birgalikda namoyon etish, o’qitish jarayonini maqsadlarga moslashtirish
imkonini beradi. Talabalar kompyuter bilan individual o’qitilganda
darslarda kommunikativ faoliyat ko’rsata olmaydi, bundan tashqari,
muammoli o’qitish zaminidagi evristik aspekt yo’qqa chiqadi..
O’qitishning videokompyuterli modelini ochiq tizim sifatida qarab,
unga o’qitishning boshqa an’anaviy vositalari qo’shilishi mumkin.
Albatta, har bir alohida holda verbal-vizual va tasvirli axborotning
salmog`i o’zgarishi mumkin. Bularning barchasi kompyuterli va
videotexnologiyalar tasvirlash vositalarining mazmuni va xususiyatlariga
va mazkur mavzuni o’rganishda erishish lozim bo’lgan didaktik
maqsadlarga bog`liq.
Hozirgi kunda kompyuterlar ta’lim tizimida asosan to’rt yo’nalishda
foydalanilmoqda:
-o’rganish ob’ekti sifatida;
- o’qitishning texnik vositalari sifatida;
- ta’limni boshqarishda;
- ilmiy-pedagogik izlanishda.
Kompyuterli o’qitishning afzalliklari juda ko’p: o’quvchilarda
ma’lum malakalarni shakllantirish vaqti qisqaradi; mashq qilinadigan
topshiriqlar soni oshadi; o’quvchilarning ishlash sur’ati jadallashadi;
kompyuter tomonidan faol boshqarishni talab qilinishi natijasida o’quvchi
ta’lim sub’ektiga aylanadi; o’quvchilar kuzatishi, mushohada qilishi qiyin
bo’lgan jarayonlarni modellashtirish va bevosita namoyish qilish
imkoniyati hosil bo’ladi; kommunikatsiya vositalaridan foydalangan
holda darsni uzoqdagi manbalar bilan ta’minlash imkoniyati hosil bo’ladi;
kompyuter bilan muloqot didaktik o’yin xarakterini oladi va bu bilan
o’quvchilarda o’quv faoliyatiga motivatsiya kuchayadi va hokazo.
Kompyuterli ta’lim jarayonida ta’lim o’quvchi va kompyuter
orasidagi munosabatlarga ko’ra tashkil etiladi, boshqariladi, nazorat
qilinadi.
Kompyuterli ta’limni tashkil etish – o’quvchi bilan o’quv materiali
o’rtasidagi bog`lanishni kompyuter vositasida yo’lga qo’yish. O’quvchi
bilan o’quv materiali o’rtasidagi bog`lanishni tashkil etish uchun ta’lim
loyihalanadi. O’quvchilarning o’quv ishlarini tashkil etish, ular faoliyatini
rag`batlantirish tegishli vositalar asosida modellashtiriladi.
Ta’lim jarayonida foydalanishga mo’ljallangan ko’plab elektron
o’quv materiallari yaratilganki, unga elektron darslik, elektron o’quv
qo’llanma, o’rgatuvchi dastur vositalari kabilarni misol qilib ko’rsatish
mumkin. Ular o’zida boshqarilish imkoniyati, interfaol uslublar, sun’iy
intellekt elementlari, hissiy moslashuvchanlik kabi xususiyatlar
muvjudligiga ko’ra ta’limda ma’lum samaradorlikni ta’minlaydi.
Kompyuterlarni o’quv jarayonida qo’llash quyidagilarga imkon
beradi:
- o’quvchilarda bilish ehtiyojini shakllantiradi;
- o’quvchilarning bilish faoliyatini faollashtiradi;
- o’quvchilarda fanni o’rganishga qiziqishni oshiradi;
- kompyuter bilan ishlashni o’rganishga bo’lgan ishtiyoqni oshiradi;
- kompyuterlardan foydalanish bilan bog`liq dunyoni ilmiy
bilishning hozirgi zamon metodlari bilan tanishtiradi;
- ta’limda o’quvchining individuallik darajasini oshiradi;
- o’quvchilarning ijodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi;
- materiallar mazmunining xilma-xilligini ta’minlaydi;
- ta’limda foydalaniladigan o’quv materiallari doirasini kengaytiradi;
- ta’limda ko’rgazmalilikni kuchaytiradi;
- o’quvchilarning o’z-o’zini nazorat qilishi, ya’ni baholash
jarayonining omillarini kengaytiradi va h.k.
Kompyuterli ta’lim tamoyillari:
-ilmiylik
-tizimlilik va ketma-ketlik
-ko’rgazmalilik
-o’quvchilar faoliyatini individuallashtirish
-nazariyaning amaliyot bilan aloqadorligi
-tushunarlilik
-fanlararo, ham fan ichidagi bog`liqlikni ta’minlash
-fanning turmush bilan bog`liq bo’lishi
-bilish faoliyatini faollashtirish
-izlanishga o’rgatish
Kompyuterli ta’lim vositalarini quyidagi to’rt guruhga ajratish
mumkin:
Dostları ilə paylaş: