Ta'lim turlari va ta'limni tashkil etish shakllari



Yüklə 110,5 Kb.
səhifə8/9
tarix25.12.2023
ölçüsü110,5 Kb.
#197251
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Ta\'lim turlari va ta\'limni tashkil etish shakllari

shakllar.
Tayanch iboralar: ta’limning shakllari, rahbarlik qilish xususiyatlari, ta’lim afzalliklari, ta’limning individual-guruhli shakli, ta’limning ommaviy shakli, sinf-dars tizimi, ta’limning maruza - seminar shakli, yangi bilim berish darsi, umumlashtiruvchi dars, fakultativ mashg’ulotlar.

Jahon pedagogika fani va amaliyotida ta’limni tashkil etishning turli shakllari bor. Jamiyat rivojining har bir yangi bosqichi ta’limni tashkil etishga o’z ta’sirini o’tkazadi.


Ayni vaqtda ta’limning quyidagi shakllari ajratilib ko’rsatiladi:

  • individual;

  • individual-guruhli;

  • sinf-dars;

  • ma’ruza-seminarli;

  • sinfdan tashqari;

  • auditoriyadan tashqari;

  • maktab va maktabdan tashqari.

Ulardan ta’lim oluvchilarni qamrab olishi, ta’lim oluvchilar faoliyatini tashkil etishi, jamoaviy va individual shakllarining nisbatlari, mustaqiligi darajasi va o’qish jarayoniga rahbarlik qilish xususiyatlari kabi belgilariga ko’ra quyidagi asosiy turi iste’molda foydalanib kelinmoqda:

  • individual;

  • individual-guruhli;

  • sinf-dars;

  • ma’ruza-seminarli.

Qadim zamonlarda mavjud bo’lgan o’qitishning eng qadimgi shakli individual ta’lim hisoblanadi. Bu orqali hayotiy tajribalarni ajdodlardan-avlodlarga uzatish ibtidoiy jamiyatdayoq yuzaga kelgan edi. Yozuv paydo bo’lishi bilan qavm boshlig’i turli belgilar yordamida o’zining tajribalarini keyingi avlodga uzatgan. Ta’lim beruvchi va ta’lim oluvchilarning bevosita va individual aloqasiga hozirda misol sifatida repetitorlikni ko’rsatish mumkin. Ta’limni tashkil etishning individual shakli antik davr va o’rta asrlarda yagona usul bo’lgan, undan ba’zi mamlakatlarda XVIII asrgacha keng foydalanib kelingan.
Individual ta’lim bir qator afzalliklarga ega. Shuning uchun bu usulni bizning davrimizgacha repititorlik shaklida saqlanib qolgan. Uning ustunligi o’quv faoliyati mazmuni, metodi va suratini to’la individuallashtirish, aniq bir masalani hal etishda uning har bir harakati va operatsiyalarini kuzatib borishga imkon berishdan iborat. Individual ta’lim beruvchining yuqori pedagogik malakaga ega bo’lishini talab etadi.
Individual ta’limning kamchiliklari: vaqtning tejamli emasligi; ta’lim beruvchi ta’sirining cheklanganligi. (Bunda ta’lim beruvchining vazifasi ta’lim beruvchiga topshiriq berish va uni tekshirishdan iborat bo’ladi); boshqa ta’lim oluvchilar bilan hamkorlikda ishlash imkoniyati cheklanganligi (bu ta’lim oluvchining yoki ta’limning ijtimoiylashishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi); jamoada ishlash tajribasini shakllanmasligi va shu kabilardan iboratdir.
Qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish natijasida XVI asrdan boshlab ta’limning individual-guruhli shakli paydo bo’ldi. Bu ta’lim turidan XVI asrga kelib Evropada keng foydalana boshlandi. Markaziy Osiyo davlatlarida bu ta’lim turidan qadim davrlarda ham foydalanganlar. Bunga Avesto davri misol bo’la oladi. Bu davrda ta’lim oluvchilar uchun asosiy o’quv qo’llanma zardushtiylikning muqaddas kitobi “Avesto” (Eramizdan avvalgi VII-XVI asrlar) bo’lib kelgan.

Yüklə 110,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin