadagi moddaning berilgan massa ulushli eritmalami tayyorlash9
a) Qattiq modda va suvdan.
Kristal xoldagi soda Na2C 03 10H20 va suvdan natriy karbonatning 5% li eritmasidan 200g tayyorlang. Suvsiz Na2C 03 ning 5%li eritmasidan 200g tayyorlash uchun Na2C 0 3 10H20 dan qancha miqdorda olish kerakligini hisoblang. Maydalangan sodadan tegishli miqdor namunasini 0,0 lg aniqlikda tortib olib, stakanga soling. Bu namunani qancha miqdordagi suvda eritish kerakligini hisoblang. Shu miqdor suvni silindrda o’lchab stakanga soling va tuzni eriting. Tayyorlangan eritmani haroratini o’lchang va uni jadvalda ko’rsatilgan haroratga teng bo’lmasa, eritmani isitib yoki sovutib, ko’rsatilgan darajaga yetkazing. Eritmani quruq (yoki shu eritma bilan chayqalgan) baland silindrga soling va areometr bilan uning zichligini o’lchang .Areometmi suv bilan yuvib, quriq xolgacha artib laborantga topshiring. Eritmani tayyorlangan idishga soling. Topilgan zichlik va jadvaldan foydalanib eritmadagi, Na2C 03 ni massa ulushini (C%) toping. Agar jadvalda topilgan zichlik qiymati yo’q, yoki undan kichik, yoki katta qiymatlar bo’lsa, interpolyatsiya usulini qo’llang.Topilgan qiymatrii berilgani bilan solishtiring. Tayyorlangan eritmaning molyar va normal konsentratsiyasini hisoblang.
b) Konsentrlangan eritma va suvdan.
1. Laboratoriyada mavjud bo’lgan eritmadan 10% li 250 g kislota eritmasitayyorlang. Laboratoriyadagi sulfat(yoki xlorid) kislotasini areometr yordamida zichligini aniqlang. Ilovadagi jadvaldan aniqlangan zichlikka mos keladigan kislota eritmasini massasini toping (C%). 250g 10% li eritma tayyorlash uchun mavjud kislota eritmasidan qancha massa olishni hisoblang va uni hajmga aylantiring. Kerakli suv hajmini hisoblang va silindr bilan o’lchab stakanga soling. Hisoblangan kislota eritmasi hajmini silindr bilan o’lchab stakanga suv qo’shing (sulfat kislotani oz-ozdan aralashtirib qo’shing) va yaxshilab aralashtiring. Eritmani 6-jadvalda ko’rsatilgan haroratgacha sovutib baland silindrga qo’ying va areometr bilan zichligini o’lchang. Hosil bo’lgan eritmani tayyorlangan idishga soling. Jadvaldan foydalanib eritmani C.% konsentratsyasini toping va bajarilgan tajribani aniqligini tekshiring. Tayyorlangan eritmani molyar va normal konsentratsiyalarini hisoblang.

Yüklə 270,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin