ta’lim-tarbiya jarayonlarining optimal variantlarini topishdagi roli beqiyos.
Shuningdek, kompyuter ta’lim oluvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini takomillashtirishda yangi dasturiy-texnik universal vositasi bo’lib, ularning amaliy tafakkurini kengaytirish
va chuqurlashtirib, ulardagi bilim, ko’nikma va malakalarni shakllantirishni yuqori darajaga ko’taradi.
Maxsus ta’lim dasturlari bilan ta’minlangan kompyuterlardan deyarli barcha didaktik masalalarni hal etishda foydalanish mumkin. Ular: axborot berish; o’qitish
jarayonini boshqarish; natijalarni nazorat qilish va tuzatib berish; mashqlarni bajarish; o’quv jarayoni rivojlanishi haqida ma’lumotlarni to’plash va shu kabilar.
Rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlardan keng foydalanishning rivojlanishi bu boradagi quyidagi asosiy yo’nalishlarni aniqlashga imkon beradi:
alohida o’quv fanlari (matematika, tabiiy fanlar, ona tili, chet tili, geografiya, chizmachilik va shu kabi fanlar) bo’yicha o’zlashtirish darajasini oshirishni ta’minlash;
umumiy kognitiv (idrok etish) qobiliyatlari-qo’yilgan masalani hal etish, mustaqil fikrlar, kommunikativ malakalarni egallash (axborotni to’plash, analiz, sintez qilish)ni rivojlantirish, u yoki bu ko’nikmani shakllantirishga imkon beruvchi jarayonlarga e’tiborni kuchaytirish.
Kompyuterlashtirishning asosiy
maqsadi, ma’lumotlarni to’plash, qayta ishlash va uzatish ishlarini avtomatlashtirishdan iborat bo’lsa, uning asosiy
vazifalari intellektual salohiyatni ko’tarish, aqliy mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, ta’lim-tarbiyada optimal variantlarni kafolatlashlardan iboratdir.
Kompyuterlar yordamida ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuvlar qilishga imkoniyat yaratiladi va yangi axborot texnologiyalarini joriy etishga keng imkoniyatlar yaratiladi hamda yangi ko’rgazmalilik ta’minlanadi. Shuningdek, ulardan ta’lim- tarbiyada universal didaktik vosita sifatida foydalaniladi. Bu o’qituvchi vaqtini tejashga imkon beradi va natijada ta’lim jarayonidagi samaradorlik qo’lga kiritiladi.
Dasturiy va kompyuterli ta’limlar o’qitish algoritmlarini bajarishga asoslanadi. Ma’lumki, algoritm belgilangan (rejalashtirishgan) natijaga olib keluvchi mantiqiy jihatdan mukammal
va izchil tuzilgan ketma-ket amallar (operatsiyalar, harakatlar) tizimi sifatida bilim, ko’nikma va malakalarni to’la o’zlashtirish uchun zarur bo’lgan o’quv faoliyati tartibi va ketma-ketligini ta’lim oluvchiga ko’rsatadi. O’quv dasturlari va kompyuterli ta’lim samaradorligi fikrlash faoliyatini boshqarish algoritmlarining sifatiga bog’liq bo’ladi.
Kompyuterli ta’lim
dasturlari, odatda ikki xil, ya’ni axborot ma’lumotli va nazorat ta’limiy tartibda o’qitish imkoniyatiga ega bo’lgan turlarga bo’linadi.
Ta’lim oluvchilarni masofadan turib o’qitish mobaynida kompyuterlar ta’lim oluvchilarning o’z-o’zining bilimini sinovida ya’ni joriy va oraliq baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Maxsus ishlab chiqariladigan uskunaviy vositalardan foydalanish kompyuterli ta’lim dasturlarini yaratish jarayonini anchagacha engillashtiradi. Ular yordamida kompyuter texnologiyalaridan boxabar bo’lgan tarih, adabiyot, huquq va boshqa fan o’qituvchilari ham bemalol ta’lim dasturini yaratish mumkin.
Chop etilgan materiallar audio va video yozuvlar bilan birgalikda o’quv materialiga kirishni kengaytirish
va soddalashtirish, o’quv materialini qulay va ko’rgazmali tarkiblash uchun, shuningdek, oson harakatlanishi (navigatsiya) uchun foydalaniladi.
Kompyuterli ta’limning sifati quyidagi ikki asosiy omil bilan aniqlanadi:
Dostları ilə paylaş: