Ta’lim to’g’risidagi qonun. Mavzuning maqsadi va vazifalari


Izotonik koeffitsient.Elektroliz. Faradeyning 1 va 2 qonunlari



Yüklə 270,99 Kb.
səhifə11/22
tarix28.11.2023
ölçüsü270,99 Kb.
#169390
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
2 5303311611488906251

Izotonik koeffitsient.Elektroliz. Faradeyning 1 va 2 qonunlari
Vant-Goff va Raul qonunlari noelektrolitlarning suyultirilgan eritmalari uchun empirik ravishda aniqlangan. Lekin tajriba erituvchining eritma ustidagi bug‛ bosimining pasayishi, qaynash haroratining ko’tarilishi va muzlash haroratining pasayishi, shuningdek, osmotik bosimi elektrolitlarning eritmalarida noelektrolitlarning eritmalaridagiga qaraganda katta bo’tishini ko’rsatdi Shu sababli elektrolitlar uchun VantGoff izotonik koeffitsiyenti deyiladigan ko’paytmani kiritdi. Bu koeffitsiyent eritmaning kuzatilgan osomotik bosimi Pk hisoblab topilgan osmotik bosim Ph dan necha marta katta ekanligini ko’rsatadi, ya'ni
I=Pk/Ph

Shunga ko’ra, Ya.G. Vant-Goffning tenglamasi elektrolitlaitdng eritmalariga tadbiq etilganda quyidagicha bo’ladi: π=iCRT
Noelektrolitlar uchun koeffitsiyenti birga teng, elektrolitlar uchun esa birdan katta bo’ladi.Elektrolit suyultirilgan sari uning qiymati kattalasha boradi. Elektrolitlar eritmalarida Vant-Goff va Raul qonunlaridan chetlanish elektrolitik dissotsilanish nazariyasi bilan tushuntiriladi.
Eritmalarda elektr toqi ta'sirida kimyoviy reaksiyalar (asosan, ajralish reaksiyalari) sodir bo’ ladigan jarayon elektroliz deyiladi.
Elektroliz elektr toqita'sirida parchalanish demakdir.
Elektroliz jarayon sanoat va qishloq xo’jaligida katta ahamiyatga ega. Masalan, xlor va o’yuvchi ishqorlar osh tuzi eritmasini elektroliz qilib olinadi. Ammiak sintezi uchun zarur bo’lgan toza vodorod suvni elektroliz qilish yo’li bilan olinadi.
Elektrolizda elektrodlarga o’zgarmas toq manbaidan potentsiallar ayirmasi beriladi.Manfiy zaryadlangan elektrod katod, musbat zaryadlangan elektrod esa anod deyiladi.
Elektroliz jarayonida elektrod-elektrolit chegarasida elektrokimyoviy reaksiyalar sodir bo’lib, bunda elektrod bilan eritmadagi ionlar (molekulalar) o’zaro elektron almashadi.Katodda elektronlar elektroddan ionga (yoki molekulaga), anodda esa iondan (molekuladan) elektrodga o’tadi, bunda ionlar yoki molekulalar o’zining elektr zaryadini yo’qotadi yoki o’zgartiradi.
Elektrodlarda sodir bo’ladigan elektrokimyoviy reaksiyalarda faqat elektronlar elektr tashishi, eritmadagi ionlar esa valentligini o’zgartirishi, lekin elektrodlarda zaryadsizlanmasligi ham mumkin.
Ingliz olimi M. Faradey elektrolizni tajribada o’rganib, ikkita muhim qonunni kashf etdi:

Yüklə 270,99 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin