Ta’lim to’g’risidagi qonun. Mavzuning maqsadi va vazifalari


Konsentrlangan natriy gidroksid eritmasi va suvdan 200ml, zichligi p=l,050 g/sm3 bo’lgan eritmani tayyorlang



Yüklə 270,99 Kb.
səhifə19/22
tarix28.11.2023
ölçüsü270,99 Kb.
#169390
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
2 5303311611488906251

Konsentrlangan natriy gidroksid eritmasi va suvdan 200ml, zichligi p=l,050 g/sm3 bo’lgan eritmani tayyorlang10
Areometr bilan konsentrlangan eritmani zichligini o’lchang. Jadvaldan foydalanib birlamchi va tayyorlanadigan eritmalardagi natriy gidroksidini massasini (G>/o) toping. Tayyorlangan eritmani massasini hisoblang. Konsentrlangan eritma va qo’shiladigan suvni massalarini, hamda hajmlarini hisoblang. Silindr bilan hisoblangan konsentrlangan eritma va suvni hajmlarini o’lchab stakanga soling, yaxshilab aralashtiring. Suyuqlikni sovutib quruq baland silindrga soling va areometr bilan uni zichligini o’lchang. Keyin eritmani idishga soling. Aniqlangan zichlik va berilgan foiz (%) ni farqini toping. Tayyorlangan eritmani molyar va normal konsentratsiyalarini hisoblang.
a) Har xil massa ulushli eritmalarni aralashtiring. 5 va 2% li natriy xlorid eritmalaridan 200 g 8% li eritma tayyorlang. Aralashtirish qoidasidan foydalanib berilgan eritmalarni kerakli massalarini toping. Bu eritmalarni zichligini o’lchab, kerakli hajmlarini hisoblang.Eritmalarni hisoblangan hajmlarini silindr bilan o’lchang, stakanga solib yaxshilab aralashtiring. Hosil bo’lgan eritmani zichligini areometr bilan o’lchab, ilovadagi jadvaldan unga mos C% ni toping. Bu qiymatni berilgan qiymat bilan farqlanishini aniqlang. Tayyorlangan eritmani molyar va normal konsentratsiyalarini hisoblang.


Ma’lum molyar va normal konsentratsiyali eritmalarni tayyorlash
a) Qattiq modda va suvdan.
BaCl2'2H20 va suvdan 200 ml 0,5 n bariy xlorid (BaCl2) eritmasini tayyorlang. Berilgan eritmani tayyorlash uchun zarur bo’lgan ВаСЬ'2Н20 massasini hisoblang. Oldindan tarozida tortilgan stakanda hisoblangan massani 0,0 lg aniqlikda tortib oling. Oiingan namunani voronka orqali 250 ml.li o’lchov kolbasiga soling va voronkada qolgan inoddani distirlangan suv bilan yaxshilab yuvib kolbaga tushiring. Kolbadagi moddani ozroq suvda eriting va kolba o’lchov chizig’igacha suv soling, kolbani berkitib, yaxshilab aralashtiring. Hosil bo’lgan eritmani quruq baland silindrga solib, areometr bilan uni zichligini va W(%)ni aniqlang. Keyin eritmani idishga quying. Tayyorlangan eritmani molyar va normal konsentratsiyalarini hisoblang. Eritmani konsentratsiyalarini berilgan miqdor bilan farqini aniqlang.
b) Konsentrlangan eritma va suvdan foydalanib eritma tayyorlash. Laboratoriyada mavjud bo’lgan kislota eritmasidan 250ml 1M xlorid (yoki sulfat) kislota eritmasini tayyorlang. Areometr bilan laboratoriyadagi kislota eritmasini zichligini o’lchang va W(%) ni toping. Berilgan eritmani tayyorlash uchun zarur bo’lgan kislota massasini va hajmini hisoblang va silindrga hisoblangan kislota hajmini o’lchab oling. 250 ml li o’lchov kolbasini taxminan yarmigachi suv soling va uni ustiga vnmnka orqali o’lchangan kislota eritmasini (sulfat kislotani oz-ozdan aralashtirib) quying. Voronkadagi kislota yuqini suv bilan yuvib kolbaga tushiring, eritmani aralashtirib, xona haroratigacha sovuting.Kolbani o’lchov chizig’igacha suv solib, probkani berkitib yaxshilab aralashtiring. Tayyorlangan eritmani quruq baland silindrga solib, areometr bilan uni zichligini o’lchang va eritmani tayyor idishga solib qo’ying. Eritmaning C%, molyar va normal konsentratsiyalarini hisoblang. Hisoblangan molyar konsentratsiyalami berilgan miqdor bilan solishtiring va tajribani aniqlik darajasini toping.


Yüklə 270,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin